Mavzu: “genetika va genomika asoslari” faniga kirish. Reja



Yüklə 219,52 Kb.
səhifə9/13
tarix20.12.2022
ölçüsü219,52 Kb.
#76822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu “genetika va genomika asoslari” faniga kirish. Reja

«To„mtoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli. Restriksiya sayti ichida to„g„ri uzish (qaychi singari shartta ikki bo„lakka bo„ladi) xosil qiluvchi restriktazalar ta‟sirida «to„mtoq» uchli DNK fragmentlari paydo bo„ladi, ularni ham DNK-ligaza fermenti yordamida biriktirish mumkin. Bunday xollarda ligirlash reaksiyasi o„ziga xos bo„lib, uning samara darajasi «yopishqoq» uchlarni biriktirishga nisbatan bir oz pastroq. Ammo «to„mtoq» uchli fragmentlar biriktirishining «yopishqoq» uchli fragmentlarni biriktirishga nisbatan afzalligi shundaki, «to„mtoq» uchli bu fragmentlar qaysi restriktaza ta‟sirida paydo bo„lishidan qat‟iy nazar, turli restriktazalar tomonidan xosil bo„lgan fragmentlar oson birikadi.(1.5.rasm)
«Yopishqoq» va «to„mtoq» uchli DNK fragmentlarni biriktirish usuli. DNKning «yopishqoq» uchli fragmentlarini fermentativ yo„l bilan “to„mtoq” uchli DNK molekulasiga biriktirish mumkin. Buning uchun «yopishqoq» uchlar
«to„mtoq» uchlarga aylantiriladi ya‟ni DNKning faqat bir zanjirli uchastkalarini gidrolizlovchi S1 nukleaza fermenti yordamida «yopishqoq» uchlardagi
nukleotidlar kesiladi yoki DNK polimeraza I yordamida bir zanjirli «yopishqoq» uchlaridan ikkinchi zanjir sintezlanadi ya‟ni qo„shimcha nukleotidlar qo„shiladi.
SHunday usulda «yopishqoq» uchli DNK fragmentlaridan «to„mtoq» uchli fragmentlar xosil qilinadi va u boshqa «to„mtoq» uchli DNK fragmentlariga DNK ligaza fermenti yordamida birikadi.
DNK fragmentlari probirkada birlashtirilganidan so„ng, ularni tirik hujayralarga kiritish kerak. Buning uchun maxsus vektor molekulalardan foydalaniladi.

Genom revolyusiyasi.


Genomni taxrir qilish – gen injeneriyasining bir turi bo‟lib, molekulyar qaychilar yoki maxsus loyixalashtirilgan endonukleazalar yordamida organizm genomida DNK bo‟laklarini olib tashlashi, ko‟chirishi yoki ketma-ket ulashi mumkin. Bu nukleazalar genomning ma‟lum bir uchastkasida maxsus ikki zanjirli DNKni uzishi mumkin.

Yüklə 219,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin