Mavzu: “genetika va genomika asoslari” faniga kirish. Reja


REKOMBINANT DNK OLISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 219,52 Kb.
səhifə8/13
tarix20.12.2022
ölçüsü219,52 Kb.
#76822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu “genetika va genomika asoslari” faniga kirish. Reja

REKOMBINANT DNK OLISH TEXNOLOGIYASI.


Rekombinant DNK olishning axamiyati. Turli biologik manbalardan ajratilgan ikki yoki undan ko„p DNK fragmentlarining birikishidan xosil bo„lgan DNK molekulasi rekombinant DNK deyiladi. DNKning muayyan fragmentlari, shuningdek zarur genni tutuvchi fragmentlar restriktazalar yordamida olinadi. Restriktazalar «to„mtoq» uchli va «yopishqoq» uchli fragmentlar xosil qiladi. DNK fragmentlarini bitta molekulaga birlashtirish bu fragmentlarning qanday uchga ega ekanligiga bog„liq xolda, turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
Bir xil izchillikka ega «yopishqoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli. Ba‟zi restriktazalar, masalan EcoRI, DNK zanjirida tanib kesadigan sayt markazidan bir xil masofada zina xosil qilib, simmetrik uzish paydo qiladi. Bu bir-biriga komplementar uchastkalar asosini juftlashishi hisobiga yoki
«yopishqoq» uchlari orqali birlashish tendensiyasiga ega bo„ladi.
Asoslarning juftlashishi faqatgina komplementar izchilliklar o„rtasida sodir bo„ladi, shuning uchun EcoRI ta‟sirida paydo bo„lgan AATT-uchlar masalan Hind III tomonidan xosil qilingan AGST-uchlar bilan qovushmaydi. Lekin bir restriktaza ta‟sirida xosil qilingan xar qanday DNK bo„laklari (kelib chiqishidan qat‟iy nazar) komplementar nukleotidlarning bir zanjirli uchastkalari orasida vodorod bog„lari xosil qilish hisobiga birikishi mumkin.
Lekin bunday juftlashishdan so„ng ham DNK qo„sh zanjirining butunligi to„lig„icha tiklanmaydi va fosfodiefir bog„ida ikkita uzilish qoladi. Ularni tiklash, ya‟ni tikish yoki ligirlash uchun DNK ligazadan foydalaniladi. Rekombinant molekulalar xosil qilish ishlarini ligaza fermenti yakunlaydi. Bunday tajribalar birinchi marta 1972 yilda (P.Berg. AQSH) bajarilgan va
«yopishqoq» uchlar xosil qiluvchi restriktazalar bilan DNK ligazadan birgalikda foydalanish rekombinant DNK molekulasi olishning umumiy usullarini yaratishda asos bo„lib xizmat qilishi ko„rsatilgan. SHu laboratoriyada birinchi marta SV40 virusi va E.colining galaktoza operonini tutuvchi  bakteriyafagi rekombinant DNKga biriktirilgan.

Yüklə 219,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin