Mavzu “genetika va genomika asoslari” faniga kirish. Reja
2. Irsiyat va o‟zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o‟rni.
Genetikafanirivojlanishiningqisqachatarixi. Buyuk chex olimi Gregor Mendel o'zining no'xat o'simligida olib borgan ko'p yillik tajribalari natijasida biologiya tarixida birinchi bo'lib irsiylanishning uchta fundamental qonunlarini kashf etdi. U genetikaning asosiy va eng samarali uslubi bo'lmish – duragaylash yo'li bilan irsiyatni o'rganish metodini yaratdi. Mendelь tadqiqotlarining natijasi 1865 yilda chop etilgan bo'lsa-da, uzoq vaqt u tan olinmadi. 1900 yilda X.De Friz Gollandiyada, K.Korrens Germaniyada va E.Chermak Avstriyada keng ko'lamda har xil turga kiruvchi o'simliklar (ko'knor, makkajo'xori, no'xat va boshqalar) da Mendelь kashf etgan irsiylanish qonunlarini takroran kashf etdilar. Bu adolatli olimlar taklifi bilan Mendelь kashf etgan uchta irsiylanish qonunlari “Mendelь
qonunlari” deb atala boshlandi va ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olindi. Shuning uchun ham 1900 yil biologiya tarixida genetika faniga asos solingan sana hisoblanadi. Genetika yunoncha genesis so'zidan olingan bo'lib “tug'ilish”, “kelib chiqish“ degan ma'noni bildiradi. “Genetika“ atamasi fanga 1906 yilda V.Iogansen tomonidan kiritilgan.
Genetika fanining rivojlanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin:
Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiylanish va irsiyat qonunlarining kashf etilishi;
o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar selektsiyasining genetik asoslari. Mendelgacha bo'lgan davrda o'simlik, hayvon va odamlarda turli belgilarning ota– onadan kelgusi avlodlarga berilishiga oid bir qator dalillar yig'ilgan edi. Masalan: nemis olimi I.G.Kelьreyter (1733–1806) tamaki o'simligi duragaylarini kuzatib birinchi marta geterozis hodisasini tasvirladi. Tamaki navlari va turlarini har xil kombinatsiyada duragaylab, ularda ota–ona belgilarining rivojlanishini tekshirdi. Ingliz olimi T.E.Nayt (1759–1838) no'xat o'simligi duragaylarini kuzatib, birinchi avlod duragaylari o'simliklari bir xil, ikkinchi avlod duragaylarning esa xilma – xil bo'lishligini ta'kidladi.
Frantsuz olimi O.Sajre (1763–1851) o'simlik duragaylari avlodlarida ota–ona belgilari har xil variantda, qayta taqsimlanib xilma-xillik beradi degan xulosaga keldi.
Evolyutsion ta'limotning asoschisi Ch.Darvin (1809–1882) irsiyat va o'zgaruvchanlik tabiiy tanlanish bilan birga organik olam evolyutsiya-sining asosiy omillari ekanligini isbotladi.
G.Mendelga qadar bo'lgan tadqiqotchilar irsiylanish qonunlarini ochib bera olmadilar. Buning asosiy sabablari quyidagilar edi:
ularning tajribalarida qo'llanilgan metodlar mukammal emas edi. Ular, birinchidan, belgilarning irsiylanishini o'rganishda “oddiydan murakkabga” printsipiga amal qilmadilar, ikkinchidan, barcha belgilarning irsiylanishini bir yo'la o'rganishga harakat qilgan edilar. Uchinchidan, duragay avlodlardagi xilma – xillik, ya'ni belgilarning ajralishini o'rganganda, juda qulay bo'lgan matematik metoddan foydalanmaganlar.
irsiyatning moddiy asosi – irsiyat omillari haqida oldinga surilgan farazlar ko'p jihatdan tahminlarga asoslangan bo'lib, maxsus genetik tajriba dalillari bilan tasdiqlanmagan edi.
Genetika tarixida irsiylanish qonunlarini dastavval Gregor Mendelь (1822–1884) kashf etdi. Bu qonunlarning yaratilishida Mendelga muvaffaqiyat keltirgan omil, avvalo, o'z tajribalarida “oddiydan murakkab” ga printsipiga amal qilganligi; oldin bitta, so'ngra ikkita va hok. belgilari bo'yicha keskin farq qiluvchi no'xat navlarini
chatishtirib olingan duragay avlodlarini alohida – alohida genetik tahlil qilganligi; ikkinchidan, o'zi asos solgan duragaylash yo'li bilan genetik tahlil qilish metodini qo'llaganligida bo'ldi. Bu metodga muvofiq:
chatishtirish uchun olingan ota – ona organizmlar bir turga mansub bo'lishlari kerak;
chatishtirish uchun olinayotgan organizmlar bir–biridan keskin farqlanuvchi belgilarga ega bo'lishi kerak;
o'rganilayotgan belgilar toza, ya'ni konstant bo'lishi lozim;
ajralish kuzatiladigan avlodlarda miqdor hisob ishlarini olib borish lozim.
G. Mendelь tomonidan irsiylanishning uchta qonuni yaratildi:
Birinchi avlod (F1) individlarining o'rganilayotgan belgi bo'yicha dominantlik yoki bir xillilik qonuni.
Ikkinchi avlodda (F2) ota-ona belgilarining ajralish qonuni.
Belgilarning o'zaro bog'liq bo'lmagan holda mustaqil taqsimlanib irsiylanish qonuni.
XX asrning dastlabki o'n yilliklarida jinsiy yo'l bilan ko'payuvchi barcha organizmlar uchun G.Mendel printsiplari mos kelishligi tasdiq-landi. Keyinroq esa irsiylanishning yangi qonuniyatlari kashf etildi. Organizmlar aksariyat belgilarining irsiylanishi va rivojlanishida ikki va undan ortiq genlar ishtirok etishligi aniqlandi. Genlar o'zaro ta'sirining komplementar, epistaz va polimeriya tiplarida belgilarning irsiylanishi va rivojlanishining ta'min etilishligi isbotlandi.