Kompyuter tizimi - bu geoaxborot tizimini yuritish uchun zarur bo‘lgan kompyuter va operativ tizimni nazarda tutadi. Odatda bunday operativ dasturlar turkumiga Windows, Unix yoki Linux kabilar kiradi. Q o‘shimcha ravishda bu tizimga geoaxborot tizimi uchun zarur hisoblangan maxsus monitorlar, digitayzerlar, skanerlar (fazoviy ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishga keltirish uchun), GPS qurilmalar (dala ma’lumotlarini tizimga kiritish uchun), printer va plotterlar (ma’lumotni bosmaga chiqarish uchun) kerak bo‘ladi.
Dasturiy ta’minot -geoaxborot tizimi va unda qo‘llaniladigan jihozlarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan dasturlardir. Barcha dasturlar uchun muhim bo‘lgan jihat bu umumiy interfeys, ya’ni menyu, grafik belgilar, buyruqlar tablosi va skriptlardir.
Insoniy resurslar - geoaxborot tizimining maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi malakali geoaxborot tizimi mutaxassislari guruhi va tizimdan foydalanuvchilar nazarda tutiladi.
Ma’lumot- bu biz uchun muhim sanalgan axborotni yaratish uchun zarur bo‘ladigan va turli xil tizimga kiritiladigan belgilardir.
Infratuzilma va jarayonlar - geoaxborot amallarini bajarish uchun zarur bo‘ladigan moddiy, tashkiliy va boshqaruv jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Infratuzilma deganda zaruriy malaka, ma’lumot standartlari, ma’lumotni saqlash joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi.
1.6-rasm. Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari (Manba: Muallif) GATning funksional imkoniyatlari- GAT va mos dasturiy vositalarning funksiyalari to‘plami bo‘lib, ular quyidagilardir:
Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar to‘plami yoki raqamlashtirish yo‘li orqali kiritish.
Ma’lumotlarni bir formatdan ikkinchi formatga aylantirish, kartografik proyeksiyalarni transformatsiyalash, koordinata sistemasini o‘zgartirish orqali ma’lumotlar turini o‘zgartirish.
Ichki va tashqi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash, boshqarish.
Kartometrik operatsiyalar.
Foydalanuvchining shaxsiy sozlash (настройка) vositalari.
Geoaxborot tizimi fanining ilmiy asosi GAT asosan quyidagi beshta savolga javob beradi:
Joy. ... da nima joylashgan? Birinchi savol ayni paytda ma’lum bir joyda nima borligini aniqlashtiradi. Joylar esa har xil usullar bilan aniqlanishi mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi va albatta koordinatalari bilan.
Sharoit. Qayerda joylashgan? Ikkinchi savol ham birinchi savolga o‘xshash, lekin bunga javob berishda fazoviy tahlil talab etiladi. Birinchi savolda joy aniqlashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi savolda o‘sha joy da nima borligi va qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2 o‘lchamli, qurilishga mos keladigan tuproqli va asosiy avtomobil yo‘lidan 100 m masofada joylashgan maydonni topish).
Tendensiya dan boshlab nima o‘zgargan? Uchinchi savol birinchi va
ikkinchi savolni birlashtirib va ularga qo‘shimcha tarzda aniq bir maydonda aniq vaqt ichida nimalar o‘zgarganligini aniqlaydi.
Strukturalar. Qanday fazoviy strukturalar mavjud? Bu savol birmuncha murakkabroq. Masalan, atom elektr stansiyasiga yaqin aholi punktlarida saraton kasalligining asosiy sababi nima, degan savolni oydinlashtirishda saraton bilan og‘rigan bemorlar sonini, qayerda joylashganini va ularga tegishli boshqa ko‘plab sabablarni bilish juda muhim.
Modellashtirish. Agar .... bo‘lsa, nima bo‘ladi? Bu savol biror-bir qurilish yoki masalan, yangi avtomobil yo‘li tarmog‘i o‘tkazilsa, atrof-muhitga qanday ta’sir etishini aniqlash uchun beriladi. Albatta, bu kabi savollarni oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi.
Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha “geoinformatika” deb ham atashadi. “Geoinformatika” uch ildiz: geografiya, informatika va avtomatika tushunchalaridan tashkil topgan. Inglizcha adabiyotlarda “Informatics”, “Computer Science” degan tushunchalar bor va u elektron hisoblash texnikasini takomillashtirish, dasturlash, amaliy matematika, operatsion tizimlar, sun ’iy intellekt masalalari va boshqa tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Geoinformatika atamasi 1980-yillar oxiriga kelib yanada ommaviylashdi va hozirda Geographic Information System yoki qisqacha GIS atamasi ingliz ilmiy adabiyotining deyarli barchasida keng qo‘llanilmoqda.
GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM
fazoviy ma’lumot larni boshqarish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun axborot tizimi;
xulosa (yechim) chiqarish uchun axborotlar ketma-ketligi.
GEOGRAPHIC:
yerga oid ma’lumot lar (fazoviy bo ‘ lmagan ma’lumot lar ishlatilmaydi);
turlari: sun ’ iy, tabiiy va aralash.
INFORMATION:
ma’lumotlar;
fazoviy ma’lumot lar;
geofazoviy ma’lumot lar;
axborotlar;
tushunchalar;
axborotlardan foydalanish;
geoinformatika;
geofazoviy ma’lumot lar tomonidan yoritilgan axborotlar.
Geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi (kompleksi) tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqadi.
Geoinformatika ma’lumotlarni tasvirlash, qayta ishlash, uzatish, yig‘ish va yangi bilim hamda fazoviy-vaqtli ko‘rinishi asosida axborotlarni qabul qilish texnika va texnologiyalarining tamoyillarini o‘rganadi. Bugungi kunda geoinformatika ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab olgan tizim sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Geoinformatika - kompyuter modellashtirish, ma’lumotlar va geografik bilimlar asosida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geotizimlarni o‘rganuvchi ilmiy fandir. Boshqa tomondan esa geotizimlarni boshqarish, inventarizatsiyalash va optimallashtirish uchun mo‘ljallangan fazoviy koordinatalashgan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tasvirlash va tarqatish texnologiyasi (GAT texnologiyasi) dir.
Geoinformatikaning faoliyat chegarasi kartografiya va masofadan zondlash, fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bog‘liq. Geoinformatika matematik, kartografik, masofadan zondlash va boshqa usullar bilan bir qatorda yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, o‘rmonchilik, geografiya, iqtisodiyot, biologiya kabi fanlarni o‘zaro birlashtiradi.
Geoinformatika bilan kartografiyaning o‘zaro bog‘liqligi quyidagi sohalarda ko‘rinadi:
mavzuli va kartografik kartalar hamda fazoviy ma’lumotlarning asosiy manba ekanligi;
geoaxborot tizimida to‘planadigan va saqlanadigan hamma axborotlar koordinatalarining bog‘liqligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan geografik va to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi;
kartalar: geografik, masofadan zondlash ma’lumotlari va boshqa GAT axborotlarini (statistik, ijtimoiy, ekologik) tahlil qilish vositasi;
kartografik tahlil: GAT ma’lumotlar bazasini kartografik bilimlar asosida formallashtirish;
matematik-kartografik va kompyuter-kartografik modellashtirish: axborot natijalaridan kelib chiqqan holda prognoz qilish, boshqarish, tekshirish va xulosa chiqarish jarayonida asosiy vositalardan biridir.
Demak, yuqorida berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geografik axborot tizimida qo‘llaniladigan tushunchalar va tamoyillarni tushunishga yordam beruvchi ilmiy sohadir. Ushbu fan orqali geoaxborot tizimining kishilik jamiyatidagi o‘rni va o‘z navbatida, jamiyatning sohani rivojlantirishdagi ta’siri tadqiq etiladi. Bu fan an’anaviy fazoviy yo‘naltirilgan fanlar hisoblangan geodeziya, kartografiya, geografiya kabi fanlarni mujassamlashtirib, axborot tizimining ushbu fanlar bilan o‘zaro
integratsiyalashgan holda rivojlanishini tushuntirib beradi. Fanni o‘rganish asosida boshqa fanlar, jumladan, matematika, statistika, informatika kabi bilimlar bu yerda ham takrorlanadi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarini biz bundan buyon geoaxborot tizimi degan tuchunca bilan adashtirmasligimiz zarur. Sababi, GAT - bu dasturlari turli ma’lumot to‘plashga modjallangan jihozlardan tashkil topgan tizimdir. Ilmiy asoslari deganda esa ma’lum bir fakt, mavzu yoki hodisani tushunishga, uning ilmiy jihatlarini o‘rganishga yordam beruvchi fanni tushunishimiz kerak bo‘ladi.
Geoaxborot tizimida qo ‘ llaniladigan dasturiy ta ’ minotlar Geoaxborot tizimida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga bo‘linadi va ular quyidagilardan iborat:
Pulli dasturlar. Ular jumlasiga hozirda mashhur bo‘lgan ESRI kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional, AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi.
Ochiq kodli dasturlar.Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, TerraView, Whitebox GIS kiradi.