Raqamlashtirish (digitizing) - analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida saqlay olinadigan raqamli ko‘rinishga keltirish jarayoni. Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qo‘llaniladi.
Joyning raqamli modeli (Digital Terrain Model - DTM) - boshqacha aytganda, joyning matematik modeli. Bu model topografik karta va planlar turkumiga mos keladigan fazoviy obyektlarning raqamli ko‘rinishini tasvirlaydi. Kelgusida bu modellar raqamli topografik kartalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Relyefning raqamli modeli(Digital Terrain Model - DTM; Digital Elevation Model - DEM). Ushbu model ingliz tilida Digital Terrain Elevation Data (DTED) deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining uch o‘lchamli ko‘rinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari, koordinatalari, gorizontallar va konturlarning yig‘indisini hisobga olib aks ettiriladi. Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu rastr tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda ko‘p qirrali yuzaning taxminiy relyefini balandlik otmetkalari bo‘yicha bog‘langan tarzda tasvirlashdir. DEM yaratish uchun topografik kartalar, aero- va kosmik tasvirlar, sun’iy yoddosh ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Vektor formatdeganda kartografik axborotlarni yo‘nalishi va uzunligiga ega bo‘lgan vektor ko‘rinishda tasvirlash tushuniladi.
Rastr format deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar ko‘rinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr - bu o‘zining koordinata sistemasiga va har biri o‘zaro bog‘lanmagan xarakterga ega bo‘lgan kataklar jamlanmasidir.
Elektron kartalar - bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin bo‘lgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi.