Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi



Yüklə 159,21 Kb.
səhifə11/17
tarix27.12.2023
ölçüsü159,21 Kb.
#199272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Mavzu 1

ArcView dasturiy tizimi. ArcView ESRI kompaniyasining dasturi bo‘lib, bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qo‘shimcha sifatida yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum hudud bo‘yicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni ko‘rish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturni qo‘llash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat , ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda boshqa sohalardir.
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida kiritish imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining to‘qqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va u yuqoridagilardan ko‘ra ko‘proq funksiyalar bilan to‘ldirilgan hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan:

  • kartalarni yaratish va tahrir qilish;

  • kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;

  • mavzuli kartalar yaratish;

  • geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;

  • geokodlash;

  • ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;

  • karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga o‘tkazish.

ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish mumkin. Dasturning asosiy xususiyati - jadval kohinishida oddiylik bilan ishga tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. O‘zlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta o‘zgartirish berilgan bo‘lsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy bo‘lib, bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini o‘zlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega bo‘lish lozim.

  2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil ko‘rinishda va xohlagan miqdorda ko‘rish mumkin: karta oynasi, ro‘yxatlar va grafiklar.

  3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning o‘zida tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati mavjud, hatto bir oynada ma’lumotlarni o‘zgartirish natijasida avtomatik ravishda boshqa oynalarda ham o‘zgarish kuzatiladi.

  4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Ko‘rilayotgan dasturda rastr ma’lumotlarini ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bog‘lash yetarli darajada sodda keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta koordinata nuqtalarini bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini burish va cho‘zish imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud.

  5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni har xil ko‘rinishda ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va boshqalarni masshtablangan usulda ko‘rish mumkin.

Kartada ma’lumotlarni tasvirlashda foydalanuvchi raqam ko‘rinishidagi ma’lumotlarni emas, balki uning orqasida turgan kartani ko‘radi.

  1. Geoaxborot tahlil vositalari. ArcView dasturida bufer (loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va o‘zgartirish, grafik tahrirlash va boshqa imkoniyatlarni beradi.

Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va saqlash, rang berish va parametrlarga bog‘liq holda geografik obyektlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.

  1. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni tezkor tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega.

  2. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli ko‘rinishdagi printer qurilmalaridan karta bo‘lagi, jadval, grafik va yozuv ko‘rinishidagi hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali xulosa nashrga beriladi.

  3. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil ko‘rinishda bo‘lib, CD-ROMga uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tizimlar orqali ham qabul qilinadi.

  4. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va o‘zgartirishlarni saqlash mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ochish mumkin.


Yüklə 159,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin