ArcCAD tizimi. ArcCAD atrof-muhit tizimini o‘rganish instituti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur bo‘lib, bu dastur bizga ma’lum boTgan ikki dastur - AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD ma’lumotlarini Arc/Info dasturiga o‘zgartirib bo‘lmaydi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri fazoviy ma’lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini ko‘rsatadi.
Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular quyidagilardan iborat:
ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni o‘qiy oladi;
bu tizim orqali yaratilgan ma’lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD ning kelgusi ma’lumot qayta ishlovida qo‘llanilishi mumkin;
ArcView dasturi orqali ArcCAD ma’lumotlarini ko‘rish, ekranda tasvirlash va tahlil qilish mumkin;
ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar bo‘lmish DXF, ASCII, IGES formatdagi ma’lumotlarni ham o‘qiy olishi mumkin;
ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli bo‘lgan barcha qo‘shimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin.
ArcCAD topologik tuzilish orqali ma’lumotlarni yaratish, to‘g‘rilash va boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim o‘zida GATga mos buyruqlar yig‘indisiga ega.
ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moTjallagan interfeysi orqali poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish, bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va ma’lumot bazasini bogTash mumkin va bunda grafik interfeysli ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma’lumot bazasidan ma’lumot olinishi yoki kartaning o‘zida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot bazasining ichidan ham olinishi mumkin.
Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bog‘lanishlarini aniqlaydi, bu esa, o‘z navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga o‘tish imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma’lumotlarga bog‘liqlik ma’lumotlarni qo‘shish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va ko‘plab muhandislik va biznes ishlarida qo‘llaniladi.
ArcCAD ma’lumot bazasini chizma va CAD rasmlardan alohida holda shakllantiradi, chunki CAD orqali yaratilgan chizmalar GAT uchun kerak bo‘ladigan umumiy ma’lumotlarni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ArcCAD bu yerda qimmatli geoaxborot tizimi hisoblanadi.
ArcCAD tizimi CAD tizimni shaxsiy kartalarni yaratish va tahrir qilish uchun ishlatadi. Agar foydalanuvchi AutoCAD dasturiga ega bo‘lsa, u holda ArcCAD mavjud chizmalar va rasmlarni GATga mos formatga o‘zgartira oladi. MS Windows yordamida elektron jadval va geoaxborot ma’lumotlar bazasini o‘zaro bog‘lash mumkin. ArcViewni Windowsda qo‘llash orqali ArcCAD orqali hosil qilingan geoaxborot ma’lumotlarining so‘rovini tashkil qilish mumkin.
„Panorama” elektron kartalar tizimi.„Panorama” geodeziyaning amaliy masalalarini hal qilishga mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda bo‘lsa, noqulayliklaridan biri - dastur yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib bo‘lmasligidir.
Bu dastur yordamida:
kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi o‘zaro aloqani o‘rnatish va ta’minlash;
klassifikator va izlab topish uchun qulay bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
hisobot va tahliliy ma’lumotlarni to‘plash hamda ularni bosmaga chiqarish kabi amallarni bajarish mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch o‘lchamli tasviri hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.
Geoaxborot tizimining qo ‘ llanilish sohalari Geoaxborot tizimining qo‘llanilish sohalari juda keng bo‘lib, atrof-muhit, yer va suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, qurilish va neft-gaz sohalarida, shuningdek, geodeziya va kartografiyada qodlash mumkin.
GAT turli holatlarda, jumladan:
sog‘liqni saqlash sohasida yangi klinika va shifoxonalarni aholiga
geografik jihatdan mos va qulay qilib joylashtirish jarayonida;
yuk tashish bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun yo‘l marshrutlari va jadvallarini tuzish va aniqlashda;
avtomobil yodlarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yodlarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlashda;
geodemograflar uchun yangi savdo majmualarini barpo etish va ularga joy tanlashda;
o‘rmonchilik korxonalari uchun o‘rmonlar holatini yangilash va rekreatsiya parklarini barpo qilishda;