Windows uchun mo‘ljallangan AtlasGIS dasturi. Windows uchun mo‘ljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli bo‘lib, interaktiv geografik axborot tizimi ko‘rinishida bo‘ladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS - bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali axborot kartografik tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish;
tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan to‘laligicha foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, ko‘p sonli qo‘yilmalar, mavzuli kartografiyalash;
ishchi grafika - doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar;
Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati (S++ va MS Visual Basic);
rastr loyihalar bilan ishlash;
fazoviy qidiruv/tahlil - geografik obyektlarni birlashtirish, geografik belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish;
geokodlash - pochta manzili va indeksi bo‘yicha izlash, bunda manzil nomi to‘liq yoki qisman kiritiladi;
maxsus o‘rnatilgan funksiya va operatorlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar (59 funksiya va 22 operator);
SQL serverlarga va tarmoqda ishlashga qulay bo‘lishi uchun ichki o‘rnatilgan SQL ta’minoti;
geografik obyektlarni multimedia vositalari bilan birlashtiruvchi
Application Linking tizimi;
raqamlashtirishda qo‘llaniladigan barcha digitayzerlar bilan birga ishlash imkoniyati;
rastr va vektor tasvirlar bilan ishlash imkoniyati;
bir qismi rastr va bir qismi vektordan tashkil topgan va soni 250 tagacha bo‘lgan qatlamlar bilan ishlash imkoniyatlari.
AtlasGIS tizimida “What You See Is What You Map” tamoyili qo‘llanilgan, ya’ni “Nimani ko‘rsang, o‘shani kartaga tushirasan” qabilida. AtlasGISning boshqa GAT dasturlaridan farqi shundaki, u maxsus makrotil yordamida emas, balki keng tarqalgan MS Visual Basic va S tillari yordamida dasturlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, dasturdan foydalanuvchilarga qo‘shimcha algoritmlarni yaratish imkonini beradi.
Bu tizimning kamchiligi uning qimmatligidir. Boshqa dasturlarda keng tarqalgan DXF-formatni AtlasGIS tushunadigan formatga o‘zgartiradigan alohida konvertir mavjud bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda sotiladi. Vaholanki, bunday konvertirlash boshqa dasturlar doirasiga kiritilgan.