Turg`un mashinalar Turg’un mashinalar kon ishlab chiqarish mashinalarining asosiy turlaridan biri bo’lib, kon korxonalarida ishlatiladigan ventilyator qurilmalari suv chiqarish qurilmalari, kompressor qurilmalari va yuk ko’tarish qurilmalari kiradi. Zamonaviy ruda konlari va shaxtalarda turg’un mashinalar keng qo’llanilib, ularning iqtisodiy samarali ishlashi kon korxonalarining samarali ishlashiga ta’sir qiladi. Zamonaviy kon korxonalarida elektr energiya sarfining 75-80% turg’un mashinalar tashkil etadi. CHuqur shaxtalarda jami elektr energiya sarfining 50-60% yuk ko’tarish qurilmalariga to’g’ri keladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, shaxtada ventilyator qurilmasining ma’lum qisqa vaqtga ishlamay qolishi konchilar hayotini xavf ostiga qo’yadi, yoki suv chiqarish qurilmalarini ishdan chiqishi shaxtani suv bosishiga olib keladi. Turg’un mashinalarning uzluksiz va iqtisodiy samarali ishlashi ularni ish jarayonida ish rejimlarini to’g’ri o’zgartirish kon korxonalarining iqtisodiy samarali ishlashi va foydali qazilmalarning tannarxini pasayishiga olbib keladi. Ushbu mashinalar uzoq muddat davomida uzluksiz va samarali ishlashi shart. CHunki ularning qiymati yuqori bo’lib korxonalar uchun ko’p kapital mablag’ talab qiladi. Turg’un mashinalarning ishlash davri maalan yuk ko’tarish qurilmalari va kompressorlar 15-20 yilni tashkil etadi. Bu mashinalarning uzoq muddat samarali ishlashini ta’minlash uchun ularni o’z vaqtida texnik qarab va ta’mirlash ishlarini olib borish hamda to’g’ri ishlatish kerak bo’ladi.
Turg’un mashinalarning turlari ko’p bo’lib ularni hisoblab to’g’ri tanlay bilish, o’rnatish, rejimlarini o’zgartirishni bilish bo’lajak mutaxasislarga qo’yiladigan talablardan biridir. Turg’un mashinalarning kon sanoatida qo’llanilishi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Yuk ko’tarishva suv chiqarish qurilmalarining ishlatilishi konchilik ishlari boshlangan davrga to’g’ri keladi. Qo’l kuchi bilan ishlaydigan porshenli nasoslar bundan 300 yil oldin Gretsiyada ishlatilgan. XVIII-asrga kelib Rossiyada shaxtalarda porshenli nasoslar 100 metr chuqurlikdan suv chiqargan, bunda nasos yer ostida joylashgan bo’lib uni suv chig’irig’i harakatga keltirgan va uzun shtanga yordamida harakat chig’irig’idan nasosga uzatilgan. M.V.Lomonosov “Metallurgiya va kon ishlarining birinchi asoslari” asarida ruda konlarida ishlab turgan ventilyator, suv chiqarish qurilmalarini tariflab undan tashqari ushbu mashinalarning yangi turlarini taklif qilgan. Peterburg akademiyasining a’zosi taniqli matematik Leonard Eyler 1754 yili markazdan qochma turbomashinalar nazariyasini ishlab chiqqandan so’ng, ushbu mashinalar kon sanoatida keng ko’lamda yoyila boshladi. 1832 yili rus kon injeneri general leytenant A.A.Soblukov markazdan qochma ventilyatorning original tuzilishini taklif qildi.va 1835 yili birinchi markazdan qochma nasos ixtiro qildi.