Konchilik suv chiqarish qurilmalari. Qurilmalarning turlari va ularning vazifalari. Yer osti suvlari oqimi juda katta chegarada o’zgariib ayrim shaxtalar yoki ruda konlari quruq bo’lib, ayrimlarida esa suv oqimi gacha yetadi. Bir konning o’zida suv oqimi bir tekisda bo’lmasdan yilning fasllari davomida o’zgarilib turadi. Ana shuning uchun o’rtacha va maksimal suv oqimlari tushunchasi kiritiladi. Maksimal suv oqimlari bahorda va kuzda kuzatiladi. Bu paytlarda shaxta va ruda konlarida suv oqimi o’rtacha oqimdan 2-4 barobar yuqori bo’ladi. SHaxta yoki ruda konlarining suvliligi absolyut yoki nisbiy kattaliklarda aniqlanishi mumkin. Absolbt suvlilik (suv oqimi) shaxa yoki ruda koniga vaqt birligi ichida oqib keladigan suv oqimiga teng. Nisbiy suvlilik suvlilik koeffitsienti bilan baholanadi, ya’ni bir yillik kelgan suv massasini bir yilda qazib olingan foydali qazilma massasiga nisbatiga teng bo’ladi.
Suvlilik koeffitsienti ko’mir shaxtalarida 0,38(Qarag’anda basseyni) dan 25 gacha(Moskva oldi basseynida) boradi. Geotexnologik usulda foydali qazilmalarni qazib olishda yer osti suvlaridan tashqari foydali qazilma qatlamiga kislota eritmalari haydalib, burg’ulash quduqlaridan erigan qorishma (pulpani) nasoslar yordamida so’rib olinadi. Bunda quduqlarning unumdorligi qatlam qalinligi uning suyuqlik o’tkazuvchanligi va boshqalarga bog’liq bo’ladi. SHaxta suvlari yoki geotexnologiya quduqlari suvlari har xil kimyoviy moddalar va mexanik aralashmalar bilan birga bo’lib, suv chiqarish qurilmalarining ishlashiga yomon ta’sir qiladi.
Suv chiqarish qurilmalarining mo’ljali va tasnifi. Suv chiqarish qurilmasi – bu kon lahmlaridan suvni yuqoriga chiqarib beradigan texnika vositalaridir. Yer osti suvlarini yer yuzasiga chiqarish uchun suv chiqarish qurilmalari qo’llanilib mo’ljaliga qarab quyidagilarga bo’linadi: markaziy, bosh, uchastka, yordamchi, uzatuvchi, o’tuvchi va skvajinalik turlari bo’ladi. Markaziy suv chiqaruvchi qurilma bir necha shaxtadan suv chiqarishga mo’ljallangan; bosh suv chiqarish qurilmasi – butun shaxta suvini yer yuzasiga chiqarishga mo’ljalangan; uchastka suv chiqarish qurilmasi shaxta yoki ruda konining ma’lum bir uchastkasidan bosh suv to’plagichga yoki yer yuzasiga suv haydashga mo’ljallangan. Yordamchi suv chiqarish qurilmalari uchastka yoki uklonlarda joylashib qolgan suvni bosh yoki markaziy suv chiqarish qurilmasiga yetkazib berishga mo’ljallangan. Vertikal va qiya shaxta stvollari uklonlar o’tishda qo’llaniladigan suv chiqarish qurilmalari o’tishdagi suv chiqarish qurilmalari deyiladi. Ula kovjoy siljishi bilan yoki suv sathi pasayish bilan o’rnatilgan joylari o’zgartiriladi. Quduqlarda(skvajilarda) o’rnatilib yer osti suvlari sathini pasaytirish, geotexnologik quduqlarda (skvajinalarda) qo’llaniladigan foydali qazilmaning suvlik aralashmasini yer yuzasiga chiqarishga xizmat qiladigan qurilmalarga skvajinalik qurilmalar deyiladi. Markaziy, bosh, yordamchi va uchastka suv chiqarish qurilmalari maxsus kameralarga o’rnatilib qo’zg’almas bo’ladi. Kon lahmlarini o’tishda qo’zg’aluvchi suv chiqarish qurilmalari ishlatiladi.