Mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor



Yüklə 101,19 Kb.
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü101,19 Kb.
#163002
1   2   3   4   5   6   7
9 mavzu Global korrupsiya ijtimoiy – madaniy inqiroz oqibati

BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor
Buyuk Britaniyaning 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi strategiyasiga asosan, «Ochiq hukumat bo‘yicha sheriklik dasturiga a’zo bo‘lgan 75 mamlakat hukumatlarining fuqarolar uchun yanada ochiq, hisobdor va mas’uliyatli qilish uchun ko‘maklashadi. Hamkorlikning o‘ziga xosligi hukumat va fuqarolik jamiyatining islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi qo‘shma rolidir. Fuqarolik jamiyati hukumatlarni osonlikcha hisobdorlikka ushlab turishi, mustaqil kuzatuvchilarning hukumatlar o‘z majburiyatlarini bajarishda erishgan yutuqlarini kuzatib borishlari, o‘z navbatida bir-birlaridan o‘rganishlari mumkinligini anglatadi».
Xalqaro standartlarga muvofiq ochiq hukumatning asosiy institutlari ma’lumotlarning ochiqligi, davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida hisobdorligi va faoliyatning ochiqligi prinsiplariga asoslanib, ularni amaliyotga joriy qilishga mo‘ljallangan huquqiy normalar ishlab chiqilganligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohalaridagi jamoatchilik nazoratining tartib-taomillarini samarali qo‘llash uchun sharoit yaratadi.
Mazkur tartib-taomillar davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarning keng joriy etilishi ruknida elektron elementlarni qamrab olib, jamoatchilik nazorati jarayoni va natijalarini aholining aksariyat qismi uchun yanada shaffof va qulayligini ta’minlaydi. Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlarining rivojlanishi axborot texnologiyalarga asoslanadigan shart-sharoitlardagina korrupsiyaga qarshi samarali va yuqori texnologik jamoatchilik nazorati bo‘lishi mumkin.
Har yili Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi elchixonalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar tashkil etadi (shu kabi tadbirlar so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Argentina, Tailand, Singapur, Meksika, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik missiyalarida o‘tkazildi). Diplomatik lavozimlarga tayinlangan diplomatlar uchun ikki kunlik intensiv kurslar tashkil etiladi, ular doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi mutaxassislar TIV xodimlari bilan shaxsiy intervyular o‘tkazadilar va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yozma ishlarni tekshiradilar.
Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar agentligining qo‘shma loyihasi doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik chop etildi, bu majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta miqdordagi firibgarlik bo‘yicha kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office) hisoblanadi.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining yana bir xususiyati aholining e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan chalg‘itishdir. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo‘nalishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi.
“Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash forumi”, “Transparency international”, “Qashshoqlikka qarshi muhandislar”, “Bosh infrastruktura korrupsiyaga qarshi kurash markazi” va boshqalar kabi nodav­lat tashkilotlari Londonning korrupsiyani global bartaraf etish g‘oyasining eng faol namoyondalari hisoblanadi. Ko‘pincha Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes va xorijiy davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarini beg‘arazlik asosida amalga oshirmoqdalar.
Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi bir necha yuz yilliklar mobaynida kurashib kelmoqda. Buyuk Britaniya tarixidagi ilk auditorlik tekshiruvi, arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1200-yillarda o‘tkazilgan, qizig‘i shuki, poraxo‘rlar tekshiruvchilarni sotib ololmasliklari uchun, audit mansabdor shaxslar va oddiy aholi kuzatuvi ostida o‘tkazilgan.
Katta mulk egalarining moliyaviy hujjatlarini auditorlar mayda-chuyda ikir-chikirlarigacha tekshiradilar, so‘ngra er egalari deklaratsiya – ommaviy ravishda ko‘rib chiqiladigan to‘liq hisobot ham topshiradilar. SHu tarzda mamlakatda davlat g‘aznasidan ajratilayotgan mablag‘larning nimalarga sarflanayotganligi nazorat qilib turishgan. Muarrixlarning qayd etishicha, poraxo‘rlar pora olishning turli yo‘llarini o‘ylab topishgan, ammo shunga qaramay bu keng ommalashgan va jirkanch illatga qarshi kurash o‘zining yaxshi natijalarini berar edi.
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi qonun ilk bor 1889 yilda qabul qilingan. Unda: “Mansabdor shaxsni biror muammoga “ko‘z yumish”ga yoki muayyan miqdordagi mablag‘ evaziga bevosita bajarishi shart bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslikka undaydigan ayniqsa, ssuda yoki mukofot va hatto hadya ham pora hisoblanadi”, deya aniq-ravshan yozib qo‘yilgan.
Poraxo‘rlar qamoqqa tashlangan hamda jamoatchilik va xalq manfaatiga aloqador lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilgan. Jinoyat qayta sodir etilgan taqdirda poraxo‘r bir umrga xizmat lavozimidan chetlatilgan hamda nafaqa olish huquqidan ham mahrum etilgan. aynan shu qonun bilan “mansab-martabalarni pullash” bilan shug‘ullangan amaldorlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan, shunisi qiziqki, naafaqat mansab kursisini sotgan balki uni sotib olgan odam ham jazolangan. Mansab-lavozimlarni sotish to‘g‘risidagi qonun britaniya mustamkalasi bo‘lgan boshqa mamlakatlarda ham amal qilgan.
1906 va 1916 yillarda Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi yangi qonunlar qabul qilingan, ularga muvofiq ravishda poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik ham qattiq kuchaytirilgan. 1906 yilda qabul qilingan qonunda yangi tushuncha, ifoda (formulirovka) paydo bo‘ladi – mukofot olish maqsadida pora berish. Mukofot umidida pora bergan shaxsga nisbatan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, sud qarori bilan belgilanadigan jarima sifatidagi pul to‘lovi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qonun ilk bora “pora berish” va “pora talab qilish” tushunchalarini alohida tasniflagan. Mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan amaldorlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan, shuningdek, saylash huquqi, va albatta, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mosuvo bo‘lishgan.

Angliyaning korrupsiyaga qarshi qonunida mansabdor shaxslar va xizmatchilar qanday hadyalar olish huquqiga ega ekanliklari aniq-ravshan qayd etilgan, bu faqat Rojdestvo munosabat bilan taqdim etiladigan sovg‘alarga tegishli, shuningdek, yondaftarchalar, sharikli ruchkalar, taqvimlar ham hadya sifatida qabul qilinishi mumkin, faqat bunday tuhfalarning narxi juda arzon bo‘lishi hamda ularda mansabdor shaxsga minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan kompaniya yoki shirkatning korporativ belgilari tasvirlanmagan bo‘lishi talab qilingan.


Mansabdor shaxs bundan boshqa barcha hadyalarni rad etishi lozim. Mabodo, tuhfa xorijiy kompaniya xodimi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, davlat xizmatchisi uni qabul qilishdan oldin o‘zi bevosita bo‘ysunadigan yuqori darajadagi mansabdor shaxsni ogohlantirib qo‘yishi zarur, bunday hollarda, odob nuqtai nazaridan hadyalar qabul qilinadi.
XX asr boshlarida qabul qilingan qonunlar mamlakatda 2010 yilga qadar amal qilgan. “Poraxo‘rlikka qarshi harakatlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qisqa va lo‘nda, aniq va ravshan hamda eng keskin qonun sifatida baholanmoqda. Bu o‘rinda qonun ijodkorlari korrupsiyaga qarshi qonnuni to‘laligicha qayta ishlashgani yo‘q, balki 100 yillar davomida o‘zini oqlab kelgan mavjud moddalarni to‘ldirgan holda, yangi, zamonaviy talablarga muvofiq keluvchi bandlarni qo‘shimcha qilishdi.
Qonun davlat muassasalari va xususiy biznesda turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi korrupsiya holatlarini qamrab olgan, eng muhimi, qonun naafaqt mamlakat ahliga tegishli, balki qirollik hududida faoliyat yuritayotgan xorijliklarni ham hisobga olgan. YAna shuning uchun ham yangi qonunni taraqqiyotga xizmat qiluvchi “progressiv” qonun deb atashmoqda. Endilikda sud Buyuk Britaniyada va unga qarashli hududlarda tadbirkorlik (biznes) bilan shug‘ullanayotgan xorijiy kompaniyalarga qarshi sud ishlarini yuritishni boshlashi mumkin. Bu yirik xalqaro offshor zonasi joylashgan Virgin orollariga ham taalluqli, ma’lumki, bu erda dunyoning yirik kompaniyalari o‘zlarining noqonuniy mablag‘larini “qonuniylashtirish” bilan shug‘ullanadilar, shuningdek, Gibraltar Jersi va boshqa orollarga ham tegishli.
Buyuk Britaniyada jahonning yirik kompaniyalarining ko‘plab vakolatxonalari joylashgan, shuning uchun ham jahon iqtisodiyotining katta qismiga inglizlarning korrupsiyaga qarshi qonuni o‘z ta’srini o‘tkaza oladi.
Aksariyat ekspertlar mazkur qonun qabul qilingach, endi mamlakat uni o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida qo‘llaydi degan yakdil fikrga bordilar.
Endi istalgan xorijiy kompaniyani siquv ostiga olmoq, oddiy so‘z bilan aytganda, ishni britaniyalik investor foydasiga hal etmoq mumkin. SHunga qaramay, mazkur qonun 9 yildan beri amalda bo‘lib kelmoqda va hech qanday o‘zgarishlarga uchragani yo‘q. SHu bilan birga, tahlilchilar fikricha, “Poraxo‘rlikka qarshi harakatlar to‘g‘risida”gi qonun amalda qo‘llanilmayapti, korrupsion jinoyatlar uchun bor yo‘g‘i bir nechta kishi jazolangan xolos.
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, yirik korrupsion mashmashalar vaqti vaqti bilan ro‘y berib turibdi. «SputnikNews» axborot agentligining xabariga ko‘ra, britaniyalik qonun ijodkorlarini o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida qonunlar yaratishga undab, ularga ta’sir o‘tkazishga urinish bilan bog‘liq yashirin korporativ bosimlar uchun har yili 3 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanadi, va parlament a’zolariga maslahatchi sifatidagi rollari uchun 5,2 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘lanadi. Huquqni muhofaza qiluvchlarning ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiya balosini faqat o‘quv muassasalari va tibbiyot sohasida to‘liq bartaraf etishga erishildi. Biroq, davlat buyurtmalari bilan bog‘liq oldi sotdilarni poraxo‘rliksiz hal etib bo‘lmayapti, kattagina naf keltiradigan davlat buyurtmasiga ega bo‘lish uchun pora berish oliyjanob ish.  
Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish tizimida korrupsiya bilan bog‘liq mashmashalar bo‘yicha tergov maxsus tashkil etilgan Politsiya xatti harakatlari yuzasidan shikoyatlar Boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Boshqarmada na politsiya xodimlari va na yuristlar ishlashadi, bu erda barcha shikoyatlarni vijdon amriga binoan hal etadigan va hech qanaqasiga “kelishib bo‘lmaydigan” mamlakatdagi eng obro‘li insonlar faoliyat yuritadilar.
Ministrlar, yirik davlat xizmatchilari, parlament a’zolari, mahalliy amaldorlarning axloqiy qiyofasini ijtimoiy hayotda axloq standartlari bo‘yicha mustaqil maslahat qo‘mitasi kuzatib boradi. Mazkur qo‘mita 1994 yilda tashkil etilgan, unda Angliyaning ko‘zga ko‘ringan jamoat arboblari faoliyat olib boradilar. Ular amaldorlarning axloqi, yurish- turishini o‘rganib ularga baho beradilar. Qo‘mita tomonidan mansabdorlarning davlat xizmatidagi axloqiy Kodeksi ishlab chiqilgan, unda boshqa bandlar qatori, vijdonini sotmaslik, mol-dunyo hirsidan xoli bo‘lmoqlik, haqqoniylik va boshqa fazilatlar ham o‘rin olgan. Kodeks talablarining buzilishi aniqlangan hollarda bu ommaga e’lon qilinadi, ammo hech qanday javobgarlikka tortilmaydi, ekspertlar qo‘mita korrupsiyani jilovlab turibdi, deb ishontirmoqdalar.
Hukumatning sa’y-harakatlariga qaramay, Angliyada kata shov-shuvli korrupsion mashmashalar sodir bo‘lib turibdi. Hozirga qadar 2006 yilda yuzaga chiqqan Lordlar palatasidagi o‘rinlarni tarqatish bilan bog‘liq korrupsiya ishini eng shov shuvli deb atashmoqda. O‘shanda mamlakat bosh vaziri Toni Bler bu ishda guvoh sifatida ishtirok etgan, boshqa yuqori martabali siyosatchilar ham so‘roq qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Leyboristlar partiyasining deklaratsiyaga tortilmagan katta mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan mamlakat yuqori palatasining to‘rt nafar deputati lordlik maqomini deyarli sotib olishgan ekan. Bu yangi lordlarning mandatlari tortib olindi, biroq, shov shuvli iste’folar sodir bo‘lmadi, hech kim hisbgaolinmadi.
Parlamentning quyi palatasida 2009 yilda u yoki bu masalani ilgari surishgani uchun haq to‘langan bir qator “yollangan” parlament a’zolari aniqlandi.

Yüklə 101,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin