17
kelishish yo‘li bilan bartaraf etilishini ko'zda tutadi. Yel doirasida yagona
qishloq xo‘jaligi
siyosati, kelishilgan sanoat, energetika, transport,
mintaqaviy,
ijtimoiy, ilmiy-texnik siyosat yuritilishi, bunga yorqin misoldir.
Shunga e’tibor qaratishimiz kerakki, iqtisodiy
siyosat borasida kelishuv
jarayoni muayyan darajaga yetgach, u o‘z mantig‘iga bo‘ysuna boshlaydi va
agar mamlakat o'z iqtisodiyotining yuqori darajadagi
ochiqligi bilan tavsiflansa,
yanada keng doiradagi masalalami qamrab olgan yaqin bogiiqlikni talab etadi.
Mazkur jarayon majmuaviy va yanada murakkab shakl iqtisodiy va valyuta
ittifoqi doirasida o‘zining muayyan mantiqiy yakuniga yetishi mumkin.
Valyuta ittifoqi yagona markaziy bankning tashkil etilishi,
yagona
valyutaning joriy etilishini o‘z ichiga olgan yagona mintaqaviy valyuta tizimini
yaratishdir. Bunda yagona valyuta-kredit va muvofiqlashtirilgan mikroiqtisodiy
siyosat borasida kelishuvlar qaror topishi ta’minlanadi.
To‘liq iqtisodiy va siyosiy integratsiya.
Mazkur holatda yagona bozor
makonini yaxlit iqtisodiy va siyosiy tuzilmaga aylantirish haqida so‘z boradi. Bu
nafaqat kelishuv, balki bitta shaklga keltirilgan, deyarli yagona iqtisodiy siyosat,
qonunchilik bazasini to‘liq birasosga keltirishni ko‘zda tutadi.Bu
bosqichda
xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlaming yangi ko‘p millatli sub’ekti paydo
bo‘ladi yoki asta- sekin shakllanadi, yagona federativ yoki konfederativ davlatni
qaror toptirishga boigan hatti-harakatlar sodir bo‘iadi.
Integratsiyaning eng past darajasidan (shaklidan) uning yuqori pog‘onasiga
o‘tish jarayoni iqtisodiy rivojlanishning integratsiya bos- qichidir.
Bosqichlar
davomiyligi ham ichki va tashqi iqtisodiy, ham siyosiy mazmundagj xilma-xil
omillaming yaxJit majmuasi bilan aniqlanadi.
Bir qator iqtisodchilar (Dj.Mid, G.Myurdal, R.Lipse, Dj.Vayner va-
boshqalar) tomonidan rivojlantirilgan B.Balassa konsepsiyasi o‘z raohiyatiga
ko‘ra integratsiyaning oddiv shaklidan murakkab shak- ligacha boMgan yo‘lni
to‘liq bosib o‘tgan Yevropa Ittifoqida mintaqaviy
integratsion siyosatning
nazariy asosi hisoblanadi.