Yuqumli kasallikni qo’zg’atadigan mikroblar sutga kasallangan hayvonlar va odamlardan, sutni tashish yoki qayta ishlashda atrofdagi muhitdan tushadi. Sut orqali tarqaladigan mikroblar ikkiga bo’linadi: 1. Zoonoz, ya‘ni odam va hayvonlarga oid kasalliklarni qo’zg’atuvchilari. Bu gruppa mikroblarga sil, brutsellyoz, oqsil va boshqa kasalliklarni qo’zg’atuvchilar kiradi. 2. Ikkinchi gruppaga esa odamdan odamga o’tadigan kasalliklarni qo’zg’atuvchilar kiradi. Bular dizenteriya, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklardir.
Sil (tuberkulyoz)surunkali yuqumli kasallik. Qo’zg’atuvchisi hayvonlarning suti bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda mikrobakteriyalar 10 kungacha, sariyog’da (sovuqda) 300 kungacha, pishloqda esa 200 kungacha o’z hayot faoliyatini saqlaydi. Yelin silida sut suyuqlashadi, ko’k–sariq rangni oladi. Bunday sutni iste‘mol qilish man etiladi va faqat qaynatishdan so’ng bo’rdoqi hayvonlarga ichiriladi.
Brutsellyozsurunkali kasallik. Sovutilgan sutda brutsellalar 8 kun, muzlatilgan sutda esa 60 kun, bijg’itilgan sutda 4 kun, qaymoqda 10 kun va pishloqda to 40 kun hayot faoliyatini saqlaydi. +65 darajada 15 minutda, +70 darajada 5 minutda nobud bo’ladi.
Kasallangan hayvonlarning suti +70 darajada 30 minut mobaynida pasterizatsiyalanishi shart.
Oqsil (yashur)o’tkir, nihoyatda yuqumli, tez tarqaladigan kasallikdir. Yangi sog’ilgan sutda virus 12 soatgacha, sovutilgan sutda esa ikki haftagacha saqlanadi. Kasallangan hayvonlarning suti +80 darajada 30 minut davomida pasterizatsiyalanadi. Zararsizlantirilgan sutning yog’i olinib, kuydirilib sariyog’ qilinadi yoki hayvonlarga ichiriladi.
Sutda mikroblar ko’payishining oldini olish.Sutni bakteriyalardan sovuq, yoki issiq ta‘siri bilan saqlash mumkin. Ammo shuni aytib o’tish kerakki, sutda uni muzlatishdan oldin mikroblar bo’lgan bo’lsa, sutni eritish va isitish paytida ular rivojlanadi. Sekin muzlatilish sutning tarkibidagi moddalarning o’zgarishiga olib keladi, tez muzlatish esa bunday o’zgarishlarni hosil qilmaydi. Sut –25 darajada saqlanganda o’zgarmaydi, undagi kimyoviy–fizikaviy jarayonlar to’xtaydi.