Transport vositalari nomlari va ularning tasniflari
Tibbiy ko’rik muddati
1.
Barcha turdagi va markadagi mototsikl, motorellor. Barcha
tur va markali mopedlar «A» toifasi
3 yilda 1 marta
2.
To’la og’irligi 3500 kg dan oshmaydigan, o’rindiqlari haydovchilarnikidan tashqari 8 dan oshmagan avtomobillar
«V» toifasi, yollanib va yollanmasdan ishlaydigan
haydovchlar.
3 yilda 1 marta
3.
Yuk tashiydigan, to’la og’irligi 3500 kg dan oshadigan
avtomobillar, «S» toifasi
3 yilda 1 marta
4.
Yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan va o’rindig’i
haydovchinikidan tashqari 8 ta bo’lgan avtomobil «D» toifali
3 yilda 1 marta
5.
SHatakchi transport vositalari tarkibi «V», «S» yoki «D»,
«E» toifalari
3 yilda 1 marta
6.
Trolleybus, tramvay
3 yilda 1 marta
7.
Barcha toifadagi nogironlar (Ulug’ Vatan urushi, harbiylar,
mehnat va bolalikdan nogironlar uchun qo’lda boshqariladigan avtomobillar)
3 yilda 1 marta
8.
Nogironlar motokajovasi
2 yilda 1 marta
9.
Barcha toifadagi haydovchilar:
stajirovkani o’tgan, haydovchi huquqiga ega nogiron
55 yoshga to’lgan erkaklar, 50 yoshga to’lgan ayol haydovchilar
Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari, harbiy mehnat nogironlari
2 yilda 1 marta
2 yilda 1 marta
2 yilda 1 marta
Qatnov oldidan haydovchilar sog’ligini tekshirish vaqtida quyidagi ishlar bajariladi:
haydovchining o’zidan sog’ligi to’g’risidagi fikri eshitiladi;
Tibbiyot ko’rigidan so’ng haydovchining yo’l varaqasiga «qatnovga ruxsat berildi» degan shtamp qo’yiladi va uni tibbiyot xodimi imzolaydi.
Quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasini boshqarishga ruxsat etilmaydi:
vaqtincha ishga yaroqsizlik belgilari aniqlanganda (tana harorati, qon bosimi yuqori bo’lganda va h.k.)
nafas chiqarganda alkogol hidi sezilganda.
Haydovchi mehnat qobiliyatini yo’qotganda tibbiyot xodimi unga tibbiyot shifoxonasida vrach ko’rigidan o’tish uchun yo’llanma beradi. Haydovchini qatnovdan oldin ko’rikdan o’tkazishda vrach qabuli bo’lmasa, mehnatga yaroqsiz hisoblangan haydovchiga tibbiyot xodimi ishdan ozod qilinganligi to’g’risida ma’lumotnoma beradi va unda kasallik haqida qisqacha ma’lumot yozilib, vrachga keyingi kun borishi tavsiya etiladi.
Tibbiyot xodimlari haydovchining qatnov oldidan tibbiyot ko’rigidan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni 6.2-shakldagi jurnaliga kiritadi.