Mavzu: ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat



Yüklə 356,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix17.04.2023
ölçüsü356,25 Kb.
#99058
1   2   3   4   5   6   7   8
ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat

 
ISHNING MAQSADI: 
ibtidoiy madaniyatga asosiy tushuncha berish,
taraqqiyot qonunlarini tushunish, ibtidoiy davir bilan tanishish, antik, o’rta va yangi 
davirda ibtidoiy madaniyat tarixiga oid bilimlarning taraqqiyotini qiyosiy tahlil qilish,
ibtidoiy madaniyat tarixini o‘rganishda turli ilmiy manbaalarning o‘rniga baho berish,
ibtidoiy madaniyat tarixi bilan shug‘ullangan tarixchilar va ularninga sarlarini ko‘rib 
chiqish. 
 
KURS ISHININGVAZIFASI
- ibtidoiy madaniyat tushunchasiga molik 
xarakteristika berib, ibtidoiy davirning umumjahon madaniyatining taraqqiyotida 
tutgan muhim o‘rnini ko‘rsatish. 
KURS ISHINING DOLZARBLIGI: 
Ibtidoiy davir jahon tarixiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatgaligi muhim o‘ringa egaligini ko‘rsatib, bugungi kunda shu ta’sir 
qanday rivojlarga olib kelganligni asoslab berish.
 


1.Bob.Ibtidoyi jamiyatda foydali bilimlarning o‘sishi.
1.1. Moddiy madaniyatning rivojlanishi 
Amaliy bilimlar. Odamning tabiat bilan juda og’ir kurashida mehnat qurollari 
murakkablasha va takomillasha borgan; bunda suyiltayoqlar va kupol tarashlangan tosh 
parchalaridan kamon va o’qlar, silliqlangan tosh boltalar va suyak buyumlar, 
metallardai foydalaiish, juda oddiy dastgohlar ixtiro qilish sari rivojlanish yuli bosib 
o’tilgan. Eng sodda mexanik moslamalar: er kovlaydigan tayoq va chopqich asosida 
yuzaga kelgan richag-dastak va pona bo’lmay turib hozirgi texnika mavjud bo’la olmas 
edi. Odamlar tabiiy g’orlardan foydalanish ishlaridan turli-tuman sun’iy uy-joylar 
qurishga asta-sekin o’ta borishgan. 
Novdalar, xodalar, pustloq, terilar, namat, keng barglar, poxol, kolish, turli 
hayvon suyaklari, chim, daraxt, loy, tosh, keyinrooq g’isht, avval boshda quritilgan 
g’isht, so’ngra pishirilgan g’isht uy-joylar qurish uchun material sifatida xizmat qilgan. 
Dastlabki turar joylar parda devorsiz, eshiksiz va derazasiz bo’lgan. Arxeologlar doimiy 
turar joylarning gulxanlar yordamida isitila boshlanishining orinyak-solyutre bosqichiga 
oid deb hisoblaydilar. Turar joyning tepasidan ochilgan tuynukdan yorug’ ham tushib 
turgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, madlen davrida sun’iy yoritish paydo 
bo’lgan.Uy-joyni yoritish uchun pilikli tosh kosalarga yog’ solib ishlatilgan. 
Shuningdek, qorachiroqdan foydalanilgan. Dastlab hech qanday mebel 
bo’lmagan, erga buyra, terilar solib, bosh ostiga yostiq o’rniga yog’och taglik quyib 
uxlashgan Suri va mebel keyinroq paydo bo’lgan. Amerika indeetslari gamaklarda 
(osma tur belanchaqlarda) uxlaganlar. Uy-ruzg’or buyumlari navdalardan, qayin 
po’stlog’idan, bambuk, kokos yong’og’i po’chog’i, qovoq yogoch, loy va teridan 
yasalgan. 
Dastavval maxsulotlar to’qima, usti loy bilan suvalgan idishlarda saqlashan, 
ovqat esa qizitilgan toshlar yordamida yog’och tog’orachalarda pishirilgan.Faqat 
keramika ixtiro qilingandan keyingina chinakam ovqat pishirish mumkin bo’lgan. 
Ovqat eyish vaqtida kosa, tovoq, qoshiq, pichoq va cho’plar ishlatilgan. Don 


maydalash- talqon qilish uchun toshdan yasalgan don yanchgichlar, yog’och o’g’irldar 
mavjud bo’lgan. Ibtidoiy kiyim-boshning turlari juda xilma-xildir. Uning yuzaga kelishi 
va rivojlanishi iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan. Hammadan aaval sovuq o’lkalarda 
kiyim-bosh paydo bo’lgan. Fartuk, kamar (belbog’), plash, yupka erkak va ayollarning 
kiyim-boshining eng qadimgi elementlari deb hisoblanadi. Engil kiyim va ishton 
keyinroq iaydo bo’lgan. Tabiiy sharoitlarga qarab barglardan, teri, o’simlik tolasidan va 
yungdan kiyimlar tikilgan. Kiyim-boshni suyak ninalar bilan tikishgan. 
Yog’ochdan, pustloq-chiptadan, teridan, namat va yungdan qilipgan oyoq 
kiyimlari kiyim-boshga nisbatan keyinroq vujudga kelgan va hamma joyda birdan 
paydo bo’lavermagan. Uy-joylar qurilishi, kiyim-bosh, oyoq kimiyi, uy-ro’zg’or 
anjomlari ishlab chiqarish xona kasblarining yog’och, daraxt po’stlog’i va teri ishlash, 
terilar tayyorlar va to’qish shaklida rivojlana borishi bilan bevosita bog’liqdir. Avval 
boshda qayiqlar, chana, chang’i, keyiiroq bronza asrida ixtiro etilgan g’ildirakli aravalar 
transport vositasi bo’lib xizmat qilgan.Inson faoliyatining barcha sohalaridagi tajribalar 
saqlanmay turib progressiv tarixiy taraqqiyot mumkin bo’lmagan bulur edi. 
Urug’ning, qabilanitng zo’r berishlari tufayli orttirilgai bilimlarpi keksa avlod 
ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan ta’lim vositasi bilan yosh avlodga berib kelgan.Ilk 
yoshidagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan. Lekin initsnatsiya 
vaqtida yigit va qizlarga chinakam ta’lim berilgan. Odamlarning amaliy bilimlari 
maqollar va matallarda aks etgan Insonning tabiat bilan kurashida aks sadolarini xalq 
og’zaki ijodida (folklorda) uchratamiz.
Afsonalarda, miflarda, ertaklarda qahramonlarning mardonavor ish-xarakatlari 
aks ettiriladi, ko’pincha urug’larning, qabilalarning kelib chiqishlari haqida, dunyoning 
paydo bo’lishi to’g’risida hikoya qilinadi.Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo’lmagan, shuning 
uchun afsonalar avloddanavlodga og’zaki ko’chib yurgan. 

Yüklə 356,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin