1.2. Tafakkur va nutqning o’sishi
Tafakkur va nutq taraqqiy qilmay turib madaniyatning
vujudga kelishi mumkin
emas. Burjua fanida arxantroplar va paleantroplar tafakkuri xususida ikkita g’ayri ilmiy
kontseptsiya tarqalgan. Bu kontseptsiyalardan birining (evolyutsionist E. Teylor va G.
Spenser ilgari surgan kontseptsiya} namoyandalari eng qadimgi odamlar tafakkuri bilan
hozirgi jismoniy tipdagi insoni tafakkuri o’rtasidagi farqlarni e’tirof qilishmaydi.
Ikknichi (L. Levi - Bryulem) ta’rif qilgan kontseptsiyaning izdoshlari hamma ibtidoiy
odamlar tafakkurini "mantiqiy tafakkurdan oldingi".ya’ni mantiq qonunlariga
buysunmaydigan tafakkur deb hisoblashadi.
Eng qadimgi odamlar qurollar yasash uchun ishlatgan materiallar (toshlar,
yog’ochlar)ning xususiyatlarini bilib olgan, hayvonlarning odatlarini o’rgangan va
ularni ovlay bilgan, eyiladigan
va eyilmaydigan mevalarni, etildizli giyohlar va shu
kabilarni bir-biridan farq qila olgan. Lekin o’sha davrda odamlar tabiat ustidan xali
katta g’alaba qila olmaganlar, binobarin, ularning tafakkuri ham unga yaxshi o’smagan.
Olimlar ibtidoiy odamlar tafakkuri va nutqining taraqqiy etishidagi ikki bosqichni
ajratib ko’rsatadilar. Ular birinchi bosqichnn arxantroplar va paleantroplar bilan,
ikkinchi bosqichni (homo sapiens) bilan bog’laydilar. Barcha olimlar birinchi bosqichda
hissiy-ko’rgazma (obrazlar)
tafakkur, noaniq nutq ustun bo’lganligini hamda ikkinchi
bosqichda abstrakt tafakkur va aniq nutq mavjud bo’lganligini e’tirof qiladilar.
Bir xil olimlar abstrakt tafakkur va aniq nutq kurtaklari muste davrida,
neandertallarda vujudga kelgan, deb faraz qiladilar. Boshqa olimlar pitekantroplarda,
sinantroplarda abstrakt tafakkur elementlari paydo bo’lgan, deb hisoblaydilar.Keyingi
paleolitga qadar nutq noaniq bo’lgan, ammo paleontroplar
nutqi arxontroplar nutqiga
qaragnada ancha taraqqiy etgan. Neandertallarda ko’p ma’noli va yaxlit mazmunli yangi
so’z jumlalar paydo bo’lgan. Eng qadimgi odamlarda esa bir bo’g’inli, turlanmaydigan
va bir-biri bilan bog’lanmaydigan so’zlar mavjud bo’lgan.
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog’lanib o’sa borgan. Er yuzida gapirishni
bilmaydigan bironta ham xalq yo’q, shuning uchun ham olimlar odam g’oyat katta
insoniy muvaffaqiyatlardan biri bo’lgan nutqniig shu darajada o’sishiga qanday yul
bilan
erishganligini fahmlab, bilib olishlarigagina to’g’ri keladi. Tilning paydo bo’lish
imkoniyatini anglash uchun oziq-ovqat qidirib topish yulida cheksiz tashvish tortgan
ibtidoiy odamlarimng yashagan sharoitlarini unutmasligimiz kerak.
Maymun odamlar oziq-ovqat qidirib topishgan, o’zlarini dushmanlardan
birgalikda (kollektiv bo’lib) himoya qilishgan.Ana shu vaziyatda nutq o’sa borgan,
chunki, mehnat protsessida odamlarning birgalikdagi ish-xarakatlari to’g’risida
so’zlashib quyish, tajriba almashish zarur bo’lgan. SHuningdek,
odamning tikka
yurishga o’rganishi va mehnat protsessida butun organizmishshg shakllanishi bilan
birga ba’zi bir organlar (hiqqildoq, o’pka, til va boshqalar)ning alohida jismoniy
tuzilishi nutq o’sishining zaruriy shartidir. Xilma-xil tovushlar chiqara oladigan
organlarga ega bo’lgan odam har holda nutq yaratish darajasiga tezda eta olmagan.Nutq
avval boshdanoq tovush nutqi, noaniq nutq bo’lgan.
Dastlab
odam,
boshqa
hayvonlar
kabi,
uzuq-uzuq
qichkiriqdan
foydalangan.Deyarli har bir hayvon mutlaqo ixtiyoriy ravishda qandaydir tovushlar
chiqara oladi. Biz hatto hayvonlarni tovushlariga qarab ajrata
olamiz va ularni tovush
chiqarishga majbur etadigan sabablarni farq qilamiz. Xursandlik, og’riq yoki qo’rqish
bilan bog’liq bo’lgan shu kabi qichkiriqlar odam qo’kragidan beixtiyor chiqib, atrofdagi
odamlarga o’z sherigining qanday ahvolga tushib qolganini bildirgan.Bir xildagi
yashash sharoitlari boshqa kishilarning eshitib qolgan qichqiriq sababini deyarli xatosiz
aniqlashlariga imkon bergan.Jumladan, ma’lum tovushlarga muayyan ma’no berilgan.
Odam tovush signallarini berar ekan, ular orqali ma’lum fikrni bildirgan. Imo-ishora
tovush nutqida yordamchi element bo’lgan.
Odam nutqi eng boshdanoq hayvonlar tovushlaridan shu bilan farq qilganki, kishi
yumshoq nutq organlari yordamida ko’pgina xilma-xil tovush birikmalarini talaffuz eta
olgan va ularni tovushlarning yaxlit gruppalariga qo’sha olgan, bularni biz so’zlar deb
ataymiz. Til sekin taraqqiy qilgan. U doim kishilarning aloqa va tajriba olishish quroli
bo’lib kelgan. Tilda odam hamisha munosabatda bo’lib turgan
buyumlarning belgilari
ifodalangan Vaziyat xilma-xillasha borgan sayin til yanada boyigan.Ibtidoiy tilda
nomlar buyumlarning o’ziga qaraganda ko’proq bo’lgan, chunki har bir odamda o’z
tovushlar birikmasi assotsiatsiya qilingan.Nomlar kelishish asosida berilmagan.
Shuning orqasida nutq o’sishining ilk bosqichlarida sinonimlar bo’lgan.Ibtidoiy
so’zlar turdosh nomlardan ko’ra ko’proq atoqli otlar bo’lgan.Hislarni, munosabatlarni,
ish-xarakatlarni ifodalash uchun so’zlar bo’lmagan. Bularning hammasi emotsional
qichqiriqlar va harakatlar bilan ifodalangan. Keyinroq odam o’z hislari va fikrlarini
ifodalash uchun tildan foydalanish imkoniyatini topgan. Til tom ma’nosi bilan fikr
quroli bo’lib qolgan.Til bo’lmay turib odamlar hozirgi vaqtda insoniyat ega bo’lgan
narsalarga erisha olmagan bulur edilar. Keksa avlod o’z ota-bobolaridan o’rganib olgan
hamma narsalarini til yordamida kichik avlodga o’rgatgan
va bu bilan hayot
sharoitlarini yaxshilash yulida bundan buyon olib boriladigan ishni engillashtirgan.
Tafakkur bilan mahkam bog’langan til noaniq tovush tilidan boshlab to
urug’larning, keyinchalik qabilalarning aniq tillariga qadar uzoq taraqqiyot yulini
o’tdi.Qabilaviy tillar o’rnini sinfiy jamiyatlarda xalqlarning tillari egalladi.Kapitalistik
munosabatlarning rivojlanishi bilan milliy tillar paydo bo’ldi.
Neolit oxiri va metallar asrining boshlariga kelib asosiy qardosh tillar oilalari
tarkib topgan:
Dostları ilə paylaş: