Mavzu: ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat


)hind - evropa tillari oilasiga (hind tili, eroniy til, slavyan, german,  roman, kelt tillari). 2)



Yüklə 356,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix17.04.2023
ölçüsü356,25 Kb.
#99058
1   2   3   4   5   6   7   8
ibtidoiy jamiyat tuzumida moddiy madaniyat

1)hind - evropa tillari oilasiga (hind tili, eroniy til, slavyan, german, 
roman, kelt tillari).
2)turk - mongol tillari oilasi (Markaziy Osiyo qabilalari va xalqlarining tillari
turk tillari va mongol tillari).
3) Xitoy - tibet tillari oilasi (SHarkiy Osiyo, Xitoy, Tibst, Vetnam, Birma 
xalqlarining tillari).
4) Somiy - hamit tillari oilasi (SHimoliy va Markaziy Afrika, Arabiston tillari).
5) Fin - ugor tillari oilasi (Vengrlar, finlar, estonlar, karellar va boshqalarning 
tillari). 
 
 
 
 


1.3. Ilmiy bilimlar va yozuvning vjudga kelishi 
Odam mehnat protsessida atrofidagi tabiati kuzatishlar natijasida bilimlar orttirib 
borgan.Biz ibtidoiy odamlar bilimlarining darajasi haqida faqat etnografik ma’lumotlar 
asosidagina fikr yurita olamiz. O’z joyini bilgan, qabila va hatto qo’shni qabila 
territoriyasining relef kartalarini qumga, yog’ochga, po’stloqqa, teriga chiza olgan 
ibtidoiy odamlarning geografik bilimlari yaxshi ayondir; ba’zida sayohatchilar shu 
kartalardan foydalanishgan.
Ovchilik hayvonlarning qo’lga o’rgatilishi, eyiladigan o’simliklarni, mevalarni 
yig’ib-yig’ib olish botanika va zoologik sohasidagi boshlang’ich bilimlardan darak 
beradi; odamlar shu o’simlik va mevalarning ta’m-maza sifatlari va davolash xossalarini 
bilib olishni juda barvaqt o’rganishgan. O’simliklarga xos davolash xususiyatlarining 
kashf etilishidan ibtidoiy meditsinada poroshok (kukun)lar, zaharlar, malham va 
boshqalar tayyorlash uchun foydalanilgan. Mezolit davridan e’tiboran shikastlangan 
qo’l va oyoqlarni xirurgiya yo’li bilan kesib tashlash (amputatsiya qilish) usuli 
qo’llanila boshlangan. Davolashning jismoniy vositalari: massaj, silash, uqalash, qon 
olish, sovuq va issiq kompress qo’llanilgan. Faqat o’simlik dorilardangina emas, balki 
hayvonot maxsulotlaridan tayyorlanadigan va mineral dori-darmondan ham 
foydalanilgan.
Oddiy meditsinada faqat tajribaga asoslangan. Ibtidoiy odamlar kasalliklarning 
sabablarini, kishi organizmining tuzilishi va faoliyatini bilishmagan. Davolash 
sehrgarlik bilan chirmashib ketgan.Ibtidoiy odamlarda sanash eng boshlang’ich holatda 
bo’lgan.Odatda uchgacha ba’zan beshgacha sanashgan. 2+2+1=5 Ko’pgina xalqlarda 
bosh raqami "qo’l"ni bildiradi (ruscha "pyat" nomi "zanyaste") so’zi bilan hamohang, 
rimcha V qo’l panjarasining soddalashtirilgan tasvirini eslatadi.
Yozuvning eng dastlabki shakli urug’chilik tuzumining oxirida paydo bo’lgan. U 
piktografiya (latincha pictus - "roami solingan", grekcha grappo -"yozaman") deb 
atalgan va teriga, po’tsloqqa, yog’ochga, suyakka va toshga solingan shartli rasmlardan 
iborat bo’lgan. Piktografiya SHimoliy Amerika indeetslarida ayniqsa keng tarqalgan. 


Keyinchalik mana shu yozuv turidan ieroglif yozuvi paydo bo’lib, rivojlana 
borgan. Piktografiya ilgari tovush signallari va tovushsiz signallar tili mavjud bo’lgan. 
Do’mbira zarbalari tovush signallariga taalluqlidir. Tugunli bog’ichlar, daraxtlar va 
boshqa buyumlardagi alomatlar, daraxtlarning ma’lum bir tomonga egilgan novdalari 
tovushsiz signallar hisoblangan.
Ixtiro etilgan yozuv bilan buyum-narsalar, ish-xarakatlar, voqealar to’g’risida 
gapirilgan. Yozuv fikrlarni ifodalash va og’zaki til vositasi bo’lgan. YOzuv tillari 
yozuvsiz tillarga qaraganda kamroqdir. 
Ibtidoiy jamiyat dunyodagi barcha xalqlar uchun umumiy bo’lgan tarixiy 
rivojlanish protsesslarini qamrab oladi.Yuz minglarcha yillar davomida odamlar gala-
gala bo’lib, ya’ni umumiy birgalikda yashaganlar, bunday hayotda sotsial munosabatlar 
borgan sayin mustahkamlana borgan.Gala, garchi hayvonot olami bilan hali tamomila 
aloqani uzmagan bo’lsa ham, insoniyat jamiyati tashkilotining birinchi formasi bo’lgan. 
Bu - odamlar kollektivi bo’lib, unda sotsial aloqalar etakchi rol o’ynagan.
Odamlar tabiat kuchlari bilan shiddatli kurashda taraqqiyot yulidan asta-sekin 
siljib borishgan. Ibtidoiy odamlar mehnat uchun kerakli tosh va suyak qurollarni tobora 
takomillashtirib, atrofdagi muhitni qadam-baqadam buysundirganlar, ayni zamonda 
ularning o’z tabiati ham o’zgara borgan. Qariyb 40 ming yil ilgari insoniyat jamiyatida 
katta sifat o’zgarishi yuz bergan: hozirgi zamon jismoniy tipidagi odam paydo bo’lgan, 
odamlarning hayvonot dunyosidan ajralib chiqish protsessida tugallangan, uch asosiy 
irq tarkib topgan, san’at va din vujudga kelgan.
Gala negizidan urug’ jamoasi tashkil topgan. Jinsiy munosabatlar o’zgarishlarga 
uchragan: promesskuntetdan gruppaviy nikohning turli formalariga o’ta borilgan
so’ngra bu formalar juft oilaga o’rin bo’shatib bergan. ishlab chiqaruvchi xo’jalik bu 
formalari va urug’chilik demokratiyasining rivojlanishi urug’chilik tuzumining ravnaq 
topgan davriga oiddir.
Mehnat uchun kerakli qurollarning keng yoyilishi bilan, plugdan foydalanib 
qilinadigan dehqonchilikning, chorvachilik va ixtisoslashtirilgan maxsuldor baliq 
ovlashning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tobora 
o’sa borishi natijasida matriarxat o’rnini patriarxat egallagan. Patriarxatning tashkil 


topishi urug’chilik tuzumi buzilishining boshlanishi bo’lgan.O’sha zamonga kelib 
xususiy mulk, dastlab faqat boshqa qabilalarga mansub bo’lgan odamlarni qul qilish 
(harbiy asirlar) shaklidagi, keyinroq esa boshqa qabiladosh odamlarni qul qilish (qarzini 
to’lay olmaydigan qarzdorlar) shaklidagi qullik paydo bo’lgan. 
Patriarxat qaror topshi bilan patriarxal oila yuzaga kelgan (qullar uning tarkibiy 
bir qismi bo’lgan), urug’chilik tuzumininng emirilish davrida bu oila o’rnini monogam 
oila egallagan.Yakka xo’jalik rivojlanishi bilan territorial aloqalari qon-qarindoshlik 
aloqalarini siqib chiqargan qo’shni jamoa vujudga keladi, yangi tashkil topgan ijtimoiy 
sinflarning to’qnashuvi natijasdi sifatida davlat vujudga kelgan. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari notekis 
rivojlanganligi sababli, Er yuzining har xil oblastlarida turli vaqtda, ibtidoiy jamiyat 
o’rnini sinfiy jamiyat oladi jismoniy tipidagi odam paydo bo’lgan, odamlarning 
hayvonot dunyosidan ajralib chiqish protsessida tugallangan, uch asosiy irq tarkib 
topgan, san’at va din vujudga kelgan. Gala negizidan urug’ jamoasi tashkil topgan. 
Jinsiy munosabatlar o’zgarishlarga uchragan: promesskuntetdan gruppaviy nikohning 
turli formalariga o’ta borilgan, so’ngra bu formalar juft oilaga o’rin bo’shatib bergan. 
Ishlab chiqaruvchi xo’jalik bu formalari va urug’chilik demokratiyasining rivojlanishi 
urug’chilik tuzumining ravnaq topgan davriga oiddir.

Yüklə 356,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin