Diabetik ko’maning klinik manzarasi. Dastlab bemorlar chanqash, umumiy darmonsizlik, uyquvchanlik, lohaslik, ishtaxa yo’qligi, ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi, quloqlarning shang’illashidan noliydilar. Ular bo’shashgan apatek bo’lib qoladilar. Til quruq bo’ladi. Nafasdan chiqadigan havodan keskin atseton hidi keladi. Siydikdagi keton tanachalariga qo’yilgan reaksiya musbat bo’lib chiqadi. Mana shu holat-prekoma deb ataladi. Zarur davo choralari ko’rilmaydigan bo’lsa prekoma holati diabetik ko’maga o’tib ketishi mumkin. (Odatda bir necha kundan kegin). Bemor asta sekin o’zidan ketib qoladi, nafas izdan chiqadi. Arterial bosim pasaygan, puls tezlashgan, yaxshi to’lishmaydigan bo’ladi. Mushaklar to’nusi pasaygan, ko’z soqqalari yumshoq bo’lib qoladi. Tana harorati subnormal.

Diabet bilan og’rigan bemorga ko’p miqdorda insulin yuborilgan bo’lsa gipoglikemik ko’ma boshlanishi mumkin.
Gipoglikemik koma klinik manzarasi. Insulin yuborilgandan so’ng odatda 1-2 soat o’tgach yuz beradigan keskin darmonsizlik ko’p terlash, oyoq qo’llar titrashi, isitma, bosh aylanishi, bosh og’rishi, yurakning tez-tez urishi, ochlik his qilish, rang o’chishi-gipoglikemiyaning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.
Qandli diabet davosi. Qandli diabet organizmdainsulin yetishmasligidan kelib chiqishi sababli, xastalikni davolash uchun organizmga insulin yuboriladi. Parhez kasallikning har qanday turlarida ham buyuriladi. Dard yengil o’tib ketayotganda bemorlar faqat parxez bilan davolanadilar. Kasallik o’rtacha og’ir yoki og’ir o’tayotganda insulin va qand miqdorini kamaytiradigan preparatlar buyuriladi. Uglevodlarni istemol qilish cheklanadi, yengil hazm bo’ladigan uglevodlar batamom istesno qilinadi. Yetarli miqdorda oqsillar bilan yog’lar tavsiya etiladi (9 parxez dastirxon). Sutkalik ratsionda uglevodlar tahminan 50 %, oqsillar 20% va yog’lar 30%ni tashkil etadi. Agarda bemor semiz bo’lsa, kalloriyalar miqdori kamaytiriladi. Parxez eng muhim davo tadbirlaridan biri bo’lganligi sababli, uni nazorat qilib borish zarur. Parxez buzilsa, diabetik koma yoki aksincha, gipoglikemik koma boshlaniishi mumkin. Diabet bilan og’rigan bemorlarni davolashda hammadam ko’p naf beradigan modda-insulin hisoblanadi preparat miqdori giperglikemiya darajasiga, shuningdek sutkalik siydikdagi miqdorga qarab belgilanadi. Bemorga oz miqdordagi(sutkasiga 30 birlik miqdordan ko’ra kamroq) insulin kifoya qiladigan bo’lsa, preparak uglevodlarga boy bo’lgan ovqatni yeyishdan oldin kuniga bir marotaba yuboriladi. Bemor insulin yuborilgandan so’ng 2 soat o’tgach ovqat yeyishi kerak aks holda gipoglikemiya boshlanishi mumkin. Insulin preparatini aniq dozalashga imkon beradigan mahsus shpris yordamida teri ostiga yuboriladi. Insulin yuborishdan oldin 1 ml eritmada necha birlik preparat borligini bilib olish zarur. Uni 6 soat o’tmasdan turib 2 marotaba yuborish mumkin emas. Ko’p ineksiyalar qilishning oldini olish maqsadida, hozirgi vaqtda ineksiyalar uchun kristalli insulin bilan bir qatorda ta’siri uzaytirilgan preparatlar: protamin-rux insulin, insulin rux suspenziyasidan foydalanib kelinmoqda, chunki bu preparatlar qulay afzalliklarga ega. Bunday preparatlar bir muncha uzoq vaqt 12-24 soat mobaynida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qandli diabetning davo qilishda insulin bilan birga tabletka ko’rinishidagi preparatlar:sulfanil-mochevina unumlari (butamid 1,0 g dan kunida ikki maxal, bukarbon 0,5-1 g dan kuniga uch maxal, manilin 5 mg dan kuniga ikki maxal), adebit (0,1 g dan kuniga ikki maxal) qo’llaniladi.