Mavzu: Ijtimoiy sohalar moliyasi



Yüklə 427,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix06.05.2023
ölçüsü427,4 Kb.
#108881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlar ijtimoiy siyosati.

Ishimoiy siyosat, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mexnatdagi faolligani va 
tadbirkorligini ustirish uchun shart-sharoitlar yaratishga karatilishi darkor. 
Uchinchidan. Bu - odamlarning kuch va kobiliyatlari tula-tukis faollashuvini 
ta’minlashga kodir bulgan kuchli mexanizmni vujudga keltirish. Bu mexanizmni birinchi 
navbatda, xar bir kishining iqtysodiy erkinligi, uning uzi va oilasining baxt-saodati uchun 
iktisodiy javobgarligi bilan uygunlashadigan shart-sharoitlarni yaratsh xisobiga shaklantirish 
lozim. Uz kobiliyat va mexnatiga tayanib ish tutish farovonlikning birdan-bir va eng 
barkaror manbai bulib koladigan munosabatni vujudga keltirish. Buning uchun xususiy mulk 
institutining 
Bozor sharoitlariga moslashishi xozirgi kunning uzidayok axoli jami daromadining ancha 
kismi tadbirkorlik faoliyati xamda mulkdan kelgan daromad xisobiga vujudga kelishini 
ta’minlamokda. 
Turtinchidan. Bu - axolining daromadlarida va turmush darajasida asossiz katta farklarga 
yuul kuymaslik. Jamiyatda ijtimoiy barkarorliknn taminlaydigan katlamlarni shakllantirish. 
Axolini ijtimoiy ximoyalash borasida kurilgan chora-tadbirlar axolining daromadlar
darajasi buyicha keskin tabakalanishi mumkinligining oldini oldi. Bugungi kunda 
axolining eng yaxshi ta’minlangan guruxi bilan eng kam ta’minlangan kismi olayotgan daromadlar 
urtasidagi fark yukori xisoblanuvchi 8 barobardan 7,5 barobarga tushdi. Bu farkning 8 barobardan 
yukori bulishi jamiyat ijtimoiy jixatdan keskii tabakalanganligidan darak beradi. 
Beshinchidan. Bu - kashshoklikka karshi kurash. Axoli eng muxtoj katlamining davlat 
tomonidan kullab-kuvvatlanishini kuchaytirish. 


5. Korxonalar ijtimoiy fondlari
Makroiqtisodiy doiraviy aylanishning butun tizimi moliyaviy munosabatlar tizimida yangicha 
ma’no kasb etadi. Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi uchun ushbu moliyaviy munosabatlar 
erdamida shakllanadigan va foydalaniladigan o’z pul fondlari, shuningdek moliyaviy munosabatlarni 
va moliyaviy oqimlarni boshqarishni amalga oshiruvchi organlar muvofiq keladi. Shu bois 
moliyaviy tizim nafaqat moliyaviy munosabatlar majmuinigina emas, balki pul fondlari va boshqaruv 
organlarini ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy tizimning eng keng tarqalgan ta’rifi — moliyaviy 
munosabatlar sohalari va bo’g’inlari, ular bilan bog’liq pul fondlari hamda moliyani boshqarish 
organlari majmui ekanligidir. Biroq bunday ta’rif turli xil shakllarda namoyon bo’lish 
imkoniyatlarini qoldiradi. 
Moliya va moliyaviy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi masalalar boshqa tadqiqot sohasi 
bo’lgani uchun ushbu tadqiqot ishi doirasida ularni atroflicha maxsus tadqiq etish imkoniyati yo’q. 
Ayni mahalda moliya faoliyatining ijtimoiy komponentlari bilan bog’liq aprim jihatlarni ko’rib 
chiqish maqsadga muvofikdir, chunki ko’p asarlarda bu muammo masalaning qo’yilishi darajasida 
qaraladi xolos 
Moliyaviy munosabatlar vujudga kelishining dastlabki sohasi yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning 
birlamchi taqsimlanish jarayoni bo’lib, u o’zini tashkil qiluvchi elsmentlariga bo’linadi va pul 
daromadlari va jamg’armalarning turli shakllarining vujudga kelishi sodir bo’ladi. YaMMning 
xo’jalik sub’ektlari o’rtasida keyingi qayta taqsimlanishi va undan maqsadli foydalanishning 
aniqlashtirilishi endi moliya negizida amalga oshiriladi. 
YaMMning molmya yordamida taqsnmlanishi va qayta taqsimlanishi moliyaviy resurslarning 
o’ziga xos shaklini kasb etuvchn pul mablag’larining harakati orqali amalga oshiriladi. Ular xo’jalik 
yuritish sub’ektlari, uy xo’jaliklari va davlatda pul daromadlari, ajratmatari va to’lovlarning xilma-xil 
turlari hisobidan vujudga keladi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, ishlovchilarni moddiy 
rag’batlantirish, jamiyatning ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga ishlatiladi, 
Ijtimoiy fondlar milliy mahsulotning bir qism tovar va xizmatlar bo’lib, ularning iste’mol 
qilinishi qatiy maqsadli hisoblanadi. Ushbu fondlarning yana bir o’ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, bu fondlar resht sektorda yaratilgani holda qayta taqsimlash jarayonida qatnashadilar va pul-
qiymat shaklida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy fondlar moliya munosabatlarining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, moliyaviy munosabatlarning alohida guruhlari bo’lib, qayta 
taqsimlash jarayonida bozor ekvivalenti tamoyilidan foydalanmasdan adolat va maqsadga 
muvofiqlikning ijtimoiy mezonlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, ijtimoiy fondlarning o’ziga xos 
xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: daromad manbalarining aniq belgilaiganligi; 
mablag’larning qatiy maqsadli ishlatilishi; mablag’larning shakllanish va nshlatilish 
muddatlarlnlng mos kelmaslign; mustaqil moliya-kredit tashkiloti (o’z hisob raqamiga ega); 
byudjetdan tashqari. 
Shuning uchun ijtimoiy fondlar, birinchi navbatda, jamiyat moliyaviy resurslarining tarkibiy 
qmsmi hisoblanadi. 
Moliyaviy resurslar moliyaviy munosabatlarni eltuvchisi sifatlda xizmat qiladi. bu hol moliyani, 
milli mahsulotni taqsimlashda ishtirok etadmgan toifalarni umumiy majmuldan ajratish imkonini 
beradi. Garchi, moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanishda yordam beradigan 
shakl va usullari jamiyatning ijtimoiy tabiati o’zgarishiga ko’ra almashib tursada, bu hodisa 
rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy modeliga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradi. 
Mollyaviy resurslardan asosan maxsus maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari orqali 
foydalaniladi, vaholanki, ulardan foydalanishdan tashqari foydalanish shakllari ham bor. Fond 
shakli afzalliklariga har qanday extiyojli qondirishni iqtisodiy imkoniyatlar bilan bevosita 
bog’lash, resurslarni ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy yo’nalishlarida jamlashni 
ta’minlash, jamiyat, jamsa va shaxsiy manfaatlarni bir-biri bilan to’laroq muvofiqlashtirish 
imkoniyati kiradi. 
Moliyaning iqtisodiy toifa sifatidagi o’ziga xosligini belgilovchi sifat belgilari to’g’risidagi 
masala munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Bahslar asosan, moliya ta’rifiga uning 
imperativlik (talab) belgisini kiritish kerakmi yoki yo’qmi, degan masala ustida boradi. Ayni 


mahalda, «imperativlik» atamasi olimlar tomonldan turlicha talqin etlladi ba’zilar unda davlatning 
moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish bo’yicha faol rolini ko’rsa, boshqalar umuman moliyaning 
vujudga kelishi va amal qilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni ko’radi. 
Agar imperativlik degaida, davlatnipg moliyavny munosabatlarni tashkil qilish, ularning 
namoyon bo’lish va foydalanish shakllarshsh ishlab chiqishga yo’naltirilgan amaliy faoliyati 
tushunilsa, atamaning bunday ishlatilishi e’tiroz tug’dirmaydi, biroq moliya mohiyati tavsifiga hech 
narsa qo’shimcha qilmaydi. 
Biroq, qator hollarda imperativlik moliyaviy munosabatlarning mohiyati bilan bog’lmq belgi 
sifatida talqin qnlinadi. Moliya toifasini tavsiflashda ushbu belgisiz lsh ko’rib bo’lmasligl mumkin, 
yangi moliyaviy taqsimot munosabatlarlni aynan davlat yaratlshi, moliyaning vujudga kellshi va 
rivojlanishining bevosita sababi davlat va uning organlarining faoliyati ekanligi takidlanadi. 
Bizning fikrimizcha, bunday ta’rif juda ham to’g’ri bo’lmasa kerak, chunki davlat 
faollyatlning o’zi emas, balkl ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv ehtlyojlari moliya mavjudligini 
taqozo etadi. Bundan tashqari, nazarimizda, bozor iqtisodiyotining ijtimoy yo’naltirilganligni 
rivojlantirish asosan moliyaviy munosabatlar va uning tarkibi bilan ifodalangan yo’nalish 
mexanizmi to’g’risidagi masalani ob’ektiv qilib qo’ydi. Bunday ijtimoiy yo’naltirilganlik qanchalik 
rivojlansa, u shunchalik nodavlat mollyaviy tashkilotlari vositasida ifodalanadi, moliyaning 
imperativ xususiyati shunchalik kam saqlanib qoladi. Pirovard natijada, moliya tarixan qanday 
vujudga kelganligiga qaraganda ularning istiqboldagi ijtnmoiy rivojlanish uchun qanday salohiyatni 
yuzaga keltirayotgani muximdir. 
Shunday qilib, moliyaviy munosabatlarning sifat jihatidan jiddiy o’zgarishi jarayonida unlng 
imperativlik rolining pasayishi ijtimoiy rivojlanishnng yangi shakllari tufayli yuz berishini 
kuzatishimiz mumkin. 
Moliyaning vazifalari to’g’risidagi masala ham munozarali masalalardandir. Ko’p iqgisodchilar 
mollya ikki — taqsimlash va nazorat qilish vazifalarini bajaradi, deb hisoblashadi. Biroq, iqgisodiy 
adabiyotlarda moliyaga, bu ikki vazifadan tashqari, boshqa: ishlab chiqarish (turli mualliflar uni 
turlicha atashadi), ragbatlantirish, tartibga solish va hokazo vazifalar xosligi to’grisidagi fikrlarni ham 
uchratish mumkin. 
Ayrim mualliflar moliyaning taqsimlash vazifasini tan olmaydilar, chunki u uning o’ziga xosligini 
ifodalamaydi va YaMMni taqsimlash jarayoiini turli iqtisodiy tofalar amalga oshiradi, deb 
hisoblaydilar. Ammo taqsimlash vazifasi tarafdorlari uni moliyaning o’ziga xos ijtimoiy mo’ljallanishi 
bilan bog’laydilar va YaMMni taqsimlash bosqichida ish olib borayotgan boshqa bironta ham toifa 
moliyachalik «taqsimlovchi» emasligini ta’kidlaydilar. 
Bizning fikrimizcha, har holda moliyaviy munosabatlar tabiatan taqsimlovchi ekanligini, ayni 
mahalda milliy mahsulotni taqsimlash makroiqtisodiy doiraviy aylanish sub’ektlari bo’yicha amalga 
oshirilishini unutmaslik lozim. Sub’ektlar maqsadli pul fondlarini ularning ishlab chiqarishda 
o’ynayotgan roliga: uning bevosita ishtirokchilari ekanligiga, sug’urta himoyasnni tashkil qilishiga 
yoki davlat boshqaruvi amalga oshirishiga» ko’ra shakllantiradilar. Ayni sub’sktning ijtimoiy ishlab 
chiqarishdagi roli moliyaviy munosabatlarni tasniflashning birinchi ob’ektiv mezoni sifatida 
namoyon bo’lmoqtsa. Unga muvofiq moliyaviy munosabatlar umumiy majmuida odatda uch yirik soha: 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar moliyasi (hozir ko’proq korporativ moliya deyiladi); 
sug’urta; davlat moliyasi ajratib ko’rsatiladi. 
Moliyaviy munosabatlar sohasi va bo’g’inlari yagona moliyaviy muhitni hosil qilgani holda, 
o’zaro bog’langandir. Moliyaviy tizimning har bir bo’g’ini, o’z navbatida, o’zida mavjud moliyaviy 
o’zaro bog’liqliklarning ichki tuzilmasiga muvofiq holda, kichik bo’g’inlarga bo’linadi. 
Moliyaviy tizimning har bir sohasi ichida alohida bo’g’inlar ajratib ko’rsatiladi. Davlat moliyasi 
tarkibida, odatda, uch bo’g’in ajratib ko’rsatiladi. Bular: 
• Byudjet tizimi; 
• Byudjetdan tashqari fondlar; 
• Davlat kreditlari. 
Byudjet tizimi — davlat moliyasining eng yirik bo’g’ini bo’lmb, unda soliq tushumlarining asosiy 
qismi jamlanadi va bu tizim orqali davlat siyosatishshg eng muhpm yo’nalishlarini moliya bilan 


ta’miilash (ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlar, hokimiyatning davlat organlarini ta’minlash, mudofaa 
bilan bog’liq xarajatlar) amalga oshiriladi. 
Ushbu tuzilmaga kiruvchi byudjetdap tashqari fondlar ham davlat hokimiyatining uch darajasiga 
bo’linadi. Ko’p mamlakatlar amaliyotida ularning asosiy vazifasi ijtimoiy vazifalarni (mehnatga 
yaroqsizlarni ta’minlash, ishsizlarga yordam ko’rsatish, hayotiy muhim xarajatlar yo’nalishlarini 
moliya bilan ta’minlash va boshqalar) hal etishdan iborat. Xo’jalik rivojlanishmning ko’plab 
modellarida ular pensiya fondlari, davlat ijtimoiy sug’urta fondlari, majburiy meditsina ta’minoti 
fondlari, aholi bandligi fondlari ko’rinishida ifodalanadi.. 
Byudjetdan tashqari fondlarning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Birinchidan, ijtimoiy va boshqa xarajatlarni moliya bilan ta’minlashning qoldiq tamoyillarini 
bartaraf etish imkonini beradi. 
Ikkinchidan, davlat byudjetini engillashtirish imkonini beradi, uning xarajatlari bir qismini o’z 
zimmasiga oladi va ayni mahalda byudjetni mablag’ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada 
hat qiladi. 
Uchinchidan, ular mablag’dan qatiyan maqsadli foydalanib, davlat safarbar qilayotgan resurslarni 
ko’paytirish imkonini yaratadi. Albatta, buni davlat byudjetiga soliqlar miqtsorini oshirish hisobiga 
hal qilish mumkin, biroq byudjetdan tashqari fondlar uchun yig’imlar stavkasini jamiyatning aniq 
manfaatlari bilan bog’lab oshirilsa, aholi tomonidan to’g’ri qabul qilinadi. 

Yüklə 427,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin