Tayanch manfaat shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta’sirlashuv jarayonida shakllangan va turli shaxslararo, guruhlararo munsabatlarda ma’lum bir faoliyatda yoki ijtimoiy munosabatlarda shakllanadi va sotsial dinamik xususiyatga ega bo’ladi. Tayanch manfaat shaxsda o’zining imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda, unda stereotiplarning shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi ya’ni ijtimoiy shakllanshi va rivojlanishi bu juda murakkab, ko’p qirrali jarayondir, u ob’ektiv muhit
ta’siri ostida ham, maxsus tashkil etilgan va ongli yo’naltirilgan tarbiya ishlari ta’siri ostida ham yuzaga keladi.
1
sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar
2
sotsial yo’nalishalr va pozitsiyalar
3
hulq-atvorni strategik tashkil etish
4
sotsial aktivlik
Insonning ijtimoiylashuv va tarbiya asosidagi shaxsga xos xususiyatlarining shakllanish jarayonini qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar bilan asoslash mumkin:
Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir.
Shaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar, maqsadlar, ishonch-e’tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi.
Ular shaxsning afzalroq va majburiy fe’l- atvorini belgilaydi.
Fe’l-atvorni ichki strategik tashkil etishtizimini ijtimoiylashuvining asoslovchi mexanizmlarini harakatga keltirish
«vositasi» sifatida qarash mumkin. U bir tomondan shaxsning ehtiyojlari qiziqishlari orientatsiyalari va pozitsiyalari va ikkinchi tomonda uning aktivligi
o’rtasida «ko’prik» sifatida namoyon bo’ladi.
Ijtimoiylashuvning shaxsgaxos tizimlari konkret – tarixiy xarakterga ega va shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy munosabatlar tipi va xarakteriga bog’liq.