Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish



Yüklə 109 Kb.
səhifə1/9
tarix22.06.2023
ölçüsü109 Kb.
#134118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9



MAVZU: ILK O’RTA ASRLARDA XITOY.


Reja:
Kirish.
1. III asrda Xitoy jamiyati. Ko'chmanchilar hujumi.
2. Janubiy va Shimoliy davlatlar.
3. Suy va Tan ilk feodal imperiyalarining tashkil topishi.
4. Shaharlar, hunarmandchilik va savdo.
6. Ijtimoiy va davlat tuzumi.
7. Tashqi siyosat va munosabatlar.
8. Din va mafkura.
Xulosa.

Kirish.
Bizga ma’lumki har bir davlatni, har bir xalqni o’ziga yarasha tarixi, madaniyati, mentaliteti bor. Biz tarixni o’rganar ekanmiz undan o’zimizga tegishli xulosa va saboqlar chiqarishimiz darkor.
El-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida ma’shum xatarlarni bir necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqealikni teran taxlil qilib, mavjud taxdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga davat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan.1
Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy alohida o’ringa egadir. Biz yosh avlad bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o’zimizga kerakligini olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. U qilgan kamchiliklar va nuqsonlarni takrorlamaslik darkor.
Bizga malumki Xitoy qadim zamonlardan biyon Osiyo qitasidagi eng yirik va eng qadimgi madaniyat va sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lib kelgan. Insoniyat tarixidagi dastlabki sivilizatsiyalardan biri aynan Xitoyda Xuanxe va Yanszi daryolari oralig’ida vujudga kelganligi yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo’ladi desak mubolag’a bo’maydi.
III ASRDA XITOY JAMIYATI
Xitoyda feodal munosabatlar Xan quldorlik imperiyasi va shimoldagi qabilalar ibtidoiy jamoa tuzumi zaiflashuvi asosida tarkib topa boshladi. (Xitoy tarixchilari – eramizdan avval XI asrgacha davrdan).
Xan davlati buyuk Xitoy devoridan Janubiy Xitoy dengizigacha bo'lgan teritoriyada joylashgan edi. 50 mln dan ortiq aholisi bo'lgan. Qadimiy poytaxtlari Chan'an (Sian – xozirgi nomi), Loyan Xalq nomi Xanlar Ipakchilik sopol buyumlar yasash, qurol yasash, qog'oz ishlab chiqarish rivojlangan.
184 yilgi «Sariq peshonabog'lilar» qo'zg'oloni mamlakatni xarob qilgan, zayiflashuv boshlangan. O'zaro urushlar ham davlatni kemirgan. 189 yili poytaxt Loyan qo'ldan ketgan. Ichki urushlar sobiq imperiyani 3 lashkarboshi tomonidan bo'lib olinishi bilan yakunlangan. Uch podsholik davri boshlangan.
Mamlakat shimoli va poytaxt rayonlarida qo'zg'olon rahbarlaridan biri Sao Sao hukmronlik qila boshladi. Janubiy Sharqda xozirgi Nankin rayonida poytaxti bo'lgan. U davlati, g'arbda Shu davlati paydo bo'ldi. 265 yili Vey lashkarboshisi Sima Yan Sao Sao avlodini tugatib Szin sulolasiga asos soldi. Shimoliklar dastlab Shu, 280 yili U davlatini egalladilar2. Imperator Sima Yan hukmronligi o'rnatildi.
100 yil mobaynida soliq to'lovchilar soni 56 mln dan 17 mln ga tushib qoldi. Irigatsiya sistemasi buzildi. 280 yil Sima Yan agrar sistema to'g'risida farmon chiqardi. Bunga binoan xazina foydasiga ma'lum shartlarni bajargan mehnatga layoqatli har bir kishi yer olishga xuquqli edi. 16-60 yoshli erkak va ayol unga to'la huquqli bo'lgan. 13-15 va 61-65 yoshlilar belgilangan yerlarning yarmini olishga xaqqi bo'lgan. Bolalar va qariyalar yer ololmas va soliq to'lamas edilar. Yer olganlar hosilning 2/5 qismi miqdorida soliq to'lardilar. Har bir hovlidan, agar boshliq erkak bo'lsa uch dona shoyi material va 3 o'lchov birligida ipak olinardi. Agar oila boshlig'i ayol, o'smir yoki qariya bo'lsa uning yarmi to'lanardi. Davlat ishlarida yiliga 30 kun ishlab berilgan. Uzoq va chegara rayonlarida u kamaytirilgan. Bu sistema keyingi asrlardagi agrar tadbirlarning ham asosi bo'lib xizmat qilgan.
Davlat xizmatidagi boyroq odamlarni jalb qilish maqsadida egallagan lavozimi va darajasiga qarab yer berilgan.
Oliy darajadagi chinovnik mulkidagi davlat solig'idan ozod bo'lganlar soni 50 hovlidan oshmasligi shart edi. Reforma yuqori tabaqa manfaatlariga zarar keltirmagan. Yerga davlat va xususiy egalik birlashib ketgan, shu sababli o'zaro raqobat zaif bo'lgan.
289 yil Sima Yan o'limidan so'ng taxt uchun kurash boshlandi. Unga ko'chmanchi Syanbi, uxuan va xunnlar aralashgan.
***

Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin