Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish


JANUBIY VA SHIMOLIY DAVLATLAR



Yüklə 109 Kb.
səhifə3/9
tarix22.06.2023
ölçüsü109 Kb.
#134118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JANUBIY VA SHIMOLIY DAVLATLAR

Shimoliy Xitoyga ko'chmanchilarning bostirib kirishi an’anaviy tarixshunoslikda Janubiy va Shimoliy sulolar davri deb nomlangan bosqichni boshlab berdi. Qadimgi Xitoyda III-VI asrlardagi kabi shimol va janub o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lmagan edi. Shimoldan millonlab aholi janubga qochgan.


317 yili Szyanda (Nankin rayoniga) to'plangan saroy ahli asima xonadoni vakillaridan birini imperator deb e'lon qildi. Rasmiy yilnomachilar 317-419 yillarni Sharqiy Szin sulolasi hukmronligi deb xisoblaydilar. Imperator hokimiyati zaif, yirik siyosiy mansablar Shimoliy aristokratiya qo'lida edi4.
IV asr oxiri V asr boshlarida «50 dou gruch» sektasi boshchiligidagi dehqonlar qo'zg'oloni, hukmron sinf o'rtasidagi ziddiyat Sharqiy Szin hokimiyatining qulashiga olib keldi. Shundan so'ng 4 sulola almashdi. Imperator hokimiyati poytaxt rayoni tashqarisida tan olinmasdi.
Alohida lashkarboshi tomonidan Shimolga qilingan yurishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. IV asrdan janubda «varvar»lar hukmronlik qilib xanlar ularga tobe bo'lganlar.
Tobi hukmronligi davrida Shimoliy Vey davlati ham regres boshlangan. Yer «kuchli xonadonlar» qo'liga o'ta boshlagan. Xunarmandchilik deyarli o'lgan. 485 yili yirik yer egaligini cheklashga qaratilgan imperator farmoni e'lon qilingan. Tarixshunoslikda u chek yer sistemasi deb nom olgan. U III asrdagi Szin` davlati o'tkazgan agrar islohotlarni davomi edi.
Yerga davlat egaligi printsipi g'olib chiqdi. Qonun barcha dehqonlarga feodalga bog'liq bo'lmagan yerga egalik qilish huquqi berildi. 15-17 yoshi erkak va ayollar xaydaladigan yerga egalik qila olardilar: Erkaklar - ko'proq, ayollar-ozroq. Yerdan donli ekinlar yetishtirishga majbur etilgan. Qarilik yoshi mehnatga layoqatsizlik, o'lim tufayligina yer boshqa kishi qo'liga o'tgan.
Sotish va ijaraga berish ta'qiqlangan. Chek yerning ikkinchi qismida kanop, sabzovot yetirishilar va tut daraxti ekilardi. Bu qism amalda merosiy xisoblanar5, uni ba'zi xollarda sotish mumkin edi uy qurilgan xovli ham shunday xarakterda bo'lgan. Chek yer uchun xazinaga don, ipak, kanop matosi hamda xom-ashyosi to'langan. Bundan tashqari chek yer egasi ma'lum muddat davlat foydasiga ishlab bergan6.
Qishloqda detallashtirilgan boshqaruv sistemasi o'rnatilgan. 5 hovli Lin` deb nomlangan jamoaga birlashgan, besh lin o'rtacha jamoa Liga birlashgan, 125 hovli bo'lsa qishloq tashkiloti Danni tashkil etgan. Bu birlashmalar qishloq oqsoqollari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi yer egalari va oqsoqollar mukofot tariqasida soliqlardan ozod etilgan. Hovli (Xu) xisob-kitob asosi bo'lib xizmat qilolmasdi, chunki uning tarkibiga odatda bir necha qarindosh oila kirardi. Farmon bo'yi oilaning uylanmagan a'zosiga chek yerning qulga 1/8 xo'kiz yoki eshakka 1/10 qismi miqdorida yer berilardi. Bu xolat feodallashayotgan yuqori tabaqa manfaatlariga mos edi. (xo'kiz va qo'li bo'lsa, yeri ko'p bo'ladi) natural maosh tariqasida chinovniklarga ham yer ajratilgan.
Tobi zodagonlari, «kuchli xonadon»larning budda monastirlari yerlariida qul va yarim qul (butsyuy-yerga bog'langan) boshqa yerdan kelganlar (Kexu-kelgindi) ishlagan. Bu tadbir ilk feodal markazlashgan imperiya kuchayuviga imkoniyat yaratdi. Boshqaruv sistemasida qadimgi Xitoy shaklidan foydalanildi.
Xitoylashuv jarayoni boshlandi. Vey hukmronligi davrida Xanlarning bilim va tajribalaridan keng foydalandilar. Davlat apparatida Xan chinovniklari asosiy rol` o'ynay boshladi. Tobilar Xitoy etiketi, kiyimi, urf-odatlarini qabul qilib Shomonizmdan voz kechdilar. Buddizmni qabul qildilar. Familiya Xancha bo'ladigan bo'ldi. VI asrda Shimoliy Vey davlatida ellik mingga yaqin moastirlar bor edi. Keyinroq imperiya g'arbiy va sharqiy davlatlarga bo'lindi. VI asr o'rtalarida hokimiyat xanlar qo'liga o'tdi7.

Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin