IJTIMOIY VA DAVLAT TUZUMI
Feodallashuv sharoitida Xitoyda qadimgi despozitsiyalar shakladagi davlat tashkiloti vujudga keldi. Jamiyatning sotsial tabaqalashuvi esa murakkab ierarxiyani tug'dirdi.
Hamma davlat vassali edi (Yevropada “Vassalimning vassali, mening vassalim emas” tamoyili mavjud edi. Har bir tabaqa o'z urf-odatlari etiketi, kiyimi, bezaklari va uyga egadir. Ba'zan eng yuqori aristokratiya tarkibiga xizmatiga qarab aristokrat bo'lmagan ham kiritilardi. Xitoyda mayorat (merosning katta o'g'liga qolishi) xukm surmagan, shu sababli yer tobora parchalanib ketaverdi, u oliy tabaqadagilar o'zaro janjallariga sabab bo'lardi.
Davlat apparatining muhim funksiyalaridan biri 3 bosqichda imtihonlarni tashkil etishi edi. Mahalliy ma'muriyat boshliqlari sinovni boshlab berganlar. Poytaxtdagi imtihonlar imperator saroyida o'tkazilgan. Oqibatda barcha xizmatchilar savodliligi ta'minlangan. Oliy darajadagi olimlik belgisi dastlabki 3 darajadagi mansabni egallash huquqini bergan11.
Imtihon sistemasi chinovniklarning dunyoqarashi va sadoqatini aniqlash imkonini ham bergan. Uning nazariy asosi imperatorga barcha huquqlarni bergan konfutsiylik imperiya boshqaruvi haddan tashqari detallashtirilgan (iyerarxiya, subordinatsiya).
Saroy va Sumo o'g'liga qarshi kichkinagina harakat ham qattiq jazoga duchor bo'lgan. Kodeks davlat etikasi normalarini oila etikasidan ko'chirib olgan. Eng og'ir jinoyat –padarkushlik. Chinovniklar gunoh qilsa kaltak yeyishni xoxlamasa, darajasi pasaytirilgan. Chinovniklar bilan qarindoshlik ba'zi imtiyozlarni bergan.
Dehqonlar xarbiy xizmatga chaqirilgan, o'qitilgan. Har bir viloyat va okrug ma'lum sondagi kishilarni armiyaga bergan. Imperator saroyi va poytaxt gvardiyachilar tomonidan qo'riqlangan.
Chegara qo'shinlari xizmat bilan birga ziroat bilan mashg'ul bo'lgan. Ko'chmanchi otliqlaridan keng foydalanilgan. Ofitserlar grajdan chinovniklardan pastroq darajada bo'lishgan12.
***
Dostları ilə paylaş: |