Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi


Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə15/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash.


Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi.
2.Mtm larda qo’llaniladigan metodlar.
3.”Baliq suyagi “,” O’tkir ko’z “ interfaol metodlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etish lozim.
Bolaga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni innovatsion texnologiyalar orqali “Bolajon” tayanch dasturlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan. Bu zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘proq muloqot va mashqlarga asoslangan o‘yin-mashg‘ulotga aylantirib, tarbiyachilarni yangicha usullardan foydalangan holda ishlashga undaydi.
MTM mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishdan maqsad:
– bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish;
– muammoli vaziyatlarni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish;
– bolalarni faollashtirish;
– ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
– ko‘rgazmali qurollar;
– texnika vositalari;
tarqatma materiallar;
– multimedialar.
MTMlarda mashg‘ulotlar davomida eng keng qo‘llaniladigan usullardan biri mantiqiy fikrlashga undovchi o‘yinlardir.
Mashg‘ulotlarda bunday o‘yinlardan foydalanish:
1. Har bir bolaga individual qobiliyatini namoyon etishga sharoit yaratadi.
2. Mantiqiy o‘yinlar aniqligi, izchilligiga ko‘ra, bola rivojlanishining eng ta’sirchan davriga to‘g‘ri keladi.
3. Mantiqiy o‘yinlar orqali bola atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini anglashga urinadi.
4. Bunday o‘yinlar bolani ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan rivojlantira oladi.
5. Mantiqiy o‘yinlar orqali bolalar o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishish yo’llarini izlab topadi.
6. Mazkur o‘yinlar bolalarni qiyin vaziyatdan qutulish choralarini izlab topishga, fikrlarini bayon etishda bir xillikdan qochishga o‘rgatadi.
Misol keltiramiz:
1. Guruhga 2 ta qutichada sovg‘a olib kelinadi. Birida mevali va manzarali daraxtlar rasmi. Ikkinchisida esa shu daraxtlar bargi. Bolalar har bir daraxtga tegishli barglarini topishlari kerak.
2. Guruhga kasbga oid rasm va predmetlar solingan 2 ta xatjild beriladi. Bolalar qaysi kasb egasiga qanday ish quroli zarurligini aniqlashlari hamda kasblarning hayotdagi o‘rni haqida so‘zlab berishlari lozim.
Bu usul bolalarni mashg‘ulotga ruhiy tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarga hazil savollar berishi, she’rlardan parcha aytishi, qiziqarli o‘yinlar tashkil etishi mumkin. Masalan:
Ko‘tarib kelib to‘rva, echki pishirdi sho‘rva.
Suzib ikki tovoqqa,berdi ikki uloqqa.
Uloqlar to‘yishmadi, onasin qo‘yishmadi,
Taqillatib tovoqni, teshay dedi quloqni.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi. Tarbiyachilarning kasbiy mahorati oshadi, bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o‘z o‘rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun talabi tez o‘zgaruvchan, murakkab va o‘zaro bir-biriga bog‘liq dunyoda o‘z o‘rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalashdir.
Mavzu:Hasharotlar olamiga sayohat
Ta’limiy maqsad: mashg‘ulot davomida interfaol usullarni qo‘llash orqali bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish, tovushli arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatni yaratish, kichik guruhlarda ishlashga o‘rgatish, tabiatga va undagi jonivorlarga mehr uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: bolalar xotira va tafakkurini topishmoqlar orqali rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol shaxsning shakllanishiga ko‘maklashish.
Kerakli materiallar: hasharotlar surati, tabiatning go‘zal manzarasi, maysazor, plastilin, maxsus plastmassa idish, magnit doska, mo‘yqalam, bo‘yoq, oq qog‘oz.
Xona maysazor, daraxt va hasharot (o‘yinchoq)lar bilan bezatiladi.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: – Bolalar, biz qayerga keldik?
Bolalar: – Maysazorga keldik.
Tarbiyachi: – Yaxshilab tinglab, quloq soling. Nimaning ovozini eshityapsiz?
Bolalar: – Hasharotning ovozini.
Tarbiyachi: – Qaysi hasharotning ovozini?
Bolalar : – Chigirtkaning ovozini.
Tarbiyachi: – Chigirtka qanday ovoz chiqaradi va yuradi?
Bolalar: – “Chirq-chirq” deb ovoz chiqaradi, sakrab-sakrab yuradi (bolalar taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: – Yana qanday hasharotning ovozini eshityapsiz?
Bolalar: – Asalari ovozini.
Tarbiyachi: – Asalari qanday ovoz chiqaradi va harakatlanadi?
Bolalar: – Asalari “vizzz” deb ovoz chiqaradi va mana bunday uchadi (bolalar yana taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: – Juda yaxshi. Bolajonlar, biz hasharotlarga taqlid qilish orqali Ch, Z tovushlarining talaffuzini ham bilib oldik.
Hozir biz sizlar bilan qiziqarli o‘yin o‘ynaymiz. Qani, bolalar yarim doira bo‘lib turib olaylik-chi!
Bolalar yarim doira bo‘lib turadilar.
Tarbiyachi: – Qo‘llarimizni balandga qanday ko‘taramiz?
Bolalar: – Daraxtlar kabi.
Tarbiyachi: – Qo‘llarimizni qanday ushlaymiz?
Bolalar: –Tog‘lar kabi.
Tarbiyachi: –Qo‘llarimizni yuqoriga ko‘tarib, qanday tebratamiz?
Bolalar: – Shamol kabi.
Tarbiyachi: –Qo‘llarimizni oldinga uzatib, qanday harakatlantiramiz?
Bolalar: –Yomg‘ir yog’gandek.
Tarbiyachi: – O‘tirgan holda barmoqlarimizni qanday sakratdik?
Bolalar: – Yomg‘ir yerga tushgandek.
Tarbiyachi: – Qo‘llarimizni o‘ng va chap tomonga qanday tebratamiz?
Bolalar: – Suv oqayotgandek.
Tarbiyachi:– Qo‘llarimizni yonga uzatib, qanday tebratamiz?
Bolalar: – Qushlar uchayotgandek.
Tarbiyachi: – Qo‘limizda aylanani qanday chizamiz?
Bolalar: – Quyosh chiqqandek.
Tarbiyachi: – Qo‘limizni yarim bukib, barmoqlarimizni ochib qanday sakraymiz?
Bolalar: – Gullar ochilgandek.
Tarbiyachi: – Bolajonlar, bular qaysi faslda sodir bo‘ladi?
Bolalar: – Bahor faslida.
Tarbiyachi: – To‘g‘ri. Ayting-chi, bahor faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Bolalar: – Bahor faslida tabiat uyg‘onadi. Havo isiy boshlaydi. Qorlar eriydi, ariqlarda suvlar to‘lib oqadi. Maysalar unib chiqadi. Yer yumshaydi. Ko’chatlar ekiladi, daraxtlar gullaydi. Bahorda qaldirg‘och, turnalar uchib keladi. Boychechaklar ochiladi.
Tarbiyachi: – Rahmat, bolajonlar, bahor faslidagi o‘zgarishlarni yaxshi bilib olibsiz. Endi biz sizlar bilan ikki guruhga bo‘linib olamiz. Buning uchun 2 ta bola oldimga kelsin va stol ustidagi hasharot o‘yinchoqlardan tanlab olsin.
Mana, guruhlar ham nomlandi:
1-guruh “Asalari”,
2-guruh “Kapalak”.
Tarbiyachi doskaga HASHAROT so‘zini yozadi.
Tarbiyachi: – HASHAROT so‘zida nechta tovush bor?
“Asalari” guruhi: – 7 ta tovush bor?
Tarbiyachi: – Hasharot so‘zi necha bo‘g‘in?
“Kapalak” guruhi: – 3 ta bo‘g‘in.
Tarbiyachi: – Nechta unli tovush bor?
“Asalari” guruhi: – 3 ta unli tovush bor.
Tarbiyachi: – Nechta undosh tovush bor?
“Kapalak” guruhi: – 4 ta undosh tovush bor.
Guruhlarga hasharotlar haqida 2 tadan topishmoq, 1 tadan maqol aytish vazifasi beriladi.
“Asalari” guruhi:
Ashulasi zuv-zuv, dutorlari g‘uv-g‘uv. (ari)
O‘zi kichik hasharot, g‘ashga tegadi bot-bot. (pashsha)
Chumoli iniga cho‘p tiqma. (maqol)
“Kapalak” guruhi:
Ikki yaproq bir tanda, kezar yozda chamanda. (kapalak)
O‘zi yo‘qdek –tovushi o‘qdek. (chigirtka)
Ari chaqdi deb arazlasa, boli bor. (maqol)
Topishmoqlar javobi xattaxtaga ilib qo‘yiladi.
Tarbiyachi: – Bolajonlar, navbatdagi shartimizda hasharotning ikkinchi qanotini chizishingiz talab etiladi.
Tarbiyachi: – Bolalar, endi plastilindan hasharotlarni yasaysizlar.
“Asalari” guruhi kapalakni, “Kapalak” guruhi esa asalarini yasaydi.
Eslash, fikrlash qobiliyatini o‘stirish hamda mashg’ulotni mustahkamlash uchun test savollari:
“Kapalak” guruhiga:
1. Vertolyot qaysi hasharotning uchishiga o‘xshaydi?
A) kapalak B) ninachi D) ari
2. Qaysi qush bahor elchisi?
A) bulbul B) qaldirg‘och D) musicha
“Asalari” guruhiga:
1. Eng mehnatkash hasharotni toping.
A) pashsha B) qo‘ng‘iz D) chumoli
2. Qaysi qush bahorda o‘lkamizdan uchib ketadi?
A) laylak B) burgut D) qarg‘a
Tarbiyachi: – Navbatdagi shartimi–sardorlar bellashuvi. Hasharotlarning nomlarini arifmetik misollarda yechamiz.
“Kapalak” guruhi sardoriga:
1. Chu + … + … = chumoli
2. … + sha = pashsha
3. Ka + … + lak = kapalak
“Asalari” guruhi sardoriga:
1. Chi + … = chivin
2. … + g‘iz = qo‘ng‘iz
3. … + ari = asalari.
Sardorlar nomi hosil bo‘lgan hasharotlarni xattaxtaga ilib qo‘yadilar. Hakamlar baholarni e’lon qilib, bolalarga sovg‘alar beradilar. Bu mashg‘ulotlar orqali bolaga yo‘naltirilgan ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalar amalga oshiriladi, ya’ni bolalarda bilim, ko‘nikma, malaka hamda do‘stona munosabatlar shakllantiriladi.

Zamonaviy pedagogika fanining asosiy g'oyalaridan biri bu davr tendentsiyalari, o'quvchilarning bilim ehtiyojlari va ota-onalarning umidlari bilan to'liq mos keladigan yangi o'quv ish uslublarini izlash zaruriyati. Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsiya hamma joyda talab qilinadi, shu bilan bir qatorda eksperimentlar va belgilangan ta'lim an'analarini ijodiy idrok etish kursi bilan bir qatorda, "yolg'on yangilik" ning dolzarb muammosi - uslubiy amaliyot va nazariyalarni yaratish, vasat tarkib bilan shaklning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shularni inobatga olgan holda, hatto amaliyotda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilar va iste'dodli menejerlar ham eksperimental pedagogik saytlarning uzluksiz ishlashini va maktabgacha ta'lim muassasalari ishlarida yangiliklarni izchil tatbiq etishni qiyinlashtirmoqdalar.


Maktabgacha ta'lim mutaxassislari ta'lim tizimida innovatsion g'oyalarni yaratish va amalga oshirish zamonaviy bolalar bog'chasini rivojlantirishning zaruriy sharti ekanligiga qo'shiladilar. Davlat muassasalarini moliyalashtirishdagi o'zgarishlar sharoitida, "maktabgacha yoshdagi bolani ortidan pul yuradi", innovatsion tashkiliy echimlarni kun tartibiga kiritish muassasa obro'sini sezilarli darajada oshirishi va kelgusi rivojlanish yo'nalishlarini belgilashi mumkin.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin