2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini
tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan
faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.
3. Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy
ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish.
4. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Ahloq va huquqiy
tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-ahloq, meyorlariga qat’iy amal
qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
5. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari,
milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma’lumot berish.
6. Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident,
madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining
ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z
navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy
zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda
ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi
pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, muassasada
tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim.
Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak,
maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z
tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni
chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur.
Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi
hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».
Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan
yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari,
biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarida,Vatanga mehr-muhabbat,umuminsoniy, milliyqadriyatlarimiz bilan
g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir.
Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik,
xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy
qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib,
haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib,
hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi.Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular
bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar.
Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar
haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli,
xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish,
o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan
g‘ururlanish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish muhim hisoblanadi.
Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va
ular bilan bog‘liq urf-odatlari Masalan, „Navro‘z" bayramida shirinliklar hadya
etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish
(guldek nafis, go‘zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suv mul bo‘lsin,
hosildorlik yuqori bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan.
Bularning barcha shakllar muassasasi tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘uni
shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal,
qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari,
diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy
munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor
kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon
turmushga ishonchni ifodalaydi.
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning
shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,
„Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos
mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi
fazilatlarni tarbiyalaydi.
Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy
tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari,
quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar
negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi.
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan
va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy
g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z
xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi
mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini
ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Bundan tashqari, Uchtepa, Besh-ariq, Buxoro, Navoiy, Xorazm,
Surxondaryo kabi joy nomlari haqidagi rivoyatlar ham maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘ularni shakllantirishda va
o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham
alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik
munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy
qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.
Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga
ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi.
Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning
asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan
hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy
yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot,
vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham
momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan.
Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan
xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat
uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda
yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari
qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan
iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur tuyg‘usi kuylovchi
va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.
Milliy tuyg‘ularni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana
biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir
hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning
asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin
qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik,
ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik,
donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr-
oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi.
Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik
belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining
ko‘rsatkichlaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘ularni
shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu
narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“
o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha
Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar,
o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar,
bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l
keladi.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur,
vatanparvarlik va davlat ramzlari to‘g‘risida tasavvur tushunchalarini aniklashga
doir bir necha metodlardan foydalanildi.
So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari
bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil
kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab,
ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini
o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston
madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona
Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”.
Buyuk siymolar bo‘yicha: Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,
Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi.
Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va
h- k.Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar,
uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga
oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila
tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi
lozim.Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish,
tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini
shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni
tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik,
jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim.
Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va
tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim
o‘rin tutadi.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol
ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni
mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib
yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Ona yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat
dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun
hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq
bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.Bolalar ham bu
bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har bir
bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi -
bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida
g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat tuyg‘usini
tarbiyalashga o‘rgatishdir.
|