Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə1/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv


Mavzu:Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi.
Reja:

  1. Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi

  2. Pedagogik texnologiya iborasiga ta’rif

  3. Innavatsiya va novatsiya

Texnologiya soʼzi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha «texos»- hunar, mahorat va «logos» esa taʼlimot yoki fan degan maʼnoni beradi. Qisqacha «mahorat haqidagi fan» maʼnosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar pedagogik texnologiya– bu faqat axborot texnologiyasi bilan bogʼliq, hamda oʼqitish jarayonida qoʼllanishi zarur boʼlgan TSO, kompьyuter, masofali oʼqish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb oʼylashadi. Bu toʼgʼri emas. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi– bu oʼqituvchi-trener va talaba-oʼquvchilarning begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bogʼliq


«Pedagogik texnologiya» iborasi birinchi marta 1970 yilda yapon olimi T.Sakamote tomonidan kiritilgan. Olimning fikricha- pedagogik texnologiya (oʼqitish texnologiyasi) oʼqitishning maqbulligini taʼminlovchi yoʼl-yoʼriqlar tizimi bilan bogʼliq bilimlar sohasidir. Professor N.F.Talizina pedagogik texnologiyani belgilangan oʼquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat,-deb hisoblaydi. Professor N.Saydahmedovning aytishicha pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin boʼlgan maʼlum pedagogik tizimning loyihasi. Professor M.Ochilovning yozishicha pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida taʼlim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obʼektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning oʼzaro taʼsirini inobatga olib oʼzlashtirish jarayonlarida qoʼllaniladigan metodlar va usullar majmuidir. Bu tushunchaga YuNESKO tomonidan quyidagicha taʼrif berilgan: pedagogik texnologiya- bu taʼlim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning oʼzaro taʼsirini inobatga olib, oʼqitish va bilim oʼzlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish, uni qoʼllashning tizimli (loyihalashtirilgan) metodi (usuli)dir. Pedagogik texnologiya taʼlim-tarbiyadan koʼzlangan maqsadga erishish uchun oʼquv jarayonida qoʼllaniladigan usullar, vositalar majmuidir [13. 8; 15. 3]. Pedagogik texnologiya eskimi, yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga oʼzining yangidan-yangi ijtimoiybuyurtmalarini qoʼyib borganligi tufayli, taʼlim- tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilgʼor metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib boradi.
Pedagogik texnologiyaning yoʼnalishlari koʼp. Hozirgi anʼanaviy taʼlim, bu 17-asrda Ya.А.Komenьskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng koʼp qoʼllanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yoʼnalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yoʼnalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni oʼquvchi shaxsiga yoʼnaltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar; oʼquvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga yoʼnaltirilgan pedagogik texnologiyalar; oʼquv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqish asosidagi pedagogik texnologiyalar; oʼquv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi taʼlim texnologiyalari va boshqalar [6. 3-4].
Taʼlim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham oʼqituvchi, ham talaba-oʼquvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qoʼygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, yaʼni texnologiyaga bogʼliq.
Oʼqituvchi va oʼquvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda oʼqituvchi talaba-oʼquvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompьyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filьm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak boʼlar, bular oʼqituvchi va talaba-oʼquvchilarga bogʼliq.
Shu bilan bir qatorda oʼqitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda oʼqituvchi oʼquv predmetining oʼziga xos tomonini, joy va sharoitni, OʼTV ni, eng asosiysi, oʼquvchi-talabaning imkoniyati va ehtiyojini hambuyurtmalarini qoʼyib borganligi tufayli, taʼlim-tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilgʼor metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib boradi.
Pedagogik texnologiyaning yoʼnalishlari koʼp. Hozirgi anʼanaviy taʼlim, bu 17-asrda Ya.А.Komenьskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng koʼp qoʼllanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yoʼnalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yoʼnalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni oʼquvchi shaxsiga yoʼnaltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar; oʼquvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga yoʼnaltirilgan pedagogik texnologiyalar; oʼquv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqish asosidagi pedagogik texnologiyalar; oʼquv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi taʼlim texnologiyalari va boshqalar [6. 3-4].
Taʼlim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham oʼqituvchi, ham talaba-oʼquvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qoʼygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, yaʼni texnologiyaga bogʼliq.
Oʼqituvchi va oʼquvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda oʼqituvchi talaba-oʼquvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompьyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filьm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak boʼlar, bular oʼqituvchi va talaba-oʼquvchilarga bogʼliq.
Shu bilan bir qatorda oʼqitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda oʼqituvchi oʼquv predmetining oʼziga xos tomonini, joy va sharoitni, OʼTV ni, eng asosiysi, oʼquvchi-talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, oʼquvchi–talabani taʼlimning markaziga olib chiqish kerak. Oʼqitish jarayonida oʼquvchi–talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qoʼllanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, masʼuliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, oʼqishga, fanga, pedagogik va oʼzi tanlagan kasbga boʼlgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish oʼquv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qoʼllanilishini taqozo etadi. Ular juda xilma-xil boʼlib, biz ulardan baʼzilari xaqida toʼxtalib oʼtamiz va ularni oʼtkazish tartibi haqida uslubiy koʼrsatma beramiz. Ushbu metodik koʼrsatmada keltirilgan zamonaviy metodlar yoki oʼqitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar talaba-oʼquvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis boʼlishlariga hamda mutaxassisga kerakli boʼlgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu metodik koʼrsatmadan foydalanuvchilar oʼquv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologiya treninglarni xuddi shu tartibda oʼtkazishlari shart emas, xar qaysi oʼqituvchi bu terininglarning umumiy shaklini olgan holda oʼzlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan tereninglarning toʼliq yoki ularning baʼzi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin [5. 3-6]. Maktabgacha taʼlim tashkilotida interfaol usullarni kullash.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin