invetitsiya mablag\'lari va tayor obektlarni ishga tushurish faoliyatini baholash
2.3 Investitsiya faoliyatini rag’batlantirishning xorij tajribasi tahlili Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish va rag’batlantirishdagi xalqaro tajribalarni hisobga olish, chet el investorlariga investitsiyalashning barcha turlari va shakllarida milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va chet el investitsiyalarining kirib kelishini tezlashtiradi.
Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan tartibga solish funktsiyasidan samarali foydalaniladi. Masalan, Yaponiya, Tayvan, Koreyada o’tish davrida soliq protektsionizmidan unumli foydalanilgan. AQShda “buyuk depressiya”ni bartaraf etish davrida ham xuddi shunday bo’lgan.
Masalan, Yaponiyada, sanoat kompaniyalari ilg’or texnika va texnologiyaga qilingan investitsiyalarning 7 foiziga teng miqdorda foyda solig’ini qisqartirish huquqiga ega. Kanadada bunday chegirma ilg’or texnikaga qilingan investitsiyalarning 7 dan 20 foizigacha miqdorini tashkil qiladi.
Soliq krediti ko’rinishidagi imtiyozlar tadbirkorlikning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar (ITTKI) xarajatlariga tatbiqan ham keng qo’llaniladi. Bir qator mamlakatlarda soliq krediti kompaniyalarning foyda solig’idan bu kompaniyalarning o’tgan yil yoki bazis davr uchun o’rtacha yillik me’yorlarga nisbatan ITTKI xarajatlari o’sishining muayyan hissasini chegirish ko’rinishida amal qiladi (AQSh da – 20 foiz, Frantsiyada – 50 foiz, Yaponiyada – 20 foiz, Kanadada 100 foiz va undan yuqori).
jadvalda keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, korxonalardan olinadigan foyda solig'i stavkalari ayrim davlatlarda birmuncha yuqori (AQSH, Belgiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya) va ayrimlarida esa pastroqdir (Germaniya, Braziliya, Turkiya, Lyuksemburg).