Mavzu: Islom oqimlari va yo’nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, e’tiqodidagi bo’linishlarning sabablari va oqibatlari. Reja


Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat



Yüklə 38,12 Kb.
səhifə2/14
tarix27.12.2023
ölçüsü38,12 Kb.
#198778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Dinshunoslik Rahimboyev Rahimali

Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat:

1. Xanafiy

2. Shofiiy

3. Molikiy

4. Hanbaliy.

Sunniylikda ikkita aqidaviy ta’limotga amal qilinadi: Motrudiya, Ashariya.

Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo’yicha quyidagi nisbatda bo’linganlar:

Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo’yicha quyidagi nisbatda bo’linganlar:

1. Xanafiylar – 47%

2. Shofiiylar – 27%

3. Molikiylar – 17%

4. Hanbaliylar – 1.5%

Shia yo’nalishi ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zaydiy mazhablarini o’z ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 foizini tashkil qiladi.

Xanafiy mazhabi. Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 – 767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega bo’lib, qonun-qoidalarni “qiyos” va “istihson”ni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda “ra’y” (fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi “Ahl – ur – ra’y ” nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni “Ahl ul-hadis” deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi an’anani yaxshi bilgan va tan olgan. U: “bizning bu boradagi eng a’lo bilimimiz ra’ydir. Bu – biz erisha olgan eng a’lo narsalardir”, degan. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o’zga huquqshunoslardan farq qilgan. Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.


Yüklə 38,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin