Bu mazhabning o’zgalarga nisbatan ko’proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari darajasigacha ko’tarishgan. Hadislarga “qanday?” deb javob bermasdan, to’g’ridan to’g’ri ishonish zarur deganlar. Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:
1. Qur’on va sunna matnlari;
2. Sahobalarning fatvolari;
3. Ayrim saxobalarning Quron va sunnaga muvofiq bo’lgan qavllari;
4. Istinodi zaif yoki xabar beruvchilari soni kam bo’lgan hadislar;
5. Mutlaqo ilojsiz qolganda qiyos bo’yicha hukm chiqarish.
1. Shialik yo’nalishidagi mazhablar.
1. Shialik yo’nalishidagi mazhablar.
Shialik yo’nalishidagi mazhablar asosan beshta bo’lib, ularga quyidagilar kiradi : Ismoiliy, Karomatiy, Ravofiziy, Zaydiy, Jafariy mazhablari.
Shia yo’nalishining Ismoiliy mazhabi VIII asro’rtalarida shakllanib, X-XI asrlarda yaqin va o’rta sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarni hamda feodal guruhlar o’rtasida kurash va xalq qo’zg’alonlarining kuchayishi bilan bog’liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo’lgan bir guruh shialar 6 – imom Ja’far Sodiqning katta o’g’li Ismoil atrofiga jipslashadilar. IX asr oxiriga kelib Ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topadi. Uning ta’limoti avvalo, ikkiga – zohiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) yo’nalishiga bo’linadi. O’rta asr mobaynida ismoiliylar orasidan Nazariy (Hashshoshiy),
Musta’liy, Druz, Qirmitiy oqimlari ajralib chiqqan,hozirgi davrda Nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Avg’oniston shimolida, Pomirda Musta’liy mazhabi esa, Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, Druz mazhabi Suriya va Livanga saqlanib qolgan.
Qaromatiy mazhabi. Qaromatiylar shia mazhabidagi Ismoiylarning asosiy shaxobchalaridan biri bo’lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ularning rahnamosi Hamdosh ibn Ash’asning o’g’li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaromatiylar 930 yil haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon- taroj qilganlar, bir necha ming hojini va makka aholisini qatl etib, asrga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahroinga olib ketganlar. Faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u makkaga qaytarib berilgan.