Imom Zayd ibn Alining «al-Majmu’» nomli kitobida bayon etgan fikrlari zaydiya fiqhining asosini tashkil qiladi. U ham boshqa mazhab faqihlari kabi birinchi o’rinda Qur’onni, keyin esa sunna, ijmo’, qiyos, istihson, so’ngra esa aqlni shariat asoslaridan deb hisoblaydi.
Zaydiya fiqhining o’ziga xos tomonlari quyidagilar:
· Ahl al-kitob (samoviy kitobga ega bo’lgan boshqa din vakillari: yahudiylar, xristianlar, sobilar) tomonidan so’yilgan hayvon go’shtini yeyish, lekin ular bilan quda-andachilik qilish harom;
· mahsi (oyoq kiyim)ga mash tortish joiz emas.
Zaydiya mazhabiga mansub asosiy manbalar – Zayd ibn Alining «al-Majmu’» asari va unga sharh sifatida yozilgan Sharafaddin al-Husayn ibn Ahmadning «ar-Ravd an-nodir» kitobi hisoblanadi. Zaydiylar Shimoliy Afrikada Idrisiylar (789-926), Tabaristonda Zaydiylar (863-928), Yaman (901-1962) davlatlariga asos solganlar.Zaydiya firqasi vakillari hozirgi kunda Yaman Arab Respublikasi, Saudiya Arabistonida, Pokistonda yashaydilar. Bu firqa bir necha mayda firqachalarga bo’lingan. Ular orasidan jorudiya, sulaymoniya, butriya (solihiya), qosimiya, nosiriya, hoduviyalarni zikr etish mumkin.VIII asr o’rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo’lib, shialarning 5-imomi Muhammad Bakirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Ular Zaydni 5- imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o’z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o’rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasizlik yo’lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi 3 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, mut’a nigohini inkor etishlari bilan shialardan avliyolar va mazorlarga sig’inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylar ajralib turadilar. Yaman aholisini yarmidan ko’pini Zaydiy mazhabi nomoyondalari tashkil qiladi. Shuningdek, ularning vakillari Saydiya Arabistoni, Pokiston va boshqa davlatlar ham bor.