mukammal oʻrganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun
turkum darslar lozim.
Qolaversa, shugʻullanuvchining harakat koordinatsiyasi,
jismoniy tayyorgarligi, oʻzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), oʻzlashtirilayotgan
harakatga oʻxshash harakat zahirasiga ham bogʻliq. Arqonga oyoqlari bilan ushlab
tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa boʻlib,
uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatidahal qilinadi.
Ta’limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari oʻquvchilarni
jismoniy
tarbiya va sport, sogʻliqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish
haqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilan ham hal qilinadi.
Jismoniy tarbiya
darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar
– e’tiborlilik, diqqatini
boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi,
maqsadga intilishi, mustaqilligi
va qiyinchiliklarni engishdagi qat’iyyati va boshqalarni qoʻshib
tarbiyalash talab
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: