Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi
Jismoniy tarbiya darslari bilan bogʻliq masalalarning eng muhimi uni qanday
tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqidagi gapirishdan avval uni
qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak
boʻladi. Avvaligi dars haqida fikr bildira etib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy
mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab “dars sxemasi” atamasi
qoʻllanila boshlandi. Keyinchalik darsga qoʻyilgan vazifalar va ularni hal qilish
uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me’yoriga qarab “dars rejasi” degan
atamalar qoʻllanildi. “Darsni strukturasi” degan atama birinchi marotaba V.V.
Belinovich tomonidan (1939) qoʻllanildi va oʻrinli ravishda darsni tuzilishi deb
toʻgʻri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani
mazmuniga qarab belgilanishini uqtiradi.
N.N. Efremov (1959) birinchi marotaba “darsning tuzilishi” degan
tushunchaga ta’rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashgʻulotni
tarkibiy (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov) qismlarini oʻzaro joylashishi va
munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A. Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning
tuzilishi – bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-
ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi deb ta’rif berdi. Darsni tuzilishiga
oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin hozirgi
kunda bu baxslarga chek qoʻyilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega
deb qabul qilingan. Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda
foydalaniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi oʻqituvchini
darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni toʻgʻri joylashtirish va
darsdagi yuklamani me’yorini aniq belgilashga yordam beradi.
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil
oʻrganishni yoʻlga qoʻyadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda
qoʻllaniladigan ta’limning uslubiyatiga aniqlik kiritadi va uni qoʻllash uchun
darsning qismlari yoki ularning ayrim boʻlaklaridan qanday foydalanish
lozimligini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish
koʻpincha shugʻullanuvchilar organizmidan ma’lum darajadagi zoʻriqishini
vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor
boʻlishi kerak.
Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayyor
boʻlishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma’lum
fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu koʻrsatma
oʻqituvchi zimmasiga shugʻullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik
vazifalarni hal qilish darsning boshida emas ma’lum tayyorgarlikdan soʻng,
mashgʻulotlarni, darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, shu mashgʻulotdagi
asosiy vazifalarga shugʻullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur kayfiyatni
vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarishga, mashqni oʻrganishga
boʻlgan ishtiyoqni shakllanishini mashgʻulotlar davomida talab darajasiga koʻtarish
lozimligiga toʻxtaldi.
Oʻquvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish koʻpincha
shugʻullanuvchi zoʻr berayotgan ya’ni uni faolligini oshgan davriga toʻgʻri
kelshligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zoʻriqish va
kuchli emotsiional holatdan vazmin holatga birdan oʻta olmaydi. Shunga koʻra
darsni tuzishda xotirjam holatga oʻtish va mashgʻulotlarni uyushtirilgan ravishda
tugallash maqsadga muvofiq boʻladi.
Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik
va ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi.
1. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 daqiqa vaqt
sarflanadi. Boshlangʻich sinflarda esa 20 daqiqagacha boʻlishi mumkin. Iqlim
sharoiti sovuq, issiq va h.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz koʻpaytirilishi
mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy
yukka oʻquvchi yoki shugʻullanuvchi organizmini funksional holatini tayyorlaydi.
Organizmning funksional holatini darsning asosiy qismiga tayyorligi
oʻquvchini harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash
yuzida qizillikni paydo boʻlishi oʻquvchining harakat faolligini ortishi, nafas olish
ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatini koʻtarinkiligini kuzatilishi orqali
aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga koʻra
“tashkiliy daqiqa” deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, oʻquvchilarni saflash,
ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5-sinfdan boshlab) raport qabul qilish
salomlashishni oʻz ichiga oladi va unga 1-1,5 daqiqa vaqt sarflanadi. Tashkiliy
daqiqadan soʻng lozim boʻlsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki
mavzusini e’lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish
chastotasi, qon aylanishini tezlash-tirish, tana boʻgʻinlari, muskullari uchun
harakatda, oʻquvchilarni toʻxtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning
tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim boʻlganharakat faoliyati uchun
“tayyorlov” va “yoʻllanma beruvchi” mashqlar bilan tugallanadi.
2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 daqiqagacha (45
daqiqali darslarda) vaqt sarflanadi va oʻqituvchi tomonidan tuzilgan dars
stsenariyasi yoki uning reja-konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat
standarti dasturiagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, yoki
avvalgi sinflarda oʻzlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat faoliyatlari
tanishtiriladi, oʻzlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy
qismini tuzilishi uchun yagona “standart sxema” mavjud emas. darsning bu qismi
uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun
tanlangan usul va uslubiyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash
va tuzishdek tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy
tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining boʻlimlari (gimnastika, yengil
atletika, suzish, kurash, sport oʻyinlari, futbol, harakatli oʻyinlar)ni oʻquv
materialini oʻqitish oʻzining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini
turlicha tashkillash talabini qoʻyadi. Darsning asosiy qismining talablarni hal qilish
oʻquvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, aylanib yurib bajarish,
kreystring uslubiyatlari orqali maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiya
jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomo-fiziologik
xususiyatlarini e’tiborga olishni taqazo etadi.
Darsning bu qismida oʻqituvchilarning yordamchilari jismoniy tarbiya
faollarining ahamiyatini e’tirof etmay ilojimiz yoʻq. Ular oʻqituvchi tomonidan
haftaning boshlanishida instruktiv mashgʻulotlar uchun toʻplanadilar va ularga
darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yoʻriqchi vazifasini bajarish uslubiyati
oʻqituvchi tomonidan oʻrgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |