Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy
qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlangʻich sinflarda bolalar
psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi
darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda toʻrgan qiyin
harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflashni talab qiladi.
Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va koʻrsatish katta
yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida oʻqituvchi tomonidan
koʻp vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy
qism hisobidan uzunroq boʻlishining, sababi navbatdagi darsga oʻtishga oldindan
tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi.
Oʻrta va yuqori sinfga oʻtgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari
uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki oʻquvchilarda
turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori boʻladi.
Tushuntirish va koʻrsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida oʻquvchilar
tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab
vujudga keladi, shunga koʻra tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli xil
yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilishi turlicha va oʻzlarining xususiyatlari bilan
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: