Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashgʻulotlarining sifatini
belgilovchi toʻrtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi.
Bu elemenlar
oʻzaro uzviy bogʻlangan va darsning harakterli
komponentlari deb ataladi, ular:
a)
darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining
eng yirik harakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama boʻlib,
tarbiyalash,
sogʻlomlashtirish,
bilim
berish
vazifalarini
hal
qilishda
shugʻullanuvchilar uchun faoliyat predmeti boʻlib xizmat qiladi. Mashqlar darsning
umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma’noda dars mazmunining bir
qirrasi xolos.
b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan bogʻliq boʻlgan
oʻquvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik
komponentlaridan biri. Bu komponent shugʻullanuvchini turli koʻrinishdagi,
intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat boʻlib, ular: pedagogni eshitish,
koʻrsatilayotgan mashqni e’tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orqali hosil
boʻlgan tasavvurni
ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim boʻlgan faoliyatni
loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, oʻz harakatlarini
nazorat qilish va baholash,
vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muhokama qilish, oʻz
hissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni
boshqarish va h.k.lardir. Shugʻullanuvchilarini dars vazifasini hal qilish boʻyicha
barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil qiladi.
v)
pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti boʻlib,
quyidagicha holatlarda namoyon boʻladi. Uyga vazifa
berish va uni tushuntirish,
darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va uni hal qilishni tashkillashtirish,
shugʻullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish,
shuningdek shugʻullanuvchilarning faoliyatini lozim boʻlgan yoʻlga burish, ular
orasidagi munosabatlarni oʻzining diqqat markazida
ushlash va faoliyatlarini
yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat qilishdek ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy rol
oʻynaydigan muhim asosiy holatlarni oʻz ichiga oladi.
g). shugʻullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashqlarni bajarishda
sodir boʻladigan
fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa oʻzgarishlar dars
mazmunining navbatdagi yirik harakterli komponentlaridan biri hisoblanadi.
Malakalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning natijasidagi oʻzgarishlar,
shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash,
harakat malakasi va uning
avtomatlashuvi orqali sodir boʻladigan yashirin (latent) davr darsning
mazmunining toʻrtinchi komponenti hisobiga sodir boʻladi. Bunda oʻqituvchi
faoliyati va oʻquvchilar faoliyatining samarasi yashiringan boʻladi. Rejalashtirilgan
oʻquv tarbiyaviy ishlarni sodir boʻlmoqdami yoki yoʻqligi joriy nazorat qilinib,
pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun
yoʻriqnomalar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: