Mavzu Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Dasturning amalga oshirilishi monitoringi



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə12/13
tarix12.10.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#154892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2 Мавзу Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning

Dasturning amalga oshirilishi monitoringi
Dasturning amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Dasturining davlat monitoringi quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
investitsiya loyihalarini va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlariga (texnik-iqtisodiy asoslashlar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;
amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Monitoring har oyda statistika hisoboti va so‘rov yo‘li bilan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.


Qisqacha xulosalar
Asl mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni ko‘zda tutuvchi investitsiya siyosati davlat miqyosida ham, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida ham amalga oshiriladi. Ayrim tarmoq va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bugungi kunda ko‘pgina hollarda investitsiya loyihalari asosida amalga oshirilmoqda.
Loyihalarning asoslanganligi - ularning zarurligi va maqsadga muvofiqligining muhim shartidir. Loyihalar davlat ilmiy-texnik va ishlab chiqarish dasturlari bo‘yicha ham, ayrim mustaqil investorlarning tashabbusi bilan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishning ustivor yo‘nalishlarini tanlash - investitsiya siyosatining, investitsiya loyihalarni ishlab chiqish va ularni moliyalashtirishning boshlang‘ich bosqichidir.
Fan-texnika taraqqiyotining yutuqlariga ko‘proq mos keladigan, mehnat unumdorligining o‘sishini va joriy harajatlarning kam bo‘lishini ta’minlaydigan, kamroq kapital talab qiladigan va o‘z-o‘zini qoplash muddati qisqaroq bo‘lgan loyihalar samarali investitsiya loyihalar hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning samaradorligini baholash va moliyalashtirish uchun tanlab olishning uslubiy qoidalari katta rol o‘ynaydi. Ishlab chiquvchilar uslubiy asosda u yoki bu investitsiya loyihasining jozibadorligi, maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlashlari va uni amalga oshirish yo‘llarini belgilab olishlari lozim.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin