Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə17/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.
Kasbiy bilimlarni tadqiq etish o‘quvchilarning kasbiy layoqatlarini va
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash orqali kasb tanlash yo‘nalishidagi dolzarb maslalarini aniqlash imkonini berdi. O‘quvchilar bilan olib borilgan IPS metodi, kasbi motivlarini aniqlash usuli va suhbat metodlari natijalariga ko‘ra o‘rganilgan respondenlardan 7080% o‘quvchilar kasbiy bilimlarga kasb-hunar kollejlariga kelgandan so‘ng ega bo‘lishi va ayni shu ta’limning o‘rta bo‘g‘inida kasbiy ko‘nikmalarning shakllanishi uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Tajribalar natijalarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra birinchi bosqichga kelgan o‘quvchi kasblar haqida, ularning mohiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lmaydilar ekan. Ta’limning keyingi bosqichi davomida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari o‘rganilib, ularni o‘z qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini mustahkamlaydi. Kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun to‘la imkoniyatlari yaratiladi. Albatta buning uchun muxandis pedagoglar va mutaxasiss o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan olib boriladigan proforientatsiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysalar ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Ota-onalarning farzandlari tanlagan kasblariga bo‘lgan ishonch tuyg‘usi .
Xo‘sh, farzandingizning kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqati, maktab amaliyotchi psixologi tashxisiga ko‘ra berilgan tavsiyadan habardormisiz. Yoki aksincha, ularga qat’iy rioya etmasangiz farzandingizga o‘z layoqati (kasbiy qobiliyati, qiziqishi)ni sinab ko‘rish huquqini bermay, ota- onaning istak, xohishlari bilan ta’limning keyingi bosqichiga qanday yo‘naltirish yoki ularning kelajagini qanday tasavvur etish mumkin?
Bolalarimizning kasbiy qarorini aniqlashtirmay, ularning kasbiy qaroriga ishonch bildirmasdan, o‘zimiz istagan akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga joylashtirib qo‘ysak, hayot sinovlari oldida ularni ojiz qilib qo‘ymaymizmi? Bolalar bizga ko‘pincha ortiqroq ishonch bildirib, suyanib qoladilar. Afsuski, o‘quvchilar bilan ota-onalarning yig‘ilishlari tez tugaydi, aks holda biz bolalar hayotidagi g‘alati bir qonuniyatni kuzatgan bo‘lardik. Uyda- ota-onaning maslahatlariga ko‘nmaslik,norozilik, xullas tamomila hurmatsizlik sezilsa- da, ertasiga maktabda bola: “Mening dadam undaylar... Mening onam bundaylar!” deb rosa maqtanadi. Katta bo‘lgan sari uylari haqida astaroq, kamroq gapiradi, lekin mehr va ishonch qolaveradi.
Bola oila asosining haqiqiy posboni ekanligini kattalar bilarmikan? Agar ota yoki ona o‘z hissiyotlarini tiyolmay oilani barbod qilsa ham, bola uzoq yillar qalbida oila “niqob”ini saqlab yuradi. O‘quvchilik yillarim shunga ishonch hosil qildirdiki, bitta yomonlik qilish bilan bola otaga, onaga, o‘qituvchiga ishonmay qo‘yishi mumkin emas. Shunday ekan, biz ota-onalar o‘z farzandlarimizga tanlagan kasbiy qarorlarini qo‘llab, ularni tanlagan kasblari orqali hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlariga ishonchbildirayapmizmi?
Men bolalarning ota-onalari va o‘qituvchilarini qadr qilmasligidan yomon narsani bilmayman. Hamma yaxshi narsalar, butun kuch-quvvat, butun hayot bolalarga baxshida etildi... Natijada-chi?... qanday noshukurlik, qanday yaramas adolatsizlik! Nega? Biz uning aytganini doim qilib kelganmiz-ku? Yo‘q, unday emas. Hayotning ma’lum bir davrida unga ishonchsizlik bildirganmiz. Siz mustaqilligiga yo‘l bermagansiz, o‘z-o‘zini boshqarishga to‘sqinlik qilgansiz, o‘zini sinash va tavakkal qilish, kasbiy qobiliyatini namoyon etishga yo‘l qo‘ymagansiz. Bolalarning mustaqil hayoti uchun ma’lum bir kasb-hunarni egallashda ishonchli posboni kim bo‘lishi mumkin o‘zi? Ta’lim – tarbiya bilan kelajak haqidagi kasbiy qarorini shakllantirishni bir- biriga qanday moslab olib borish kerak? Bu haqida bolaning o‘zi aytmaydi. Bolalarning sizu, biz istagan ta’lim muassasalari (kasbiy yo‘nalishlari) to‘g‘ri kelmasligi haqidagi e’tirozini jiddiy qabul qilmaymiz, ko‘z yoshlari o‘tadi-ketadi. Biz ularni kasbiy qobiliyatlarini aniqlashda, kuzatishga ko‘pincha vaqtimiz ham bo‘lmaydi. Biz band bo‘lamiz. 9-sinfni tamomlash vaqti kelganda bo‘l-bo‘lga tushamiz: bolalarimiz mana bu o‘qishga kirib olib o‘qiy qolsa va tezroq tarbiyalanib bir kasbni egasi bo‘lsa-yu, mana shunday odam bo‘lsa, deymiz. Hech bir to‘xtab, mulohaza qilib ko‘rmaymiz. Ayb qildimi-tanbeh berib qo‘yamiz, tobi qochdimi-vrach chaqiramiz, o‘qishda sudraldimi- repetitor topamiz. Biror marotaba sen nimaga qiziqasan?, kasbiy qiziqishing qanaqa? Qaysi yo‘nalishda o‘qishni xohlaysan? Kabi savollar bilan bolaning o‘zidan, maktab amaliyotchi psixologi yoki sinf rahbaridan borib so‘ramaymiz. Bola hali non topib kelmaydi, uy-joy, maktablar qurmaydi. Unga hamma narsani o‘zimiz, kattalar va kuchlilar muhayyo qilamiz. Bola hali yosh, g‘o‘r... bundan ham yomoni, bola noiloj. Biz uni ko‘klarga ko‘tarishimiz mumkin, chopib ketayotgan joyida to‘xtatishimiz, uning g‘ayratini, harakatini so‘ndirishimiz mumkin. Har safar u so‘zga kirmaganda, uni majbur etishga kuch topa olamiz. Shuning uchun ham u xo‘p deyish kerakligini biladi, lekin bo‘yin egishdan oldin necha martalab quloq solmaslikka harakat qiladi! Biz yana bir noto‘g‘ri qadam qo‘yish bilan “yaxshi” bola o‘rniga “qobil” bolaga ega bo‘lamiz va uning o‘ziga xos hamma odatlarini, erki va irodasini, talablarini qanday bo‘lmasin qayirib tashlay boshlaymiz. Buning ustiga uyda ham kata yig‘ilishlarda ham “Sen ana shu kishiga o‘xshagan bo‘lishing kerak” deb o‘rgataveramiz. Bizga ko‘pincha samimiy iliqlik, bolalarga qanday bo‘lsa shundayligicha hamma odatlari bilan mehrimizni tovlash yetishmaydi. Amalga oshirilgan oddiy ishlarni bo‘lmabtiga chiqarish, kamsitish - bu qattiq yangilishish va madaniyatsizlikdir. “Kimga o‘xshab qolyapti o‘zi?” deb ko‘ngil to‘lmayotganligini oshkora izhor etavermaslik kerak. Biz, ota-onalar hammamiz ham benuqsonmiz, deb aytib bo‘lmaydi. Buning unchalik ahamiyati yo‘q! Bolalar bizning yaxshiroq bo‘lishga urinayotganligimizni qadrlaydilar va kamolga yeta borish uchun kerakli saboqni oladilar. Mana bu kasbning mavqeyi baland, mana bu kasbning kelajagi bor deb majburlab yo‘naltirish yaxshi emas. Shuni yodda tutishimiz kerakki, bola yutuq chiqadigan lotareya bileti emas... Har bir farzandning o‘z kasbiy layoqati, qiziqishi, yolqini bor, bu yolqindan baxt va haqiqat olovi alangalanadi. Bolalarning hammasi – turlichadir, butun qiyinchilik ham ana shunda!
Yoningda oqqan suvning qadri yo‘q deb mashoyiqlarimiz bekorga aytmagan.
Ishonchli, haqiqiy do‘st axtarib qaerlarga bormaymiz, u esa shu yerda, yoningizda, qo‘lingizni uzatsangiz yetadi, u tarbiyalayotgan farzandingizdir. Faqat uning bugungi kunini, hayot yo‘li, kelajagi haqidagi kasbiy qarorini hisobga olish kerak.
Bolalarimizning asabiylashishi, injiqliklari, jahli va shaddodligi - ko‘pincha yordamga, mehrga, ishonchga zorligining ifodasidir. Agar bu holatlar bezovta uyqu, bosh og‘rig‘i, cho‘chishalahsirash, ish qobiliyatining yo‘qolishi, haroratining ko‘tarilishi-pasayishi tarzida namoyon bo‘lsa vrach chaqirib eng
yaxshi dori-darmonlarni izlashga shoshilmang, balki o‘z farzandingizga e’tibor bilan munosabatda bo‘ling, zotan hech bir vrach mehribon onaning g‘amho‘rlik bilan kuzatishi o‘rnini bosolmaydi. “Qiyin bolalar” bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bunday bolalar, yo‘q, to‘g‘rirog‘i, “qiyin” kattalar ular atrofini o‘rab turmaganida undaylar bo‘lmasdi. Kattalarga ishonchni, yaxshilik va adolatga
bo‘lgan ishonchni ana shunday kattalarning o‘zi barbod qilganlar. Endi bizning ular bilan munosabatimiz qiyin, lekin ularga ham biz bilan munosabatda
bo‘lish oson emas. Agar o‘g‘il yoki qizingiz “yomon” davraga tushib qolgan ekan, demak, sizning oilangizni ham u qadar yaxshi deb bo‘lmaydi. Bolalarni ilk yoshlik davridan boshlab ta’lim-tarbiya bilan birga uning yoshini e’tiborga olgan holda, oilada ota yoki onaga qo‘lidan kelganicha yordamlashishga jalb etib borish lozim edi. Ehtimol, siz bolalaringiz kasbiy qiziqishlari orqali qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish istagini bildirganda, ma’lum bir kasbga doir asbob-uskunani topishga yordamlashish kabi muammolarini hal etishdan qo‘l siltagan bo‘lsangiz kerak, ehtimol siz mening burchim kiyintirishu, qornini to‘ydirishdan iborat, deb farzandlaringiz bilan ma’naviy aloqani allaqachon uzib qo‘ygandirsiz. Balki bolalaringiz yolg‘izlik paytida sizdan madad olmagan, buning aksicha, siz ularni bo‘lar-bo‘lmasga koyib kelgansiz. Vaholanki ota bilan ona olamda eng yaqin, eng ishonchli odamlardir!

Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin