“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI)
O’yin sinf bilan birgalikda amalga oshirishga mo’ljallargan. Buning uchun
o’quvchilar “Inson. Mehnat. Kasb”ga doir kursni tinglashlari lozim. O’yin 40-45 daqiqaga
mo’ljallangan. O’yin birn necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki tayyorlov bosqichi
quyidagicha tashkil etiladi:
O’yindan oldin ”Inson.Mehnat. Kasb” mavzusida suhbat o’tkaziladi.
O’yindan oldin sinf o’quvchilari bilan kelishgan holda yoki anonim tarzda “Menning
bo’lg’usi kasbim” yoki “Mening kasbiy rejam” mavzusida yozma ish tayyorlanib, so’ngra sinfda
muhokama qilinadi. Kasbiy rejaning har bir jihati 5 balli shkalada baholanadi va muhokama
qilinadi.
Imkoni topilsa boshqa maktab o’quvchilari bilan anonim xatlar almashinuvini tashkil
etish mumkin. Xatda familiyaning bosh harfi va imzo qo’yiladi. Xatda o’quvchilar o’zlarining
kasb tanlashi bilan bog’liq muammolari, shaxsiy rejalari va o’zlari haqida ma’lumot beradilar.
Javob xatida esa ular bir-birlariga maslahatlar berishi lozim. Tayyorlov bosqichini amalga
oshirishda psixolog o’zining kasbiy etikaviy tamoyillari va qoidalariga alohida e’tibor qaratishi
kerak. Bu ishni bajarish tartibi o’quvchilarning xohish-ixtiyoriga ko’ra amalga oshirishni talab
etadi.
O’yinni amalga oshirish tartibi 1-bosqich. Boshlovchi o’quvchilarni o’yinning shartlari bilan tanishtiradi: Yo’riqnoma: "Hozir biz bir-birimizga kasb tanlashga yordam berishni o’rganamiz. Hamma juft-
juft bo’lib o’tirib oladi (odatda sinfda o’quvchilar juft bo’lib o’tiradilar). Sizlardan biringiz kasb
yuzasidan maslahat beruvchi mutaxassis (profkonsultant) bo’lasiz. Boshqa biringiz esa o’quvchi
rolini bajaradi. Mashg’ulotni yarmi o’tgach sizlar rollaringizni almashasizlar".
2-bosqich . Boshlovchi hamma o’quvchilardan qog’oz olib, unga imzo qo’yishlarini va o’yin
bayonnomasini tayyorlashlarini taklif etadi. Har bir o’yinning o’ziga xos bayonnomasi bo’lishi
mumkin.