Kiberetika
-
kompyuterlar bilan bog‘liq falsafiy soha bo‘lib,
foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga dasturlashtirilganligi,
umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi.
Kiberetika masalalariga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
−
Internetda boshqa odamlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni (masalan,
onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish joizmi?
−
Foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish kerakmi?
−
Raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, kitoblar, web-
sahifalar va boshqalar) va ularga nisbatan
foydalanuvchilar qanday
huquqlarga ega?;
−
onlayn qimor va taqiqlangan media tarmoqda qanday darajada bo‘lishi
kerak?
−
Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo‘lishi kerakmi?
Mulk
. Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq vaqtdan
beri mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va kiberetika sohasidagi ko‘plab
to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda. Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan yoki
noaniq bo‘lgan hollarda yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: