Kompyuterdan foydalanish etikasi. Kompyuterdan foydalanish etikasi
instituti notijoriy tashkilot bo‘lib, vazifasi texnologiyani axloqiy nuqtai nazaridan
targ‘ib qilish hisoblanadi.
Ushbu tashkilot tomonidan quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib o‘tilgan:
−
shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga foydalanmang;
−
boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit bermang;
−
boshqa foydalanuvchilarning kompyuter fayllariga qaramang;
−
о‘g‘irlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
−
yomonlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang;
−
o‘z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa
ko‘chirmang;
−
birovning kompyuteridan ruxsatsiz foydalanmang;
−
birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang;
−
siz yaratgan dasturning ijtimoiy oqibati haqida o‘ylang;
−
o‘z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat bilan
foydalaning.
Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi . Axborotdan oqilona foydalanish
kodeksi buxgalteriya tizimiga qo‘yiladigan talablarni ta’kidlaydigan beshta
prinsipga asoslanadi. Ushbu talablar AQSh sog‘liqni saqlash va insonlarga xizmat
ko‘rsatish vazirligi tomonidan 1973 yilda kiritilgan:
−
shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdigan tizimlar bo‘lmasligi kerak;
−
har bir kishi tizimda u to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar saqlanishini va undan
qanday foydalanilishini boshqarishi kerak;
−
har bir kishi o‘zi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan belgilangan
maqsadda foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
−
har kim o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilashi kerak;
−
shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to‘plamini yaratish,
saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug‘ullanadigan har bir tashkilot ushbu
ma’lumotlardan faqat belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishni
ta’minlash va boshqa maqsadlarda foydalanilishga qarshi choralar ko‘rishi
kerak.