Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika Reja


Foydalanuvchanlik, senzura va filtrlash



Yüklə 168,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.09.2023
ölçüsü168,83 Kb.
#146483
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza.KIberetika (2)

Foydalanuvchanlik, senzura va filtrlash
. Foydalanuvchanlik, senzura va 
axborotni filtrlash mavzulari kiberetika bilan bog‘liq ko‘plab axloqiy masalalarni 
qamrab oladi. Ushbu masalalarning mavjudligi bizning maxfiylik va shaxsiylikni 
tushunishimizga va jamiyatdagi ishtirokimizga shubha tug‘diradi. Biror qonun 
qoidaga ko‘ra ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filtrlash asosida ushbu 
ma’lumotni tarqalishini oldini olish foydalanuvchanlikka ta’sir qilishi mumkin. 
Senzura ham past darajada (masalan, kompaniya o‘z xodimlari uchun) yoki yuqori 
darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilgan) 
bo‘lishi mumkin. Mamlakatga kiruvchi ma’lumotlarni boshqarishning eng yaxshi 
misollaridan biri - “Buyuk Xitoy Fayrvoli” loyihasi. 
Axborot erkinligi.
Axborot erkinligi, ya’ni, so‘z erkinligi, shu bilan birga 
ma’lumotni qidirish, olish va uzatish erkinligi kiberhujumda kimga va nimaga 
yordam beradi degan savol tug‘iladi. Axborot erkinligi huquqi, odatda, jamiyat yoki 
uning madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadigan cheklovlarga bog‘liq. Cheklovlar turli 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan, ayrim mamlakatlarda Internet ommaviy 
axborot vositalaridan foydalanishning bir shakli hisoblanib, undan barcha davlat 
rezidentlari foydalanadilar. Bundan tashqari, Internetdan foydalanish bo‘yicha 
cheklovlar ayrim davlatlarning turli shtatlarida farq qilishi mumkin. 
Raqamli to‘siqlar.
Axborot erkinligi bilan bog‘liq axloqiy masalalardan 
tashqari, raqamli to‘siq deb ataluvchi muammo turi mavjud bo‘lib, u kiberfazodan 
foydalanish imkoniyati cheklanganlar o‘rtasidagi ijtimoiy tafovutni anglatadi. 
Dunyo mamlakatlari yoki mintaqalari o‘rtasidagi bu tafovut global raqamli to‘siq 
deb ataladi. 
Taqiqlangan kontentlar.
Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan taqiqlangan 
kontentlarni voyaga yetmaganlar tomonidan foydalanish doimo axloqiy 


munozaralarga sabab bo‘lgan. Ayrim davlatlarda bunday kontentlardan foydalanish 
qat’iy taqiqlansa, ayrim davlatlarda bunga ruxsat berilgan. 
Qimor o yinlari
. Bu muammo ham etik masaladagi munozaralardan biri, uni 
kimlardir zarar deb hisoblasa, yana kimlardir ularga qonun aralashuvini 
yoqtirmaydilar. O‘z navbatida tomonlar orasida “Qaysi turdagi o‘yinlarga ruxsat 
berish kerak? Ular qayerda o‘tkazilishi kerak?” degan savollar keng munozaralarga 
sabab bo‘lmoqda. Hozirda aksariyat davlatlarda bu turdagi o‘yinlarga qonuniy 
ruxsat berilgan bo‘lsa, qolganlarida qat’iy cheklovlar mavjud. 

Yüklə 168,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin