Mavzu: kiberxavfsizlik soxasida mavvjud xalqaro standartlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/2
tarix24.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#80363
1   2
kiberxavfsizlik

Xalqaro standartlar

Axborot xavfsizligini bshqarish tizimi (ISO/IEC 27000 oilasi): Bu maʼlumotlarning maxfiyligi,yaxlitligi va mavjudligini taʼminlash uchun muayyan huquqiy, texnik va jismoniy siyosatlarga rioya qilish uchun infratuzilmani, asosan kompaniyaning maʼlumotlar markazlarini saqlash boʻyicha koʻrsatmalar toʻplamidir. Kompaniyaning ma'lumotlar markazlarida yashash. U ISO/IEC 27001, ISO/IEC 27002, ISO/IEC 27003, ISO/IEC 27004,ISO/IEC 27005, ISO/IEC 27006 va ISO/IEC 27007 toʻplamidan iborat .

O’zbekiston standartlari

  • Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining e’lon qilgan xisobotida 2020 yilda kiberjinoyatchilik tufayli jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar o‘tgan ikki yilda ikki barobarga ortib 1 trln dollardan oshgani takidlangan.
  •  
  • Mazkur raqamlardan ham bugungi rivojlangan davrda kiberxavfsizlikni ta’minlash muhim va dolzarb vazifalardan biri ekanligi oydinlashadi.
  •  
  • Bu borada yurtimizda ham so‘ngi yillarda bir qator ishlar amalga oshirildi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
  • Xususan Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Jumladan, 2020 — 2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonun loyihasini hamda O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi.
  • Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
  •  Ta’kidlash joizki, kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo‘lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko‘plab idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
  •  
  • Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi.
  •  
  • Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar yorlig‘i ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari, xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va’da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o‘tkazishni so‘rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do‘konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanish holatlari uchrab turibdi. Bu ham kiberxavfsizlikni ta’minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.
  • “Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
  • Kiberxavfsizlik to‘g‘risida
  • Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan
    • Va u 8ta bob 40ta moddadan iborat

E’tiboringgiz uchun rahmat


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin