3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkihy tuzilmalari Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining quyidagi turiari mavjud (4.1-rasm).
4.1-rasm. Kichikbiznesvatadbirkorlikkorxonalariboshqaruviningtashkiliytuzilmasi Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo, vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo'ysunishning turigako'ra,bir-biridanfarqqiladi.
Agar rahbarlik toMaqonli bo'lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo'lsa, u holda bu xildagi aloqa chizi qli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan boMib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga daxldor boMsa, u holda bu xildagi aloqa funksional rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o'rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo'lib, ular muvofiqlashtirish, uyg unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o'rinni egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo'lga qo'yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo'lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug ullanish yoki do'stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e’tibor berish kerak. Chunki:
-norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo'g'inlari bilan bog'langanbo'ladi;
-qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo'ladi va korxonaning barcha ishigata’sir ко'rsatadi;
-norasmiy tizim ko'pgina ko'rsatkichlari bo'yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo'q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo'q bo'lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-uru g'chilik va shunga o'xshash ko'rinishlar paydo bo'lishi mumkin.