Tajriba davrida bolalardagi jismoniy sifatlarning rivojlanishi Kuch imkoniyatlarini tekshirish. Uch yoshli bolalar. Tajriba boshlanishiga qadar o’tkazilgan dastlabki tadqiqotlarda uch yoshli o’g’il bolalarda o’ng va chap panjaning rivojlanishida aniq farqlar kuzatildi. Bunda farqlar o’ng qo’lning ustunligi ishonchli ekanligini ko’rsatdi (tq3,29). Ayni vaqtda qizlarning o’ng va chap panjalaridagi kuchlar orasida jiddiy tafovut yo’q edi. 25 o’quv kunidan so’ng yakuniy tadqiqot chog’ida o’g’il bolalarda ham qizlarda ham o’ng va chap qo’l panjalari hamda bilaklaridagi kuch ortganligi ma’lum bo’ldi
Xulosa
1. Jismoniy tarbiyaning bayon etiladigan maqsadlari bilan 3-6 yoshli bolalar jismoniy tayyorgarligi hamda psixik rivojlanishining mavjud ahvoli orasidagi ziddiyatlarning o’sib borishi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ahamiyatiga o’zgarishlar kiritish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshirish uchun harakatli o’yinlarni jismoniy sifatlar va psixik jarayonlar bilan birgalikda rivojlantirish tamoyili bo’yicha bolalar organizmiga faol ta’sir ko’rsatishga yo’naltirib, tabaqalashtirishga asoslanish kerak bo’ladi.
2. Jismoniy tarbiya amaliyotida tabaqalashtirilgan harakatli o’yinlardan foydalanish usuliyati 3-6 yoshli bolalar yosh-jins dinamikasining aniqlangan xususiyatlariga hamda jismoniy sifatlari va psixik jarayonlarini birgalikda rivojlantirish sur’atlariga tayanadi. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: kuchning namoyon bo’lishida jinsiy dimorfizm elementlari 4-5 yoshda ko’zga tashlanadi, chidamlilik va chaqqonlikda – besh yoshda; egiluvchanlikda – uch yoshda.
3. Harakatli o’yinlardan foydalanish asosida ishlab chiqilgan jismoniy sifatlar va psixik jarayonlar rivojiga birgalikda pedagogik ta’sir ko’rsatish usuliyati 3-6 yoshli bolalar jismoniy tayyorgarligining tabiiy dinamikasiga xos yosh xususiyatlariga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy sifatlarning rivojlanishidagi sensitiv davrlar quyidagilar: kuch - o’g’il bolalarda – 4-5 yosh, qizlarda – 3-4 yosh, chidamlilik o’g’il bolalar va qizlarda – 5-6 yosh, tezkorlik - o’g’il bolalar va qizlarda – 3-4 yosh, chaqqonlik o’g’il bolalarda – 4-5 yosh, qizlarda – 5-6 yosh, egiluvchanlik - o’g’il bolalarda – 3-4 yosh, qizlarda – 4-5 yosh.