Mantiqiy mashq.Bular nimaligini bilib oling va maznumga mos so'zlarni qo'yib gaplarni yozing. Choynak, piyola — ....
Chumchuq, qaldirg'och —... .
It, mushuk — ....
Sabzi, bodring — ... .
Qo'yish uchun so'zlar: qushlar, idishlar, sabzavotlar, hayvonlar. O'quvchilar yozganlarini mustaqil tekshiradilar yoki daftarlarni o'zaro almashtirib tekshirishlari ham mumkin.
Rasmga qarab 2—3 gapli matn tuzish. Matnni yozish. Tekshirish. Tarqatma materiallar bilan ishlash. IV. Darsni mustahkamlash; Darsda nimalarni o'rgandik? Xatolar ustida qanday ishladik?
V. O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:
MRO’TIBO’ ______________________
Sana :
Mavzu : O`rganilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg`ulot .
Maqsad:
Ta’limiy : Tovushning belgisi bo'lgan harflar haqidagi o'quvchilar bilimini aniqlash, ularni har bir harfni to'g'ri aytishga va uning alifbodagi o'rnini bilishga o'rgatish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarning vatanparvarlik tuyg`ularini rivojlantirish .
Rivojlantiruvchi: Mavzuni o'rganish bilan bir vaqtda, o'quv yili davomida o'rganiiadigan imlosi qiyin so'zlar ustida ishlash davom etadi.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. I. O'qituvchi familiyalari bir xil harf bilan boshlanadigan ikki-uch o'quvchini chaqiradi; ularga sinf o'quvchilarining familiyalari yozilgan varaqni beradi; ro'yxatdan o'zlarining familiyalarini topishni so'raydi.
— Kim tez topadi? — so'raydi o'qituvchi.
O'quvchilar ma'lum vaqtdan so'ng shu so'zlarni topadilar (vazifani bajaradilar).
— Agar siz harflar tartibini bilganingizda, bu vazifani yana ham
tezroq bajarardingiz. Kishilar juda qadimdan o'zaro kelishib, hamma
harflarni ma'lum tartibda joylashtirganlar, — tushuntiradi o'qituvchi.
O'zbek tilida nechta harf bor?
Alifbo nima?
Bu savollarga javobni darslikdan topib o'qing.
O'quvchilar o'qiydilar: o'zbek alifbosida 26 ta harf va uchta harf birikmasi bor. Har bir harming o'z nomi bor. Harflarning nomini tartib bilan xor bo'lib o'qiydilar . Alifbo tartib bilan qo'yilgan barcha harflardir. Alifboda har bir harfning o'z nomi bor.
(Kutubxonada kitoblar alifbo tartibida joylashtiriladi, kasalxonalarda kasallarning varaqalari alifbo tartibida qo'yiladi, ro'yxatlarda familiyalar alifbo tartibida yoziladi, lug'atlarda so'zlar alifbo tartibida beriladi. Alifbodan kutubxonada kiloblarni, varaqalarni, lug'atdagi kerakli so'zlarni tez topish uchun foydalanamiz.)
Alifbodan,foydalanish ко 'niktnasini shakllantirish yuzasidan mashq. 1,61 —62- mashqlar (og'zaki), 63—64- mashqlar yozma bajariladi. (Mashq birgalikda bajariladi.)
2, - Gapda nechta so'z bor? Shu so'zlar qaysi haif bilan boshlangan?