Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə10/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
2-sinf Ona tili kons

Matn ustida ishlash. 50- mashq.
1. Matnni o'qituvchi (yoki o'quvchilardan biri) ifodali o`qib beradi.Matn yuzasidan suhbat o`tkaziladi.

  • Bolalar qayerdan kelayotgan edilar? Ular minani ko`rib qolishdi? (O'quvchilardan biri yoki ikki o'quvchi o'qib, gapirib beradi.)

  • Ular buzoqni qanday ushlashdi? (Matnning ikkinchi qismini o'quvchilardan biri o'qiydi va gapirib beradi.)

  • Kim bolalarga rahmat aytdi? (O'quvchilardan biri o'qlb, javob beradi.)

2. Matnni savollar asosida qayta hikoya qilish.
Matnga berilgan savollar xattaxtaga yozib qo'yiladi, Matnni o'quvchilarning o'zlari o'qishlari va savollarga javob berishlari tushuntiriladi.
Matnni o'qituvchi yana o'qib beradi. Darslik yoptiriladi.
3. Matnga sarlavha tanlash. O'quvchilar matn mazmunidan kelib chiqib, birgalikda “Epchil bolalar”, “Buzoq va bolalar” kabi sarlavhalarni tanlashlari mumkin),
IV. Sarlavhani qo'yib, uch bo'limli matnni yozish.
1. Imlo ustida ishlash. Rahmat, yugurib, epchillik, Davron kabi so'zlarning yozilishi tushuntiriladi va xattaxtaga yozib qo'yiladi.
2. Kitobni yoptirib, matnni yozish yo'lini tushuntirish . Sarlavhalardan biri tanlanadi va sanadan keyingi qatorga yozdiriladi.
O'quvchilar avval birinchi savolni o'qiydilar, javoblarini xatboshidan boshlab yozadilar va yozganlarini tekshiradilar (oldin xattaxtadan birinchi savolni o'qiydilar, keyin yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar).
Ikkinchi va uchinchi savollarga javoblar ham shu tartibda yozib, tekshiriladi.
Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi.
IV. Darsni mustahkamlash; - Darsda nimalarni bilib oldingiz?
V. Uyga vazifa:51- mashq

MRO’TIBO’ ____________________________


Sana :
Mavzu . Tovushlar va harflar yuzasidan mustahkamlash mashqlari.
Maqsad:
Ta’limiy: Ayrim harflarning yozilishi haqidagi ko'nikmalami o'stirish.
Tarbiyaviy:Chiroyli yozish orqali o`quvchilarda go`zallikka intilishni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
X va h tovushli so’zlarning talaffuzi va yozilishini taqqoslab mustahkamlash .
1.Ko’r- satish – eshittirish diktanti . O’quvchilari xattaxtaga yozilgan so’zlarni to’g’ri talaffuz qilib o’qiydilar : bahor, Buxoro , xalq , hikoya , havo , paxta .
So’zlar parda bilan berkitilgan .
O’qituvchi so’zlarni aytib turib yozdirdi .
O’quvchilar yozgan so’zlarni lug’atdan tekshirdilar .

  1. Darslik bilan ishlash .

52 – mashq
Mashqdagi rasmda ko`rsatilgan narsalarning nomini to`g`ri aytish va tushirib qoldirilgan h va x harflaridan mosini nuqtalar o`rniga qo`yib , so`zlarni ko`chirish kerakligi aytiladi .
Ol…o`ri , be …i , dara...t , ...at , ...andalak , pa…ta , …o`roz .
53 – mashq
Mashqlarni topshiriqlar tartibida og’zaki va yozma bajarish .
IV. Darsni mustahkamlash;
“ So’zni toping ” o’yini .
O’quvchilar o’qib , mazmunga mos so’zlarni topadilar va yozadilar.
1.Shirin uzu…
Tilla uzu…
2.Ko’m – ko’k may… a
Sayroqi may…a
3.Tilla zi…ak,
zi…rak o’quvchi.
4.Shirin …o’z
chiroyli …o’z .
- Darsda nimalarni bilib oldingiz ? ( O’quvchilar javobi umumlashtirildi .)
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklari ga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:54- mashq
MRO’TIBO’ ___________________________________
Sana :
Mavzu : Tutuq belgisi .
Maqsad:
Ta’limiy: Tutuq belgisi so`zdagi unli tovushdan oldingi undosh tovushni shu undosh tovushdan ajratib aytilishini , unlidan keyin kelib , shu unli tovushni cho`ziqroq aytilishini bildirishi , uning so`z ma`nosini farqlashda ahamiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish , taqqoslash ko`nikmasini o`stirish .
Tarbiyaviy: O`quvchilarni darslarni vaqtida bajarishga o`rgatish va ma`suliyatni oshirish .
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni. Tutuq belgisining vazifasi , so’z ma’nosini farqlashdagi ahamiyatni tushuntirish , taqqoslash ko’nikmasini o’stirish .
1.O’qituvchi xattaxtaga ikki ustun shaklida quyidagi so’zlarni yozib qo’ydi :
sa’va sava
she’r sher
qal’a qala
sur’at surat
Bu so’zlarni o’quvchilar diqqatini jalb qilgan holda o’qituvchi o’qib ko’rsatadi . Shu so’zlar bir necha o’quvchiga o’qitib, tutuq belgili so’zlarni to’g’ri o’qish mashq qildiradi.
55-mashq . Tutuq belgili so’zlarni to’g’ri o’qish , ya’ni so’zdagi tutuq belgisi oldida kelgan unli tovushli cho’ziqroq aytilishi va tutuq belgisidan oldin kelgan undosh tovushli keyin kelgan unli tovushdan ajratib aytilishi zarurligi uqtiriladi .
O’qituvchi: “Ustun shaklidagi berilgan so’zlarni o’zaro taqqoslab , ma’nosidagi farqni aniqlab “ , topshirig’ini berib , o’quvchilarni o’ylashga majbur qiladi . Suhbat yordamida tutuq belgisining so’z ma’nosini farqlashdagi ahamiyati birgalikda aniqlanadi .
56-mashq . - Sa’va so’zi nimani bildiradi ? Sava deganda nimani tushunasiz ? Siz sher nimaligini bilasiz. She`r so’zi nimani bildiradi ? kabi savollar beriladi .
O’qituvchi o’quvchilar javobini umumlashtiradi , tutuq belgisini qo’ymay xatoga yo’l qo’yilsa , butunlay boshqa ma’no bildiradigan so’z hosil bo’lishini tushuntiradi .
O’quvchilar shu so’zlar ishtirokida bir necha gap tuzadilar .
IV. Darsni mustahkamlash;
- Darsda nimalarni bilib oldingiz ?
V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa: 57 - mashq
MRO’TIBO’ _________________________
Sana :
Mavzu .Tutuq belgisili so`zlarning talaffuzi va imlosi .
Maqsad:
Ta’limiy: Tutuq belgisi qo`yiladigan so`zlarni bo`g`inlarga bo`lish , tutuq belgisini to`g`ri qo`yish , matn mazmunini qayta hikoyalash ko`nikmalarini o`stirish .
Tarbiyaviy: O`quvchilarda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga doir burch va ma`suliyatni shakllantirish va tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Ko`rgazmalarni ilish.
II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Tutuq betgisi bilan yoziladigan so`zlarni bo'g'inlarga bo'lish.
1. Tutuq belgisi bilan yoziladigan ma'no, ma'qul, ta'lim, va'da,
mash'al, san'atkor,sur'at kabi so'zlar yoki Ma'mura, Ma'rifat, Mo'tabar,
Sa'dulla, Sa'di, Sur'at kabi kishi ismlari xattaxtaga yoziladi (yoki
alohida ko'rgazma tayyorlanadi). So'zlar o'quvchilar diqqatini jalb qilib,
bo'g'inlab o'qitiladi.
O'qituvchi mashqni xulosalaydi. Tutuq belgili so'zlarning bir qatorga sig'may qolgan qismi keyingi yo'lga bo'g'inlab ko'chiriladi: ma '-no, ma'-qul, san'-at-kor, Sur'-at, Ma'-mu-ra.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin