Akdarya – 6. “Paxta” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand tajriba tayanch punktida yaratilgan.
Mualliflar: Ibragimov X., Ibragimov Sh., Plotnikov P.N., Dubonosov B.A., Abduraxmonov E.
Xirzutum turiga mansub.
2000 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Navoiy, Samarqand viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 100-120 sm. piramidasimon shaklda, hosil shoxlari 1,5 tinga mansub. Bargi o’rtacha kattalikda, 3-5 bo’lakli, yashil rangda. Guli o’rtacha, sariq rangda, dog’siz. Ko’sagi yirik tuxumsimon, kalta tumshuqli. 1000 dona chigitning og’irligi 121g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 38,1 (Kattaqo’rg’on NSSh), 44,5 s (Samarqand NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 45,5s., 30 sentyabrdagi terimda – 33,9 sentnerni tashkil qilgan.
Vegetasiya davri 117 kun (Kattaqo’rg’on NSSh), 128 kun (Xujayli NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 5,0 – 6,0 g. Tola chiqishi 35,1 – 36,9 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 2,3 foiz gacha (Samarqand DNSS) va 33 foiz (Jizzax NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,3 – 4,7, tola uzunligi (INi) 1,05 –1,11 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-37, nisbiy uzilish kuchi 26,0 – 29,8 gs/teks.
Respublika bo’yicha 98,1 ming gektar maydonida ekilgan.
Omad. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan.
Mualliflar: Kim R.G., Omonturdiyev A. Egamberdiyev A.E., Axmedov K., Pulatov M., Alimuxamadov A., Isroilov M., Muratov U., Uzoqov Yu., Xasanov S.
Xirzutum turiga mansub.
1999 yildan Samarqand, Toshkent, Farg’ona viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 70-90 sm. piramidasimon shaklda, poyasi kuchsiz tuklangan, hosil shoxlari 1,5 tipga mansub. Bargi o’rtacha kattalikda, 3-5 bo’lakli, och yashil rangda. Guli o’rtacha kattalikda, och-qaymoq rangli. Ko’sagi yirik, uzunchoq tuxumsimon shaklda, tumshuqli, usti tekis, paxtasi to’kilmaydi. 1000 dona chigitning og’irligi 123 g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 33,3 (Oxunboboyev NSSh), 44,6s (Samarqand NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 46,9s., 30 sentyabrdagi terimda – 39,7 sentnerni tashkil qilgan.
Vegetasiya davri 110 kun (Oxunboboyev NSSh), 128 kun (Samarqand DNSS). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 4,9 – 6,1 g. Tola chiqishi 35,1 – 36,4 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 1,5 foizgacha (Kattaqo’rg’on NSSh) va 32,9 foiz (Oxunboboyev NSSh)gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,4 – 4,8, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,15 dyuym, tola uzunligi (kod) 34-37, nisbiy uzilish kuchi 26,2 – 32,4 gs/teks.
Respublika bo’yicha 28,8 ming gektar maydonida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |