Muxokama uchun savollar
Paykalchalar tajribada qanday tartibda joylashtiriladi, qaytariqli, yarusli joylashtirish qanday bo‘ladi?
Standart navi – qanday nav va nima uchun ekiladi?
Seleksiya ekinlari qanday ekinlar?
Seleksiya jarayonining tartibi (sxemasi) nimadan ibrat?
Pitomniklar necha xil bo‘ladi? Ularda o‘tkaziladigan ishlar.
4 - Mavzu: Yangi navlarning DNS ga kabul kilish va Davlat reyestriga kiritish tartibi.
Reja
1.Yangi navlarning DNS ga kabul kilish shartlari xakida
2.Yangi nav guruxlarining DNS ga topshirib turish shartlari
3.DNS ga topshiriladigan xujjatlar
4.K.x. ekinlari navlarining Davlat reyestri, uni yangilab turish shartlari
5.Yangi navlarni Davlat reyestriga kiritish tartibi
Yaratilgan yangi navlar seleksion muassasa yoki seleksioner tomonidan quyidagi shartlar bo’yicha Davlat nav sinashiga qabul qilinadi:
Hosildorligi shu mintaqada rayonlashtirilgan navdan yuqori bo’lsa va mahsulotning sifati ham standartdan past bo’lmasa;
Rayonlashtirilgan navga nisbatan mahsulot sifati va boshqa xo’jalik-biologik belgilari bo’yicha ustun bo’lib, hosildorligi standartdan kam bulmasa;
Yangi nav shu nav yaratilgan ilmiy-tadqiqot muassasaning o’zida o’tkazilgan 3 yillik tanlov (konkurs) nav sinash va 1-2 yillik ishlab chiqarish nav sinashdan muvoffaqiyatli o’tgan bulsa;
Yangi navni Davlat nav sinashiga topshirishda unga tegishli nomlar berilgan bo’lsa;
a) Navni Davlat nav sinashiga qabul qilish haqida ariza;
b) Navni Davlat nav sinash komissiyasiga tavsiya etuvchi ilmiy-muassasasi ilmiy kengashining qarori;
v) Yangi navning Davlat nav sinash komissiyasining maxsus varaqasiga yozilgan hamda navni tavsiya etuvchi muassasaning muhri bosilgan batafsil ta’rifi;
g) Nav ta’rifi yozilgan hujjatga uning guli, mevasi asl nusxasi (0,5 kg urug’ va 15 dona boshoq yoki ro’vak);
d) Mahsulot sifatini aniqlash uchun navning 2-4 kg urug’i;
Yangi navni Davlat nav sinashiga topshirishda seleksion muassasa yoki seleksioner ma’lum miqdorda bu navning urug’ini jamg’arib qo’ygan bo’lishi kerak. Yangi nav Davlat nav sinashiga qabul qilingach, nav sinash komissiyasi seleksionerga qaysi Davlat navsinash shaxobchasiga, qanchadan urug’ yuborish kerakligi to’g’risida yozma ravishda xabar yuboradi.
Davlat navsinash shaxobchalari o’zidan changlanuvchi o’simliklar yangi navining urug’ini seleksionerdan faqat birinchi yil olib, keyingi yillar o’zlari yetishtirgan hosilining urug’idan foydalanadilar.
Chetdan changlanuvchi o’simliklar navining urug’ini Davlat nav sinashiga seleksioner har yili o’zi yuborib turishi lozim yoki biror navsinash shaxobchasida shu navlar urug’larini ko’paytirish tashkil etiladi. Har bir navsinash shaxobchasi barcha sinalmagan navlar bo’yicha o’zining xususiy urug’ va ehtiyot fondlarini barpo etadi.
Davlat navsinash shaxobchasi har yili asosiy va ishlab chiqarish nav sinashlaridan olingan ma’lumotlar bo’yicha yillik hisobot tuzadi. Sinash natijalari dastlab navsinash shaxobchasi joylashgan tuman xo’jaliklar mutaxassislari va rahbarlari kengashida, kyin esa viloyat miqyosida, dala ekinlari viloyat nav sinash inspeksiyasi tomonidan chaqiriladigan agronomlar kengashida ko’rib chiqiladi. Bu kengash keyingi yilda navlarni rayonlashtirish loyihasini ishlab chiqadi va eski navlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash to’g’risida taklif tayyorlab Respublika Davlat nav sinash komissiyasiga kiritadi (yuboriladi).
So’nggi hal qiluvchi qarorni esa Respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshidagi qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi chiqaradi. Uning qarori asosida Respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirining buyrug’i bilan dala ekinlari navlarini rayonlashtirish (Davlat reyestriga kiritish) rejasi tasdiqlanadi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 1998 yil 2 fevraldagi 29-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi 1-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasining «Seleksiya yutuqlari to’g’risida» gi va «Urug’chilik to’g’risida» gi qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestri va ekspert komissiya Nizomlariga asoslanib Respublika hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestrini yuritish 1998 yil 21 yanvar kunidan boshlab tashkil qilinsin deyilgan. Ushbu hujjatga ko’ra, hozirgi kungacha Respublikada rayonlashtirilgan qishloq xo’jalik ekinlarining navlari hamda duragaylar bundan keyin Respublika hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan hisoblanadi.
Mazkur qaror bilan yaratilgan yangi navlarni donli ekinlar bo’yicha Davlat reyestriga kiritish, ilgari rayonlashtirilgan navlar va duragaylarni ekishni boshqa viloyatlarda ham kengaytirish, davlat reyestridan chiqarish bo’yicha, istiqbolli navlar va duragaylarni yuqori reproduksiya urug’larini respublikaga kiritishga ruxsat etilgan. Bu qaror asosida:
a) Davlat reyestriga quyidagi navlar kiritilgan:
G’o’zaning – Sharaf-75 navi Xorazm, Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlarida ekish;
Bug’doyning – Ulug’bek-600 navi Samarqand viloyatining sug’oriladiga yerlarida kuzgi muddatda ekish;
Dobraya – Surxandaryo viloyatining sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish;
Makkajo’xorining – Qora suv-350 AMV duragayi Samarqand, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida asosiy ekin sifatida ekish;
Kartoshkaning Pikasso, Diamant, Romano, Marfona, Kondor, Kardinal, Irga, Koliya, Orlik, Lotos, Perkos navlari respublikaning kartoshka ekadigan viloyatlarida ekish;
Qand lavlagining Gina, Lena, Romeo, Kresus, Flora navlari – Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm, qisman Toshkent, Sirdaryo, Farg’ona va Andijon viloyatlarida ekish tavsiya etilgan.
b) Quyidagi ilgari rayonlashtirilgan navlar va duragaylarni ekinini boshqa viloyatlarda ham kengaytirish :
G’o’zaning «Yulduz» navi Andijon va Buxoro viloyatlarida;
S – 6532 navi Surxandaryo viloyatida;
An – O’zbekiston – 4 navi Namangan va Jizzax viloyatlarida;
Arpaning – Aykor va Bolg’ali navi Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish.
v) Quyidagilar:
- bug’doyning Sete Serros-66, Standart-85, Baxt, Charachыlchig – Respublika bo’yicha;
- arpaning – Sholpan, Baysheshek, Siklon, Tritikalening – Baxadur, Makkajo’xorining Perekop-TV duragayi, Luch-630 MV duragayi Respublika bo’yicha;
- kartoshkaning Berlixingen – Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlari, Priyekulskiy ranniy – Respublika bo’yicha Davlat reyestridan chiqarilsin deyilgan.
g) Quyidagi navlar va duragaylar istiqbolli deb hisoblangan:
G’o’zaning Termiz-32 va Navbahor navlari Surxandaryo viloyatida, Aral –1 navi Qoraqalpog’iston Respublikasida;
Bug’doyning Makuz-3 navi Samarqand viloyatining sug’oriladigan yerlarida kuzgi ekish muddatda;
Arpaning Xonakox (Parallelum-59) navi Samarqand, Surxandaryo, Farg’ona viloyatlarining sug’oriladigan yerlarida kuzgi ekish muddatda;
Dostları ilə paylaş: |