Toshkent-6. O’zbekiston Respublikasi o’simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Miraxmedov S.M., Senoyedov V.P., Xolxodjayev T., Hidyayev X., Axmedjanov A.
Xirzutum turiga mansub.
1981 yil Namangan, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 100-110 sm. Hosil shoxlari ixcham va kalta bo’lib, kiyg’os hosilga kirgan paytda poyasi yotib qolishga moyil. Ko’sagi o’rtacha kattalikda, yaxshi ochiladi, hosili to’kilmaydi. 1000 dona chigitning og’irligi 115g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi Farg’ona viloyati navsinash shaxobchalarida 32,8 (Bog’dod), 38s (Oxunboboyev).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 44,4s., 30 sentyabrdagi terimda – 35,4s.
Vegetasiya davri 111 (Chinoz NSSh), 117 kun (Bog’dod NSSh).
Ko’sakdagi paxtaning og’irligi 4,7 – 5,7g. Tola chiqishi 35,6 – 36,3 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 2,9 (Mingbuloq NSSh), 59 (Oxunboboyev NSSh) foizgacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,4 – 4,8, tola uzunligi (INi) 1,09 –1,15 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-37, nisbiy uzilish kuchi 27,4-31,0 gs/teks.
Respublika bo’yicha 48,9 ming gektar maydonida ekilgan.
AN-Bayaut-2. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining o’simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Sodiqov S.S., Abdullayev A., Qo’chqorov T.K., Odilov S.
Xirzutum turiga mansub.
1983 yildan Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 90 -100 sm. piramidasimon. Poyasi yashil, o’rtacha tuklangan. Bargi o’rtacha kattalikda, to’q yashil rangda. Ko’sagi yirik, yaxshi ochiladi. Hosili to’kilmaydi. 1000 dona chigitning og’irligi 120 g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 31,3 (Chinoz NSSh), 48,2s (Pskent NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorligi 44,6s., 30 sentyabrdagi terimda – 37,4s.
Vegetasiya davri 114 (Yuqorichirchiq NSSh), 118 kun (Jizzax NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 5,0 – 6,1g. Tola chiqishi 34,7 – 35,5 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 4,1 (Navoiy NSSh), 31,4 foiz (Jizzax NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,5 – 4,9, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,11 dyuym, tola uzunligi (kod) 34-36, nisbiy uzilish kuchi 27,6-30,4 gs/teks.
Respublika bo’yicha 182,2 ming gektar maydonida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |