Мавзу: Кириш



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

So’zboshi

Istiqlol yillari mobaynida hayotimizning ijtimoiy va madaniy sohalarida ham katta o’zgarishlar ro’y berdi. Tarixni xolisona o’rganish, tarixiy shaxslarga to’g’ri baho berish, mafkuraviy tazyiqlar va davrga moslashtirish natijasida etarli bahosini olmay kelgan buyuk allomalarimiz, adiblarimiz ijodiga yangicha yondashish, sog’lom nuqtai nazar bilan qarash imkoniyatlari tug’ildi.


Bunday yangicha qarashlarning ilk turkiy yozma adabiyotning rivojlana boshlagan davri hamda bu davrning namunalari bo’lgan asarlarga nisbatan ham tug’ilishi tabiiydir.
Ma’lumki, turkiy xalqlar yozma adabiyotining vujudga ke-lishi uzoq tarixga ega. Uning shakllanishida turkiy qavmlar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ham katta rol o’ynagani shubhasiz. Chunki qadimgi turkiy adabiyot doimo o’z davridagi oqimning mahsuli sifatida maydonga kelgan. Qadimgi turkiy moniylik she’rlari, buddaviylik oqimi ta’sirida yaratilgan turkiy adabiyot namunalari shundan guvohlik beradi. Darhaqiqat, qadimgi turkiylar davridagi adabiyotning taraqqiyoti shomonlik, moniylik va buddizm kabi diniy oqimlar bilan chambarchas bog’liq. Mazkur oqimlar ta’siridagi ijod namunalari qadimgi turkiy adabiyotning qonuniyatlari, turkiy she’riyatning shakllanishi va ibtidosini o’rganish hamda tasavvur qilishga yordam berishi shubhasiz.
Moniylik va buddaviylik oqimidagi turkiy adabiyot nafaqat o’zbek adabiyotshunosligida, balki umumturkologik yo’nalishda ham o’z bahosini olgan emas. Shu sababdan turkiy adabiyotning uzluksiz rivoj topib borganini, shuningdek, janrlar takomili va badiiy tasvir vositalari taraqqiyotidagi aloqadorlikni tadqiq etishga harakat qildik.
O’quv qo’llanmani tayyorlashda Rashid Rahmati Aratning 1991 yil Anqarada nashr etilgan «Qadimgi turkiy she’riyat» («Eski turk siiri») kitobi, shuningdek, qadimgi turkiy adabiyot yo’nalishida tadqiqot olib borgan N.Rahmonov, A.Qayumov, S.E.Malov, I.V.Stebleva, B.To’xliev kabi olimlarning tadqiqotlaridan keng foydalanildi.
Mazkur o’quv qo’llanmadan akademik litsey, kasb-hunar kolleji hamda o’rta maktablarning ona tili va adabiyot o’qituvchilari, shuningdek, qadimgi turkiy adabiyot muammolari bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.


  1. Yüklə 0,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin