1-amaliy mashg’ulot mavzusi: Turkiy adabiyotning
qadimgi davri
Darsning maqsadi: Turkiy adabiyotning shakllanishi va keyingi davrlardagi taraqqiyoti to’g’risida tasavvur hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Dastlabki turkiy og’zaki adabiyot namunalarini tahlil qiladi.
2. Turkiy yozma adabiyotning jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtarak jihatlariga izoh beradi.
3. Qadimgi turkiy adabiyotning shakllanish omillari va taraqqiyotiga baho beradi.
Kerakli jihozlar: Qadimgi turkiy adabiyot namunalari nashr qilingan kitoblar va ular xususidagi ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Qadimgi turkiylarning kelib chiqishi va davlatchilik tarixi haqida ma’lumot bering.
2. Turkiylar e’tiqod qilgan dinlar mohiyatini batafsil o’rganing.
3. Turkiylarning og’zaki adabiyot namunalarini tahlil qiling.
4. Turkiy og’zaki va yozma adabiyot munosabati masalalariga baho bering.
5. Turkiy yozma adabiyotning taraqqiyotida muhim rol o’ynagan omillarni aniqlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. Qadimiy hikmatlar (To’plovchi: N.Rahmonov). Toshkent, Adabiyot va san’at, 1987. B. 11-15
2. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari (Tuzuvchilar: N.Rahmonov, H.Boltaboev). 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B. 3-30
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Turk xoqonligi. Toshkent, Xalq merosi, 1993. B. 3-26
2. Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2005.
3. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. Toshkent, Cho’lpon, 1995.
2-Mavzu: Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot
Asosiy savollar:
1.Moniylik oqimi va mifologiyasi
2. Moniylik oqimi ta’siridagi turkiy she’riyat
Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar:
Moniy, moniylik diniy oqimi, «Xuastuanift», mif, mifologiya, Xo’rmuzd, Shmnu, Zervan, Kun va oy tangrilari.
Mavzuga oid muammolar:
1. Moniylik oqimining asoschisi bo’lgan Moniy ibn Fatak dastlab Erondan quvg’in qilindi va keyinchalik o’ldirildi. Buning sabablari nimalarda deyish mumkin?
2. Ma’lumki, moniylik oqimi o’z davrida ko’pchilikning e’tiborini o’ziga jalb qildi. Buning sabablari nimalarda ko’rinadi?
Dostları ilə paylaş: |